Bosh sahifa / Shaxsiy rivojlanish / Inglizcha so’z yodlash

Inglizcha so’z yodlash

Deyarli har bir o’rganuvchi ingliz tilidagi so’zlarni yodlash bilan bog’liq muammolarga duch kelgan. Ikkinchi til safatida o’rganilganda ingliz tilidagi so’zlarni yodlab olish juda ko’p mehnat talab qilinishi mumkin. Izlangan esa albatta imkon topadi!
Agar siz yodlagan so’zlaringizni qisqa fursat ichida esdan chiqarib yuborayotgan bo’lsangiz, quyidagi bir necha tavsiyalarga amal qilgan holda ingliz tilidagi so’z boyligingizni sezilarli darajada oshirishingiz va mavjud so’zlaringizning yodda qolishini ta’minlashingiz mumkin.

Ingliz tilidagi so’z bo’yligingizni oshirishga ahd qilgan bo’lsangiz, siz uchun yangi bo’lgan so’zlarni samarali yodlash uchun quyidagi  4 qoidaga amal qiling:

1. Yaxshi lug’at sotib oling.

Men odatda o’quvchilarimga ikkita lug’at sotib olishlarini maslahat beraman: birinchi lug’at kichik, ixcham, o’zingiz bilan har joyga olib boriladigan lug’at bo’lsin; ikkinchi lug’at esa katta, so’zlarning eng ko’p ma’nolari berilgan, advanced bosqichidagi o’rganuvchilar uchun mo’ljallangan lug’at bo’lishi kerak. Kichik lug’atingizni imkon qadar yoningizda olib yurishga va har qanday holatda bo’lmasin bo’sh vaqt topishingiz bilan yangi yodlayotgan so’zlaringizni takrorlab borishga harakat qiling. Doimiy takrorlash so’zlarni yodlashda yaxshi yordam beradi. Katta lug’atdan esa yangi yodlashingiz kerak bo’lgan so’zlarning ro’yxatini tuzishda, siz uchun qiyin bo’lgan matnlarni tarjima qilishda foydalanishingiz mumkin. Har ikkala holatda ham asosiy e’tiboringiz so’zlarni qisqa fursat ichida, ammo tez-tez takrorlab turishingizda bo’lishi kerak.

2. Ingliz tilidagi matnlarni ko’proq o’qing.

Bajarish orqali ko’p narsani o’rganish mumkin. Qanchalik ko’p o’qisangiz shunchalik ko’p siz uchun yangi bo’lgan so’zlarni topasiz, joriy yodlanayotgan so’zlarni takrorlaysiz va to’liq yodlab olgan so’zlaringizni mustahkamlaysiz.

Kam o’qigandan ko’ra ko’p o’qigan yaxshiroq. Ko’p o’qigandan ko’ra esa sifatli o’qish yaxshi foyda beradi. Shu uchun o’qiyotgan paytingizda o’qilayotgan matn mazmuni haqida o’ylashga harakat qiling. Bu bilan siz matn muallifi nima demoqchi bo’layotganini yaxshiroq tushunasiz va o’qilayotgan so’zlarga ko’proq e’tibor berasiz.

Oldi-qochdi matnlarga nisbatan badiiy ruhda yozilgan matnlarni, asarlar yoki badiiy adabiyotlardan parchalarni o’qish yaxshiroq samara beradi. Shuning uchun ham o’qishda matnning yozilish uslubini hisobga olish katta ahamiyatga ega.

3. Lug’atdan foydalanishda erinchoqlik qilmang.

Shaxsiy tajribamdan kelib chiqqan holda aytishim mumkinki, o’rganuvchilarning yarmidan ko’prog’i o’zlari uchun notanish bo’lgan so’zga duch kelib qolishganda lug’atni ochib so’z qidirishga erinishadi. Bu so’z yodlashdagi eng katta xatolardan biri. Hech qachon so’zning ma’nosini matnga qarab tahmin qilib topishga urinmang. Undan ko’ra erinchoqlikni bir chetga surib qo’yib lug’atdan shu so’zni topishga harakat qiling. Bu usul bilan siz nafaqat so’zning matnda berilgan ma’nosini, balki boshqa ma’nolarini ham yodalab olasiz.

4. Lug’at daftar tuting.

Lug’at kitobingizda so’zlar juda ko’p. Siz ularning hammasini ham yodlamasligingiz, ularning hammasidan foydalanmasligingiz mumkin. Bu o’rinda lug’at daftar tutish siz uchun eng ko’p ishlatiladigan yangi so’zlarni jamlash imkonini beradi. Lug’at daftar tutishning asosiy qulayliklaridan biri ham shu – siz uni o’zingiz xohlaganday yuritishingiz, yodlanayotgan ibora yoki so’zlarni istalgan usulda guruhlashingiz mukin.

Xulosa qilib aytganda, ingliz tilida so’zlarni yodlash qiyin emas. Bu faqatgina sizning yodlashga nisbatan harakatingizga bog’liq. So’zlarni yodlashning birdan-bir samarali usuli – bularni qisqa vaqt ichida, ammo te-tez takrorlab turish ekanligini unutmang!

Abituriyentlar uchun test formulalari

117 ta fikr

  1. Judayam foydali maslahatlar ekan, aniq va tushunarli, rahmat

  2. Sizni qayerdan topsam bo`ladi?

    • Men har kuni Bond.uz saytidaman. Comment orqali Sizni qiziqtirgan har qanday savolga imkon qadar javob berishga tayyorman.
      Har bir maqolamizdan keyin comment qoldirish imkoniyati bor. Qaysi mavzuga tushunmagan bo’lsangiz, bemalol savol berishingiz mumkin. Savollaringizga kundalik javoblar albatta qaytariladi!

      • Sayt menga yoqdi va 1 necha kun avval sizga iltimos b-n murojaat qilgandim javobini olomadimda shuning javobini kutayapman

        • Ma’noga ega bo’lmagan, takroriy va shunchaki yozilgan fikrlar tasdiqlanmaydi hamda o’chiriladi. Savollarga esa har doim javob qaytaraman. Balki Siz o’ylayotgan fikr yozilmagandir, yoki yozgan fikringiz saytga to’liq yuborilmasdan internetdan uzilgandirsiz. Agar mumkin bo’lsa o’sha iltimosingizni qayta yozing, albatta javob qaytaraman!

  3. rahmat oka kottakon maslahatlar uchun.

  4. SEVARA MURTAZAYEVA

    assalomu aleykum. man ingliz tili fakultetiga o`qishga kirmoqchiman. shu saytdan foydalansam uzimga keragli hamma ma`limotga ega bula olamanmi?

    • Salom! Juda zo’r sohani tanlabsiz! Ingliz tili yo’nalishiga o’qishga kirishingizga tilakdoshman!
      Albatta, saytimizda ingliz tilini o’rganishda foydalanishingiz mumkin, bu yerda o’zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin! Grammatik mavzular bo’limida imkon qadar eng dolzarb grammatik mavzularni berib borayapman. Tez kunlarda video darslar seriyasi e’tiboringizga havola etiladi.
      Ingliz tilini o’rganishingizda yordam kerakmi? Hech ikkilanmay har qanday savolingizni yozib yuborishingiz mumkin. Tushunmagan mavzularingizni to’liq o’zlashtirishingizga imkon qadar yordam beraman. Savollaringizga 24 soat ichida javob qaytariladi.
      Agar Bond.uz saytida o’zingizga kerakli bo’lgan ma’lumotni topa olmasangiz, Siz qidirgan ma’lumot haqida yozib yuboring. So’rovingizga ko’ra, albatta shu mavzu saytda yoritiladi.
      O’rganishingizga yordam berishdan har doim xursandman!

  5. Hi, everybody and admin! I usually try to write in English.

    I have many dictionaries (books) and softwares of dictionaries. What can you tell us about e-dictionaries? It is comfortable for the person who has opportunity to use a computer, isn’t it?

  6. Salom hammaga! Yaqinda internetta bir videoni korip qoldim, unda faqat bitta sozni emas butun gapni yozib olish tavsiya etilgan, shunda yodda yaqshi saqlanar ekan.Bu ko’pincha qiyin sozlarni, Phrazal verblarni yodlashda qol keladi!

  7. Salom. Og’zaki nutqni qanday yaxshilasa bo’ladi?

  8. Assalomu Alaykum man bu darslarni hammasini kuchirib oldim, lekin bazilar etishicha rus tilini bilmasa ingiliz tilini urganish qiyin ekan shundaymi? ikkalasini barobar olib borilsa bu judayam qiyin bb ketmaydimi? sayitga yana qushimcha video lugatlar qiling iltimos ayniqsa bolalarga mening jiyanlarimga ham urgatvomman

  9. Assalomu alaykum qadrdonlar.»BOND.UZ» sayti menga juda ham yoqdi. Men deyarli bu saytdagi barcha maqolalarni o’qib o’rganib chiqdim . Bu saytdagi barcha maqolalar dolzarb muammolarni o’zida aks ettirgan. Azamat Xodjakov sizdan bir iltimosim bor edi . Agar mumkin bo’lsa menga bir narsani ayting . Men ham yoshligimdan o’zimning shaxsiy saytim bo’lishini orzu qilib kelaman . Mana shu shaxsiy saytingizni qanday qilib ochgansiz ?

  10. Oh, I’m very happy. Thanks a lot of !

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*