Bosh sahifa / Abituriyentga / Ingliz tiliga chet tillardan o’zlashgan so’zlar

Ingliz tiliga chet tillardan o’zlashgan so’zlar

Hech bir til sof emas. Dunyodagi har bir tilda chet tillaridan o’zlashgan so’zlar bor. Masalan, o’zbek tilida ham «kompyuter», «planshet», «fleshka», «monitor» kabi chet tillaridan o’zlashgan so’zlar kundalik nutqimizda huddi o’zbek tilidagi so’zlar singari ishlatiladi.

Ingliz tili ham, boshqa tillar singari, dunyoning turli tillaridan o’zlashgan so’zlardan tashkil topgan so’z boyligiga ega. Ular ichida ko’proq hind-yevropa tillar oilasiga kiruvchi tillardan o’zlashgan so’zlar bo’lsa-da, sharqiy tillardan o’zlashgan va bugungi kunga qadar ham Amerika va Britaniyada kundalik nutqda ishlatilib kelinayotgan so’zlar kam emas.

Wikipedia bepul online ensiklopidiyasining mana bu sahifasida ingliz tiliga qaysi xorijiy tilllardan so’zlar o’zlashtirilganligi juda tushunarli ro’yxat shaklida keltirilgan

Bugungi kunda O’zbekistonda davlat tilidan keyingi o’rinda rus tilining keng miqyosda ishlatilishi ingliz tilini o’rganuvchilar uchun aynan rus tilidan o’zlashgan so’zlarni bilishga nisbatan katta qiziqish uyg’otishi mumkin. Wikipedianing mana bu sahifasida esa ingliz tiliga rus tilidan o’zlashgan so’zlar ro’yxati berilgan.

Yuqoridagi sahifalarga tashrif buyuring va ingliz tilining qanchadan-qancha so’zlari xorijiy tilllardan o’zlashtirilganligiga ishonch hosil qiling. Ingliz tilidagi so’z sifatida yodlab, foydalanib yurgan so’zlaringizning asli boshqa tilgan tegishli ekanligini bilishingiz Sizni ajablantirishi mumkin!

Abituriyentlar uchun test formulalari

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*