Inglizcha so’z yodlash

Deyarli har bir o’rganuvchi ingliz tilidagi so’zlarni yodlash bilan bog’liq muammolarga duch kelgan. Ikkinchi til safatida o’rganilganda ingliz tilidagi so’zlarni yodlab olish juda ko’p mehnat talab qilinishi mumkin. Izlangan esa albatta imkon topadi!
Agar siz yodlagan so’zlaringizni qisqa fursat ichida esdan chiqarib yuborayotgan bo’lsangiz, quyidagi bir necha tavsiyalarga amal qilgan holda ingliz tilidagi so’z boyligingizni sezilarli darajada oshirishingiz va mavjud so’zlaringizning yodda qolishini ta’minlashingiz mumkin.
Ingliz tilidagi so’z bo’yligingizni oshirishga ahd qilgan bo’lsangiz, siz uchun yangi bo’lgan so’zlarni samarali yodlash uchun quyidagi 4 qoidaga amal qiling:
1. Yaxshi lug’at sotib oling.
Men odatda o’quvchilarimga ikkita lug’at sotib olishlarini maslahat beraman: birinchi lug’at kichik, ixcham, o’zingiz bilan har joyga olib boriladigan lug’at bo’lsin; ikkinchi lug’at esa katta, so’zlarning eng ko’p ma’nolari berilgan, advanced bosqichidagi o’rganuvchilar uchun mo’ljallangan lug’at bo’lishi kerak. Kichik lug’atingizni imkon qadar yoningizda olib yurishga va har qanday holatda bo’lmasin bo’sh vaqt topishingiz bilan yangi yodlayotgan so’zlaringizni takrorlab borishga harakat qiling. Doimiy takrorlash so’zlarni yodlashda yaxshi yordam beradi. Katta lug’atdan esa yangi yodlashingiz kerak bo’lgan so’zlarning ro’yxatini tuzishda, siz uchun qiyin bo’lgan matnlarni tarjima qilishda foydalanishingiz mumkin. Har ikkala holatda ham asosiy e’tiboringiz so’zlarni qisqa fursat ichida, ammo tez-tez takrorlab turishingizda bo’lishi kerak.
2. Ingliz tilidagi matnlarni ko’proq o’qing.
Bajarish orqali ko’p narsani o’rganish mumkin. Qanchalik ko’p o’qisangiz shunchalik ko’p siz uchun yangi bo’lgan so’zlarni topasiz, joriy yodlanayotgan so’zlarni takrorlaysiz va to’liq yodlab olgan so’zlaringizni mustahkamlaysiz.
Kam o’qigandan ko’ra ko’p o’qigan yaxshiroq. Ko’p o’qigandan ko’ra esa sifatli o’qish yaxshi foyda beradi. Shu uchun o’qiyotgan paytingizda o’qilayotgan matn mazmuni haqida o’ylashga harakat qiling. Bu bilan siz matn muallifi nima demoqchi bo’layotganini yaxshiroq tushunasiz va o’qilayotgan so’zlarga ko’proq e’tibor berasiz.
Oldi-qochdi matnlarga nisbatan badiiy ruhda yozilgan matnlarni, asarlar yoki badiiy adabiyotlardan parchalarni o’qish yaxshiroq samara beradi. Shuning uchun ham o’qishda matnning yozilish uslubini hisobga olish katta ahamiyatga ega.
3. Lug’atdan foydalanishda erinchoqlik qilmang.
Shaxsiy tajribamdan kelib chiqqan holda aytishim mumkinki, o’rganuvchilarning yarmidan ko’prog’i o’zlari uchun notanish bo’lgan so’zga duch kelib qolishganda lug’atni ochib so’z qidirishga erinishadi. Bu so’z yodlashdagi eng katta xatolardan biri. Hech qachon so’zning ma’nosini matnga qarab tahmin qilib topishga urinmang. Undan ko’ra erinchoqlikni bir chetga surib qo’yib lug’atdan shu so’zni topishga harakat qiling. Bu usul bilan siz nafaqat so’zning matnda berilgan ma’nosini, balki boshqa ma’nolarini ham yodalab olasiz.
4. Lug’at daftar tuting.
Lug’at kitobingizda so’zlar juda ko’p. Siz ularning hammasini ham yodlamasligingiz, ularning hammasidan foydalanmasligingiz mumkin. Bu o’rinda lug’at daftar tutish siz uchun eng ko’p ishlatiladigan yangi so’zlarni jamlash imkonini beradi. Lug’at daftar tutishning asosiy qulayliklaridan biri ham shu – siz uni o’zingiz xohlaganday yuritishingiz, yodlanayotgan ibora yoki so’zlarni istalgan usulda guruhlashingiz mukin.
Xulosa qilib aytganda, ingliz tilida so’zlarni yodlash qiyin emas. Bu faqatgina sizning yodlashga nisbatan harakatingizga bog’liq. So’zlarni yodlashning birdan-bir samarali usuli – bularni qisqa vaqt ichida, ammo te-tez takrorlab turish ekanligini unutmang!
Judayam foydali maslahatlar ekan, aniq va tushunarli, rahmat
Saytimizni kuzatishda davom eting!
Oka qanday kitob sotib olsam buladi etib yuboriy
Sizni qayerdan topsam bo`ladi?
Men har kuni Bond.uz saytidaman. Comment orqali Sizni qiziqtirgan har qanday savolga imkon qadar javob berishga tayyorman.
Har bir maqolamizdan keyin comment qoldirish imkoniyati bor. Qaysi mavzuga tushunmagan bo’lsangiz, bemalol savol berishingiz mumkin. Savollaringizga kundalik javoblar albatta qaytariladi!
Sayt menga yoqdi va 1 necha kun avval sizga iltimos b-n murojaat qilgandim javobini olomadimda shuning javobini kutayapman
Ma’noga ega bo’lmagan, takroriy va shunchaki yozilgan fikrlar tasdiqlanmaydi hamda o’chiriladi. Savollarga esa har doim javob qaytaraman. Balki Siz o’ylayotgan fikr yozilmagandir, yoki yozgan fikringiz saytga to’liq yuborilmasdan internetdan uzilgandirsiz. Agar mumkin bo’lsa o’sha iltimosingizni qayta yozing, albatta javob qaytaraman!
rahmat oka kottakon maslahatlar uchun.
Salomat bo’ling! Saytimizni kuzatishda davom eting!
assalomu aleykum. man ingliz tili fakultetiga o`qishga kirmoqchiman. shu saytdan foydalansam uzimga keragli hamma ma`limotga ega bula olamanmi?
Salom! Juda zo’r sohani tanlabsiz! Ingliz tili yo’nalishiga o’qishga kirishingizga tilakdoshman!
Albatta, saytimizda ingliz tilini o’rganishda foydalanishingiz mumkin, bu yerda o’zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin! Grammatik mavzular bo’limida imkon qadar eng dolzarb grammatik mavzularni berib borayapman. Tez kunlarda video darslar seriyasi e’tiboringizga havola etiladi.
Ingliz tilini o’rganishingizda yordam kerakmi? Hech ikkilanmay har qanday savolingizni yozib yuborishingiz mumkin. Tushunmagan mavzularingizni to’liq o’zlashtirishingizga imkon qadar yordam beraman. Savollaringizga 24 soat ichida javob qaytariladi.
Agar Bond.uz saytida o’zingizga kerakli bo’lgan ma’lumotni topa olmasangiz, Siz qidirgan ma’lumot haqida yozib yuboring. So’rovingizga ko’ra, albatta shu mavzu saytda yoritiladi.
O’rganishingizga yordam berishdan har doim xursandman!
Hi, everybody and admin! I usually try to write in English.
I have many dictionaries (books) and softwares of dictionaries. What can you tell us about e-dictionaries? It is comfortable for the person who has opportunity to use a computer, isn’t it?
Of course, using software in your translations is convenient, provided you have the convenience to use it, such as a computer, internet connection, etc. Most up-to-date dictionaries of that kind have user-server connection, which provides the most accurate and constantly updated translations by simultaneously refreshing its data base. Personally, I use Prompt Giant 9. It’s a good software with wide integration features to use. Give it a try!
salom men qanday qilib tez va oson gapirishni organsam boladi iltimos yordam bering
Ko’proq so’z yodlang va imkon qadar faqat ingliz tilida gaplashish uchun tilni birga o’rganishda sherik toping.
koproq nimalar bilan shugulanish kerak va saitdan nimalar tavsiya qilasiz
Grammatikani o’rganishingizda yordam beruvchi yangi video darslar tez kunlarda saytda e’lon qilinadi. Saytni kuzatib boring!
Salom hammaga! Yaqinda internetta bir videoni korip qoldim, unda faqat bitta sozni emas butun gapni yozib olish tavsiya etilgan, shunda yodda yaqshi saqlanar ekan.Bu ko’pincha qiyin sozlarni, Phrazal verblarni yodlashda qol keladi!
Salom. Og’zaki nutqni qanday yaxshilasa bo’ladi?
Imkond qadar ko’proq ingliz tilida muloqot qilishga harakat qiling. Agar ingliz tilini ona tili sifatida gapiruvchi kishilar bilan muloqot qilishingizning imkoni bo’lmasa, tilni siz bilan birga o’rganayotgan do’stlaringiz bilan faqat ingliz tilida gaplashishga kelishib oling. Ingliz tilidagi so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishni o’rganish uchun ingliz tili fonetikasini o’rganing.
Men english tilni organmaqchi man qandoq qlip organsam boladi
Saytni kutazib boring, o’rganishingizda imkon qadar yordam berishga harakat qilaman
Assalomu Alaykum man bu darslarni hammasini kuchirib oldim, lekin bazilar etishicha rus tilini bilmasa ingiliz tilini urganish qiyin ekan shundaymi? ikkalasini barobar olib borilsa bu judayam qiyin bb ketmaydimi? sayitga yana qushimcha video lugatlar qiling iltimos ayniqsa bolalarga mening jiyanlarimga ham urgatvomman
Rus tilini bilish ingliz tilini oson o’rganishingizda juda katta yordam beradi. Yangi resurslardan xabardor bo’lib turish uchun saytimizni kuzatib boring.
Assalomu alaykum qadrdonlar.”BOND.UZ” sayti menga juda ham yoqdi. Men deyarli bu saytdagi barcha maqolalarni o’qib o’rganib chiqdim . Bu saytdagi barcha maqolalar dolzarb muammolarni o’zida aks ettirgan. Azamat Xodjakov sizdan bir iltimosim bor edi . Agar mumkin bo’lsa menga bir narsani ayting . Men ham yoshligimdan o’zimning shaxsiy saytim bo’lishini orzu qilib kelaman . Mana shu shaxsiy saytingizni qanday qilib ochgansiz ?
Sayt haqidagi samimiy fikrlaringiz uchun raxmat! Sayt ochish haqida pochtangizga xabar yuboraman. Bond.uz saytini kuzatishda davom eting!
Oh, I’m very happy. Thanks a lot of !
salom sizi topib bo’myoptiku
Tushunmadim, qaysi ma’noda topib bo’lmayapti?
shporadan foydalanish masalasiga nima deysiz?
Hammasi ajoyib, judayam ajoyib.
Alloh ishlatizga rivoj bersin. Ilmizi bundanda ziyoda qilsin.
Avvalom bor bu saytni yaratgan va kelajak yoshlarni mukammal til bilishlari uchun o’z mehnatlarini ayamay kelayotgan sayt egalariga Minnatdorchilik bildiraman. Sizning saytingiz men uchun juda katta ta’surot qoldirdi. Videokurs, gramatik mavzular, har hil hayot sinovlari haqidagi voqealar bizni yanada rivojlanishimiz uchun katta yo’l ochdi. sizga katta raxmat deb To’lqinov Ahmadjon Iqtisodiyot kolledji 3- kurs tolibi.
INGLIZ TILINI O’RGANMOQCHIMAN LEKIN HAMMAGA MA’LUMKI BU TILDA YOZILISH BOSHQA O’QILISH BOSHQA YOZILGAN MATNNI QANDAY O’QILIWINI BILMIYMAN AVVAL NIMADAN BOWLAWIM K.K
To’g’ri talaffuz qoidalarini tilning fonetika bo’limida o’rganasiz. Bu uchun ingliz tili fonetikasiga oid kitoblarni o’qishingizni tavsiya etaman.
ingliz tilini o’rganishga yordam beradigan matnlarni qaysi saytlardan topsam bo’ladi
Google qidiruvidan foydalaning
Kotta rahmat!
Assalomu alaykum,haqiqatan juda yaxshi va foydali sayt böpti.Döstim sizga kotta rahmat!
assalonu alaykum AQSH da uzbekcha va ingilizcha lug’at topsa bularmikin onlayin sotib olsachi, yoki Azamat uzb dan AQSH ga til urganish uchun lug’at junata olasmi . vidyo darslar manda ochmayabdi til urganishimda yordam berin onlayin lug’atlar busa sayt adreslarni berin oldindan raxmat
Video darslarni saytimning YouTube.com saytidagi kanali orqali ko’rishingiz mumkin: http://www.youtube.com/wwwbonduz/
Inglizcha o’zbekcha, yoki o’zbekcha inglizcha lug’atlar bor. Ular O’zbekistonda ko’plab nusxalarda sotilayapti. Ishonchim komilki http://www.amazon.com saytida ham ularni sotib olishingiz mumkin.
Siz uchun hozir birinchi navbatdagi eng yaxshi yo’li – bu amazon.com sayti orqali kitob sotib olish (AQShdagilar uchun bu muammo emas). Agar u yerda sizga kerakli kitob bo’lmasa O’zbekistondagi biror yaqin tanishingiz orqali lug’atni pochta yordamida yubortirishingiz mumkin. Bu masalada Sizga yordam berishga harakat qilaman, ammo avval amazon.com sayti orqali topishga urinib ko’ring 🙂
ingliz tilini og’zakisini qanday qilib o’rganish mumkin
Imkon qadar ingliz tilida suhbatlasha oladigan, yoki suhbatlashishni o’rganayotga kishi bilan ko’proq ingliz tilida gaplashishga harakat qiling.
Man ingliz tilini o`rganmoqchiman nimadan boshlashim kere javob uchun oldindan RAHMAT!!!!!
Va yana iltimosim video uroklaringizni Tas-ix tizimida mytube.uz ga joylasangiz traffik jihatdan qiynalayotgan insonlarga yordam bergan bo`lardingiz Shu qatorda meni ham )))
Ingliz tilini o’rganish uchun Raymond Murphy muallifligidagi “Essential grammar in use” kitobini sotib oling. Shundan keyin tez kunlarda bond.uz saytida chiqariladigan yangi video darslar asosida bosqichma-bosqich o’rganishni boshlang.
MyTube.uz sayti bilan kelisha olmaganmiz, shu sababli video darslar uTube.uz saytiga joylashtirilgan. U yerda videolarni TAS-IX tizimida, to’liq bepul ko’rishingiz mumkin. http://www.utube.uz saytiga kiring va qidiruv orqali video darslarimizni topasiz.
salom men qanday qilib lug`atlarni tez va yaxshi o`rganishim mumkin yordam beringlar
Imkon qadar tez-tez savol-javob qilib turing, bunda Sizga ingliz tilini birga o’rganayotgan sheriklaringiz, oila a’zolaringiz yoki do’stlaringiz yordam berishlari mumkin. Yodlayotgan so’zlaringizni tez-tez so’rab turishlarini ulardan iltimos qiling. Takrorlash qanchalik ko’p bo’lsa, so’z boyligingiz ham shunchalik tez rivojlanadi.
Пишется Manchester, Читается Liverpool. Assalomu Aleykum Azamat Xodjakov. Sizga kottakon rahat. kelajagdagi ishlaringizda omadlar tilab qolaman
Salom aleykum!
Sizga katta rahmat bunday saytni ochganinggiz uchun.
Siz qayerda ishlaysiz?
O’qituvchimisiz?
Menga ham dars o’ta olasizmi?
Siz bilan qanday bo’glansam bo’ladi?
Men bilan saytning “Biz bilan bog’lanish” bo’limi orqali bog’lanishingiz mumkin.
salom Azamat men ingliz tilini pree intermediate darajada bilaman! 5 oy ichida va undan kam muddatda ielts 7 darajani ola olamanmi? buning uchun qanday taktik yo’lini qilishim kerak. oldindan rahmat
Uddalasangiz bo’ladi, muhimi vaqtingizni to’g’ri taqsimlashingiz va yaxshi o’qituvchi topa olishingiz kerak. O’zingizga va xohishingizga ham ko’p narsa bog’liq. Omad tilayman!
rahmat maslahatlar uchun. bond.uz zo’r sayt ekan. Bu saytda rus tilini o’rgansa ham bo’ladimi?
Hozircha afsuski yo’q, lekin kelajakda rus tili darslarini ham tashkil qilish niyatidaman.
boshlang’ich darslani qanday topsam bo’ladi?
BOSHLANG’ICH DARSLANI QANDAY TOPSAM BO’LADI
Saytning VIDEO DARSLAR yoki GRAMMATIK MAVZULAR bo’limlarida boshlang’ich bosqichdagi o’rganuvchilar uchun mo’ljallangan mavzular bor.
Salom. Murphy ni elektron varianti bo’lsa saytga joylasangiz yaxshi bo’lardi! 🙂 boshqa saytlatdan skachat qilish imkonsiz:(
salom men til organishga kiynalyapman nima maslahat berasiz
Ko’proq o’qishga va fikringizni aniq maqsad sari yo’naltirishga harakat qiling.
мени максадим яхши бир програмист булиб чикиш лекин бизни сохада рус ва чет тили керак буларкан буларни урганиш учун хамма шароит бор лекин шайтон мендан устун чикади кегин укийсан дейди узимни китоб укишга жалп кила олмаяпман илтимос бу борада ёрдам берсангиз
сиз билан хамкорлик килсак буладими мен шоирман шер ёзаман менда жуда куп кизикарли малумотлар бор агар иложи булмаса илтимос узимни сайтимни тузишга ёрдам берсангиз
Istasangiz saytimda Siz uchun alohida bo’lim ochib berishim mumkin, ijodingiz namunalarini, yoki boshqa ma’lumotlarni bemalol kirita olasiz. Siz kabi o’z qobiliyatidan boshqalarni bahramand qilishni xohlovchi, o’z ilmini boshqalarga beminnat ulashishga oshiquvchi kishilarni juda xurmat qilaman! Agar o’z saytingizga ega bo’lishni xohlasangiz ham saytingizni yaratishda Sizga yordam beraman. Men bilan bog’laning, hammasini gaplashib olamiz: +998937982200
Salom! Sizga kattakon rahmat! Men video darslaringizni urganip boryapman va yanada darslar kutib qolamiz. English-O’zbekcha lug’atni video darslarini qilsa bo’ladimi, yani har bir darslikda 20-30 ta ko’proq foydalaniladigan so’zlarni kiritib borsangiz zo’r bo’lardi, iloji bo’lsa albatta. Oldindan katta rahmat!
salom Azamat yaxshimisiz yana kuproq darslar va lug’atlar joylasangiz oldindan raxmat manabuni qaren
Test Master dasturi haqida nima deysiz buni diskini qaerdan olsa buladi
Diskni dasturning maullifidan sotib olish kerak, menimcha. Aniq manbaini bilmayman.
til organish uchun lugat yodlash kerakmi yoki koproq muloqot qilish kerakmi
Yodlagan so’zlaringizni muloqot davomida ko’proq ishlatishga harakat qilishingiz kerak.
artikilar haqida qayerdan ma’lumot olsam bo’ladi.
Maqola shaklidagi dars hozircha yo’q, ammo tez kunlarda video dars shaklida yangi darslar chiqariladi.
salom AZAMAT onlayindan mana buni topib foydalanyabman
http://www.usalearns.org/
Qaysi saytdan foydalanishingizdan qat’iy nazar, u Sizga foyda keltirsa bo’lgani!
hay where did you study?
Termiz
Salom menga video darslar yoqti yana qachon yangi video darsliklarni bizga taqdim etasiz
azamat aka sayitingiz bizlar uchun eng foydali va lekin yangilik bo`ldi okeyyy
man yangiman
Salom, iltimos saytingizga elektron lug’atlar joylashtring oldindan rahmat
iltimos saytingizga elektron lug’atlar joylashtring
ha yahshi bolar edi hamda saytni uzbek tilidan tashqari inglizcha va ruschasi bolsa bu judayam qulay bolar edi
manga sizlardan iltimos ingliz tiliini o’rganish uchun malumotlar beringlar
Juda ajoyib
Man intetnetdan pul topmoqchiman ingliz tilidan so’zboyligimni oshirmoqchiman
Mana bu sahifalarga murojaat qiling:
https://azamat.uz/sayt-tayyorlash-oddiydan-murakkabgacha/
https://azamat.uz/video-darslarni-kochirib-olish/
qaysi lugatlani sotib olishni maslaxat beras
Assalamu alaykum.Inliz tilini endi boshlagan abuturentlarga qanday kitobdan foydalanishni tavsiya qilasiz?Men Bond.uz dagi 10 ta videodan foydalanyapman…
English Grammar in Use (Raymond Muprhy)
Agar so`z boyligiz kam bo`lsa
English Grammar in Practice (F.V. Rahmatov)
Undan ham yaxshisi repetitorga boring,kimdir nazorat qilib tursa osonroq.
Menda zo’r programma bor. So’z yodlashda judayam zo’r foydasi tegadi.
Bu sayttagi programmalardan tubdan farq qiladi lekin.
Audio lug’at ni ko’chirib olsa bo’ladimi.siz lug’at yaratmaganmisiz?
Nomi nima usha programmani
Azamat og’zaki nutqni mukammal rivojlantiruvchi o’zaro jonli muloqot (ingliz tilida)
bo’limingiz bormi? agar bo’lsa qaysisi?
Hozirgi vaqtda bunday bo’lim saytda yo’q.
Hozirgi kunda IELTS qayerlada topshirsa buladi
O’zbekistonda Britaniya Konsulligi orqali topshirasiz.
salom men ingliz tilida sozlashishni xoxlayman qanday organay iltimas oldindan raxmat
Hammaga salom. Iltimos, agar kimda F.V.Rahmatovni “English Grammar in Practice” kitobi elektronkasi bo’lsa, mana shu adressga jo’natvorila. nodking27@mail.ru oldinnan rahmat))
Cambridge Universitetini ‘Grammar in Practice’i bor
Iltimos Azamat aka Inglizcha tekstli kinolar bosa tashab bering
Ingiliz tilini yaxshi o’rganish uchun nimalarni tafsiya eta olasizlar lugat kunga nechtadan yodlasa bo’ladi oldindan sizlarga rahmat
O’rganishga yordam bera oladigan kitoblarni ro’yxatini aytolmaysizni
ezi english mp3 si bilan
Menga ingilizcha en kop iwlatiladgan sozlar royhatini word yoki pdf formatda wu manzilga jonatib yuboring iltimos ulugbekboratov@mail.ru
assalomu alaykum
ingliz til I darsligini mp4 farmatini qayerdan topsa buladi
Salom azamat aka men ielts imtihonlariga mustaqil tayyorlanmoqchi edim. Ozim ingliz tili oqituvchisiman. Qanday kitoblarni tavsiya qilasiz. Iloji bolsa agar elektron variantini pochtamga yubora olasizmi
(nodira-begim89@mail.ru)oldindan rahmat.
salom men amerikaga keldim 1 oy boldi 1hafta icida high schoolga ciqdim uyerda 11 sinfda oqiyman qiz bola bolganim ucunmi vaht bolmayapti qanaqa qilib oraganiw mumkin haamma tanishlarim etvotti organvolasan dib wu torimi rahamamt
O’rganasiz. Ko’proq muloqot qiling. Drama clubga a’zo bo’ling )).
Salom azamat aka.kozi ojizlar uchun inglizcha orgatadigan dasturni qaysi saytda topishim mumkun.?
Uzr, bu haqida bilmayman.
Assalomu alaykum Azamat aka!Ingliz tilini o’rganishni yaqinda boshladim.Boshlang’ich ma’lumotga egaman.Chuqurroq o’rganishimga qancha vaqt yetadi.Saytingiz ajoyib…ammo o’qituvchi bn shug’ullansa samaraliroq bo’ladi deb o’ylayman.Agar kurs yoki repetitorlik guruhlaringiz bo’lsa,shu haqida ma’lumot bering.Oldindan ko’p rahmat!
Agar ielts imtihonidan kamida6ball osa cet elga borib oqiw imkoniyati boladimi? Uyerda imtihonsiz qabul qiliwadimi? Javob ucun oldindan rahmat.
Saytning ayrim bir noqulayliklari menga yoqmayapti. Berilgan savollarga aniq javob berilmaydi. Bu haqida maqola bor deyiladi. Undan kora aniq londa qilib cuntiring.
Ieltsga kolejda1-2-3kurslardayam topshirsa boladimi
Topshirsa bo’ladi .
Lekin ielts sertifikati 2 yilgacha ESDAN CHIQMASIN))
Iltimos menga yaxshi kitoblar bolsaayting yana bir savol tez va oson organish uchun qancha vaqt ketadi OLDINDAN RAHMAT AKA
BU HAMMASI O’ZIZGA BG’LIQ NARSA
quyidagi maslahatingizga amal qilsam lug’at yodlashim oson bolishi aniqmi?
AGARDA INGILIZ TILI GA QIZIQIW BOLMASA AMMO YODLAW KEREK BOLASA ORGANIW MUMKINMI ?
Yo’q. Qiziqish bo’lmasa o’rganmaganingiz ma’qul. O’zingiz qiziqadigan ish bilan shug’ullanganingiz yaxshiroq.
Azamat aka menga mini lug’at kitob kerak buyurtma qilsam olib kelishadimi
Ingilis tili kerak va uni yotlash shart dep oylayman
Ingliz tilini o’rganishni xoxlayman, ammo doimo ishda bo’lganim uchun vaqt topa olmayman, kurslarga bormasdan qanday o’rgansa bo’ladi
https://lessons.fledu.uz doirasida internet orqali darslar tashkillashtirilishi rejalashtirilgan. 10-15 yanvardan keyin loyihaga start beriladi. Balki internet orqali o’rganish siz uchun qulay bo’lar.
Shu no’tugri fellari barchasini audio darslik qilib berishni iloji bormi
Avaz, googledan “irregular verbs song mp3 download” deb qidirib topasiz
Ассалом алейкум.Инглиз тилини ўрганишни хохлагандим. Сайтга бугун 1 чи марта киришим. Дарслар содда. Тушунарли. Менга ёқди. Хозир бир неча дарсни юклаб олдим.
Lugat kitobni topolmadim internetdan odiyroq kitobdan urgansa tezroq urgansa buladimi
Salom. Menga yodlash borish uchun sòzlar kerak. Elektronnisini qanday qilib topish mumkin
boshqa malumot yo‘qmi
Ingliz tilida gaplashishni tez organish uchun ishni nimadan boshlash kerak?
Ko’proq gaplashish kerak. Ingliz tilida gaplasha oladigan suhbatdosh topishga harakat qiling. Imkon qadar og’zaki nutqingizni mashq qiling. Yozish orqali muloqot qilish ham yaxshi samara berishi mumkin.
Ayls ga borish kere
Inavatsion lug’at bor bir oy ichida 5000 ta so’z yodlash texnikasi telegramdan yozinglar @Sherzodvaisov
Avvalo telefonni yo‘qotish kerak!!!
Bu gapga qo’shilmayman hamma ham ko’rgani bn eslab qolomiydi kimdir eshitib telefondan to’g’ri foydalanoah kire
Ko’piroq so’z yodlash kerak men ko’piroq dialog eshitib kino ko’raman
Yaxshi tushunish Nima qilish kerak?
Domlam tushuntirsa tushunmay qolyapman shuning uchun Nima qilish kerak PLEASE SAY
Domlangiz tushuntirayotgan vaqtda fikringiz o‘qituvchizda bo‘lsa yetarli.
Assalomu aleykum So’z yodlash usullari ko’p. Masalan suzlarni difination bilan yodlash mumkin. Yoki so’zni nmadir bilan bog’lab turib yodlasa bo’ladi.
Alfabet bo`yicha yodlang
So`zlar ketma ketligi
1 oyda 10000 ga yaqin so`z yodlaysiz
Ketma ketlikda so`zlar takrorlanadi
Shu sababli ayrim so`zlar o`zaro o`xshash
3*5=15; va 5*3=15 degani kabi
Zor ku
darslarga obuna bo`lish uchun nima qilishkerak
Man lugatdan foydalansam readinglardi zor yechyappan faqat readinglardi paytida ammo osha sozlarni eslab qololmayapman shu sababli lugatsiz reading yecholmayapman nima qilishim kk.
darslarga obuna bo`lish uchun nima qilishkerak iltimos yordam bering
Azar video chat dasturi ingliz tilini o’rganishga yordam beradimi
Men ham ingliz tilini sevib o’rganaman. Grammatikam zo’r. Ammo lug’atim ozim uchun yetarli emas. Bundanda tez va qulay organishni iloji bormi
Menga sozlar royxati kerak bolyabdi.
internetda barchasi bor
Lug`at yodlash uchun manimcha kitob olib yurish shart emas axir biz hozir texnika davrida yashayapmizku.
Undan tashqari Lug`at yodlash uchun shunchaki sozlarni o`qilishini o`zbekchaga o`xshatib kegin tassavvur qilish kere
Mn: Read-o`qimoq.
Rid o`qilishi
Tassavvur qiling rid so`zi yangraganda Ko`z oldingizga rim kelayapti. Kolizeyda hamma kitob o`qiyapti
Fikrizga qo’shilmiman kitob yaxshi va samarali usul telefon har doim yonizda yuradi to’g’ri lekin undan aynan lug’at o’qish uchun foydalanmaysiz
100% ✔️✔️telfon oʻquvchini chalgʻitadi kel shu charchadim bitta qoʻshiq eshitish deydi va bitta qoʻshigʻi 10 taga aylanib ketadi va shundan keyin uyqu keladi va uxlaydi shu tarzda hayit oʻyadi…
Toʻgri manimcha bu fikringiz
Sizning fikringizga men qo’shilaman, albatta. Chunki Telefon har doim ham yoniq turavermaydi-da.
Meni fikrimchaham kitob eng oquvchi uchun eng yaxshi döst boladi oquvchi hardoimham telefondan söz yotlashda foydalana olmaydi telefon baribir bolani chalgitadi wuning uchun ular koproq kitobdan foydalanishganlari ma’qulroq
Birinchi aytgan gapingizga qo’shilaman lekin ikkinchi gapingiz sal hato
Juda ajoyib maslahat kattakon raxmat
Oma qoyil shu fikringiz ajoyib boldi. Rahmat oka.
TELEFONDAN KO’RA KITOB 1000 CHANDON YAXSHI MEN FARZANDLARIMNI TELEFON EMAS KO’PROQ KITOBDAN FOYDALANISHINI XOXLAYMAN MASLAHAT UCHUN RAXMAT!
Hech qachon so’zlarni yakka holda yod olmang to’g’ri yakka holda yod olish oson lekin speaking ya’ni so’zlashganda hesh qanday foyda bermaydi.So’zlarni juft holda yod oling masalan ; reading book, go to school va boshqa
Sòzlarni yod olgandan sòng 2 kun ichida qayta takrorlash kerak yoki turli qisqa metrajli hikoyalarni òqish talab etiladi
menimcha ko’p takrorlang va mehnat qilng bo’ldi
ha men ham qo`shilaman ammo shundaylar borki rosttanham teldan faqat so`z yodlashlar u/n foydalanadi holos malum muddat. To`g`ri unaqalar kamyop ammo 1,2ta bo`lsaham topiladi…..
Har bir inson o’ziga qanday usulda yodlash qulay bo’lsa, shuni qilish zarur. Kitob o’qish ham yaxshi ammo telefonni yomon deyolmaymiz. Xozirgi vaqtda texnologiya rivojlanib bormoqda, juda keng shart-sharoitlar mavjud. Xozir 80% odam kitob o’rniga telefondan foydalanadi. Aytmoqchiydimki, Telefondan foydalanishning ham qulayliklari bir qancha. Odamlar ko’proq telefondan foydalanishga o’rganishlari kerak, yana 6-7 yil ichida kitoblardan hech kim foylanmasligi ham mumkin, zamon tez o’zgaradi. xullas, hamma o’ziga nima qulay bo’lsa shuni qiladi. Ko’proq kino, multfilm ko’rib til o’rganishni hamda albatta muloqot qilib turishni maslahat beraman.
qanday o’rgansam boladi
thank you so much for you, useful info which is greatly helping students who are learning english lenguage