Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Ingliz tilida zamon

Ingliz tilida zamon

O’zbek tilida ish-harakatlar asosan uch hil zamonda ifodalanadi. Bular o’tgan zamon, hozirgi zamon va kelasi zamon.

Masalan:

  • Men kecha kitob o’qidim – o’tgan zamon;
  • Men hozir kitob o’qiyapman – hozirgi zamon;
  • Men ertaga kitob o’qiyman – kelasi zamon.

Ingliz tilida esa asosan 16 ta zamon bor. “Nega o’zbek tilida 3 ta zamon, ingliz tilida esa 16 ta zamon bor?”, degan savol paydo bo’lishi mumkin. Sabab shundaki, o’zbek tilidan farqli ravishda, ingliz tilida har bir zamon alohida turlarga bo’linadi. Ya’ni, hozirgi zamon “hozirgi noaniq”, “hozirgi davomli”, “hozirgi tugallangan”, “hozirgi tugallangan davomli” kabi turlarga bo’linadi; O’tgan zamon ham huddi shunday – “o’tgan noaniq”, “o’tgan davomli”, “o’tgan tugallangan” va hokazo turlarga bo’linadi. Mana shu sabab ingliz tilida fe’l zamonlarining soni ko’proq.

Ingliz tilidagi fe’l zamonlarini o’rganishimiz uchun qilishimiz kerak bo’lgan birinchi ish – bu ish-harakatning gapda qaysi vaqtda bajarilayotganligini tushunib olishimiz va farqlashni o’rganishimizdir. Ingliz tilida biror fe’lni qaysidir zamonda tuslashimiz uchun ish-harakat QACHON va QAYSI VAQT ORALIG’IDA sodir etilayotganligiga e’tibor berishimiz kerak: ish-harakat hozir davom etib turibdimi, doim bajariladimi, o’tgan zamonda bajarilib hozir natijasi ko’rinib turibdimi, yoki o’tgan zamondan to hozirga qadar uzluksiz ravishda davom etib kelayaptimi… Xa, bir qarashda bu juda qiyinga o’xshaydi. Ammo ishoning, qancha ko’p mashq qilsangiz, zamonlarni farqlashni shuncha tez va oson o’rganib olasiz.

Quyidagi oddiygina o’zbek tilidagi misolda ingliz tilidagi zamonlarning farqlanishini kuzatishingiz mumkin. E’tibor bering: quyidagi gaplarning hammasi hozir zamonda, faqat hozirgi zamonning bir necha turlarida tuslangan.

  • Men doim kitob o’qiyman – hozirgi noaniq zamon;
  • Men hozir kitob o’qiyapman – hozirgi davomli zamon;
  • Men hozirgina kitobni o’qib tugatdim – hozirgi tugallangan zamon;
  • Men ertalab soat 8 dan beri kitob o’qiyapman – hozirgi tugallangan davomli zamon.

Ingliz tilidagi zamonlarning har biri alohida-alohida o’rganiladi. Bu darsda Siz, asosiysi, ingliz tilidagi zamon tushunchasini bilim olishingiz, o’zbek tilidan farqli ravishda ingliz tilida har bir zamon bir necha turlarga bo’linishini tushunib olishingiz kerak edi. Agar hammasi tushunarli bo’lsa – keyingi darslarga o’tib, zamonlarning har birini alohida-alohida o’rganishga kirishishingiz mumkin.

Agar zamonlarni birinchi marta o’rganayotgan bo’lsangiz, avval hozirgi zamondan boshlab o’rganishingizni maslahat beraman. Zamon tushunchasi haqida har qanday savolingizni quyida comment sifatida yozib qoldirishingiz mumkin. Albatta javob qaytaraman!

Ingliz tilida zamon” maqolasida 47 fikr

  1. Botirjon Tursunov

    Assalomu alaykum Azamat aka Men bunaqa sayt borliga xursand buldim o’ylaymanki Azamat.uz sayti ustida ishlayabsiz !!!
    Yana bir gap Comentariyga bir muxlis zamonlar 16 deb yoz gan bu tanqid emas lekin xammani fikrini inobatga olishingizni so’rayman.
    Saytni butun O’zbekistonda foydalanishi tarafdoriman !!! ishlarga rivoj

    Tanqid xardoim mukammallika etaklaydi

    http://bond.uz nega ishlamayabdi ………….

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Zamonlar soni yozishda xato bo’lgan ekan, to’g’rilab qo’ydim. Tanqid uchun rahmat.
      Bond.uz sayt nomi o’tgan yildan boshlab Azamat.uz qilib o’zgartirilgan. Fevral oyidan e’tiboran Bond.uz sayt nomi faoliyati butunlay tugatiladi. Bundan keyin sayt faqat Azamat.uz sayt nomi ostida ishlaydi.

      Javob berish

  2. Ugiloy

    Assalomu alayku Azamat aka. Men sizdan bir narsa so’ramoqchi edim, oldindan rahmat.
    Such+a adj+noun
    degan qoidani korgandim, lekin testda «a» noaniq artikl kelmagan ekan shunaqasi ham bo’lishi mumkinmi?

    Javob berish

  3. Ugiloy

    Javobiz uchun rahmat. Lekin gap bunaqa bolishi mumkinmi? I was in such weak a condition that I could hardly got up from the bed. Javob uchun oldindan rahmat.

    Javob berish

    1. Azamat Khodjakov

      I was in such a weak condition… Artikl otdan eng oldin kelayotgan birinchi sifatdan oldin ishlatilishi kerak.

      Javob berish

    2. Temur Imomaliyev

      avvalmbor assalom aleykum charchamayabsizmi iwlar bn charchamayapsizmi aka igliz tilida 16 zamon bor deb yozibsiz aslida zamon emas uning turlari va 16 ta zamon activ voice da 10 zamon esa passiv voice da
      shunga nima deysiz

      Javob berish

  4. Temur Imomaliyev

    aka maslahatingiz kerak edi men mustaqil ravishda ingliz tilini o’rganvvomman hozirda BONK MURPHY kabi kitoblardan o’rganvomman shunga yana qanday yaxshi kitoblarni tavsiya eta olasiz javob uchuun oldindan kattakon rahmat

    Javob berish

  5. Temur Imomaliyev

    aka javob uchun rahmat lekn meni fikrimcha u nafaqat ingliz tili bo’ladimi boshqa sohada ham izlanish kerak to’g’rimi menda shunaqa faqatgina bir xil narsa bn cheklanb qolgim kemiydi inson qanchlik ko’p izlansa o’z ustida ishlasa o’ziga yaxshi men aytmoqchi bo’lganm faqatgina bitta kitobdanmas boshqa kitoblardan o’rganishni xoxlayman hozirgi kunda ingliz tilini o’rgatuvchi kitoblar juda ko’p lekin ular orasida yaxshilari kam ustoz masalasiga keladigan bo’lsak hozirda kasb-hunar kolleji talabasiman o’qituvchilar esa darsni mukammal darajada o’tmaydi qo’shimcha dars o’ting deb borsam har doim xar hil bohona shundan szga murojat qlgandm

    Javob berish

    1. Mohi

      Assalomu alaykum, Temur! Sizni holatingizni juda yahshi tushunaman, chunki bu o’zimning boshimdan ham o’tgan. Kollejda o’qiyotganimda ba’zi usustozga iltimos qilardim, dars o’taylik deb. Baribir hech kim eshitmaydi, bularga o’rgatganning foydasi yo’q deydiganlar ham bo’lgan. Man ulardan faqat bir sabab bilan ranjirdim, ya’ni ishlab topayotgan pulini halollay olmaganidan, jonkuydirmaganidan. Axir inson bu dunyoda yonib yashashi, har bir ishini yurakdan qilishi kerakmasmi? Agar adashmasam, man sizga yordam bera olaman. Manda Ingliz tilini o’rgatadigan o’zbek tilidagi bir qancha elektron kitoblar bor. Pochtangizni qoldiring, sizga yuborishga harakat qilaman.

      Javob berish

  6. Oybek

    Salom Mohi men ham ingliz-tilini endi o’rganishni boshladim, menga juda zarur bo’layapti kerakli ma’lumotlar kamlik qilayapti agar iloji bo’lsa menga ham junata olasizmi usha elektron ma’lumotlarizni xohlasayiz Oybekxon95_95@mail.ru ga junatsayizam bo’ladi, agar mumkin bo’lsa menga telegramm bilan whatsapp qulayroq edi +998942920025 nomerda ruyhatdan o’tganman shunga junatsayiz juda yaxshi bo’lardi sizni ko’taman oldindan rahmat

    Javob berish

  7. Azizbek

    Salom Mohi men ham endi ingliz tilini organvotudim menga lekin kerakli elektron kitoblarni qayerdan olishni bilmayapman menga ham shunday elektron kitoblarni yubora olasizmi agar iloji bosa elektron manzilim: azik.rich.1998@mail.ru oldindan rahmat

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan