Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Inglizcha so’z yodlash

Inglizcha so’z yodlash

Deyarli har bir o’rganuvchi ingliz tilidagi so’zlarni yodlash bilan bog’liq muammolarga duch kelgan. Ikkinchi til safatida o’rganilganda ingliz tilidagi so’zlarni yodlab olish juda ko’p mehnat talab qilinishi mumkin. Izlangan esa albatta imkon topadi!
Agar siz yodlagan so’zlaringizni qisqa fursat ichida esdan chiqarib yuborayotgan bo’lsangiz, quyidagi bir necha tavsiyalarga amal qilgan holda ingliz tilidagi so’z boyligingizni sezilarli darajada oshirishingiz va mavjud so’zlaringizning yodda qolishini ta’minlashingiz mumkin.

Ingliz tilidagi so’z bo’yligingizni oshirishga ahd qilgan bo’lsangiz, siz uchun yangi bo’lgan so’zlarni samarali yodlash uchun quyidagi  4 qoidaga amal qiling:

1. Yaxshi lug’at sotib oling.

Men odatda o’quvchilarimga ikkita lug’at sotib olishlarini maslahat beraman: birinchi lug’at kichik, ixcham, o’zingiz bilan har joyga olib boriladigan lug’at bo’lsin; ikkinchi lug’at esa katta, so’zlarning eng ko’p ma’nolari berilgan, advanced bosqichidagi o’rganuvchilar uchun mo’ljallangan lug’at bo’lishi kerak. Kichik lug’atingizni imkon qadar yoningizda olib yurishga va har qanday holatda bo’lmasin bo’sh vaqt topishingiz bilan yangi yodlayotgan so’zlaringizni takrorlab borishga harakat qiling. Doimiy takrorlash so’zlarni yodlashda yaxshi yordam beradi. Katta lug’atdan esa yangi yodlashingiz kerak bo’lgan so’zlarning ro’yxatini tuzishda, siz uchun qiyin bo’lgan matnlarni tarjima qilishda foydalanishingiz mumkin. Har ikkala holatda ham asosiy e’tiboringiz so’zlarni qisqa fursat ichida, ammo tez-tez takrorlab turishingizda bo’lishi kerak.

2. Ingliz tilidagi matnlarni ko’proq o’qing.

Bajarish orqali ko’p narsani o’rganish mumkin. Qanchalik ko’p o’qisangiz shunchalik ko’p siz uchun yangi bo’lgan so’zlarni topasiz, joriy yodlanayotgan so’zlarni takrorlaysiz va to’liq yodlab olgan so’zlaringizni mustahkamlaysiz.

Kam o’qigandan ko’ra ko’p o’qigan yaxshiroq. Ko’p o’qigandan ko’ra esa sifatli o’qish yaxshi foyda beradi. Shu uchun o’qiyotgan paytingizda o’qilayotgan matn mazmuni haqida o’ylashga harakat qiling. Bu bilan siz matn muallifi nima demoqchi bo’layotganini yaxshiroq tushunasiz va o’qilayotgan so’zlarga ko’proq e’tibor berasiz.

Oldi-qochdi matnlarga nisbatan badiiy ruhda yozilgan matnlarni, asarlar yoki badiiy adabiyotlardan parchalarni o’qish yaxshiroq samara beradi. Shuning uchun ham o’qishda matnning yozilish uslubini hisobga olish katta ahamiyatga ega.

3. Lug’atdan foydalanishda erinchoqlik qilmang.

Shaxsiy tajribamdan kelib chiqqan holda aytishim mumkinki, o’rganuvchilarning yarmidan ko’prog’i o’zlari uchun notanish bo’lgan so’zga duch kelib qolishganda lug’atni ochib so’z qidirishga erinishadi. Bu so’z yodlashdagi eng katta xatolardan biri. Hech qachon so’zning ma’nosini matnga qarab tahmin qilib topishga urinmang. Undan ko’ra erinchoqlikni bir chetga surib qo’yib lug’atdan shu so’zni topishga harakat qiling. Bu usul bilan siz nafaqat so’zning matnda berilgan ma’nosini, balki boshqa ma’nolarini ham yodalab olasiz.

4. Lug’at daftar tuting.

Lug’at kitobingizda so’zlar juda ko’p. Siz ularning hammasini ham yodlamasligingiz, ularning hammasidan foydalanmasligingiz mumkin. Bu o’rinda lug’at daftar tutish siz uchun eng ko’p ishlatiladigan yangi so’zlarni jamlash imkonini beradi. Lug’at daftar tutishning asosiy qulayliklaridan biri ham shu – siz uni o’zingiz xohlaganday yuritishingiz, yodlanayotgan ibora yoki so’zlarni istalgan usulda guruhlashingiz mukin.

Xulosa qilib aytganda, ingliz tilida so’zlarni yodlash qiyin emas. Bu faqatgina sizning yodlashga nisbatan harakatingizga bog’liq. So’zlarni yodlashning birdan-bir samarali usuli – bularni qisqa vaqt ichida, ammo te-tez takrorlab turish ekanligini unutmang!

Inglizcha so’z yodlash” maqolasida 146 fikr

  1. mirsaid

    мени максадим яхши бир програмист булиб чикиш лекин бизни сохада рус ва чет тили керак буларкан буларни урганиш учун хамма шароит бор лекин шайтон мендан устун чикади кегин укийсан дейди узимни китоб укишга жалп кила олмаяпман илтимос бу борада ёрдам берсангиз

    Javob berish

  2. mirsaid

    сиз билан хамкорлик килсак буладими мен шоирман шер ёзаман менда жуда куп кизикарли малумотлар бор агар иложи булмаса илтимос узимни сайтимни тузишга ёрдам берсангиз

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Istasangiz saytimda Siz uchun alohida bo’lim ochib berishim mumkin, ijodingiz namunalarini, yoki boshqa ma’lumotlarni bemalol kirita olasiz. Siz kabi o’z qobiliyatidan boshqalarni bahramand qilishni xohlovchi, o’z ilmini boshqalarga beminnat ulashishga oshiquvchi kishilarni juda xurmat qilaman! Agar o’z saytingizga ega bo’lishni xohlasangiz ham saytingizni yaratishda Sizga yordam beraman. Men bilan bog’laning, hammasini gaplashib olamiz: +998937982200

      Javob berish

  3. paranur

    Salom! Sizga kattakon rahmat! Men video darslaringizni urganip boryapman va yanada darslar kutib qolamiz. English-O’zbekcha lug’atni video darslarini qilsa bo’ladimi, yani har bir darslikda 20-30 ta ko’proq foydalaniladigan so’zlarni kiritib borsangiz zo’r bo’lardi, iloji bo’lsa albatta. Oldindan katta rahmat!

    Javob berish

  4. nigor

    salom Azamat yaxshimisiz yana kuproq darslar va lug’atlar joylasangiz oldindan raxmat manabuni qaren
    Test Master dasturi haqida nima deysiz buni diskini qaerdan olsa buladi

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan