Ingliz tilidagi gaplarda so’z tartibi

Ingliz tilida joy (place) vaqt (time) dan oldin keladi. Gap tuzilishi quyidagicha bo`ladi:
EGA –KESIM — TO`LDIRUVCHI — O`RIN XOLI — PAYT XOLI
(SUBJECT — VERB — OBJECT — PLACE –TIME)
No`tog`ri: Jamshid moved in 1998 to Paris.
subject verb place time
Jamshid moved to Paris in 1998
Jamshid Parijga 1998-yili ko`chgan
We went to a movie yesterday
Biz kinoga kecha bordik.
We bought a house in Miami in 1992
Biz Mayamidagi uyni 1992-yilda sotib olganmiz.
Payt ko`rsatkichi gapning boshida ham kelishi mumkin. Agar payt ko`rsatkichi gapning boshida kelsa, undan keyin vergul qo`yiladi.
time subject verb place
in 1998 Jamshid moved to Paris
1998-yilda Jamshid Parijga ko`chgan.
Bo`lishli gaplarda so`z tartibi
EGA FE`L(LAR) TO`LDIRUVCHI
I speak English
I can speak English
- like/ I / you I like you.
- French/ I / speak I speak French.
- must/ the book / read/ you you must read the book.
- sister/ has / my / got / a dog My sister has got a dog.
- buy/ milk / he / wants to He wants to buy milk
So`roq gaplarda so`z tartibi
So`roq gaplarda ham so`z tartibi xuddi bo`lishli gapniki singari bo`ladi:
ega – fe`l – to`ldiruvchi.
So`roq so`z fe`l(lar) to`ldiruvchi
Who asked you?
- Komil speaks English. — Who speaks English?
- Malik plays the guitar. — Who plays the guitar?
- Jasur is from Australia. — Who is from Australia?
- Our room is on the second floor. — What is on the second floor?
- You will meet them next week. — Who will meet them next week?
nega bularni yuklab olib bõlmayapti
Ko’chirib olsa bo’ladi. Yo’lini bilish kerak
thank you! I’LL DO MY BEST!
9
slaydli ingliz tili bo’yicha rasmlar va noldan boshlab til o’rganuvchilar uchun ma’lumotlar jaylashtirishingizni so’rayman. oldindan rahmat.
Eng yaxsh tilaklar
Can sõziga gap tuzish.