Ingliz tilida sifat

Sifat otning belgisini bildiradi va bizga otning qanday ekanligi haqida ma’lumot beradi.
Keling, mana bu rasmdagi mashinaga sifat berib ko’raylik:
1. (qanday mashina?) – Sariq mashina.
2. (qanday mashina?) – Kichik mashina.
3. (qanday mashina?) – G’alati mashina.
4. (qanday mashina?) – Foydasiz mashina.
Yuqoridagi “sariq”, “kichik”, “g’alati”, “foydasiz” degan so’zlar grammatikada sifat deyiladi.
Sifatning 3 xil darajasi bor: oddiy daraja, qiyosiy daraja va orttirma daraja.
Keling, endi quyidagi uchta mashinani yaxshiligi bo’yicha uchta darajaga joylashtirib chiqaylik. Mana mashinalar:
Uchalasi ham yaxshi mashina, lekin biz bu uchalasini yaxshi, yaxshiroq va eng yaxshi mashina sifatida darajalab chiqishimiz kerak. Avval oddiysidan boshlaymiz:
(qanday mashina?) Bu yaxshi mashina. “Yaxshi” – bu oddiy darajadagi sifat.
(qanday mashina?) Bu yaxshiroq mashina. “Yaxshiroq” – bu qiyosiy darajadagi sifat. Bu sifatni biz hozirgi mashinani avvalgi mashinaga qiyoslash natijasida hosil qildik. Bir mashina ikkinchisiga nisbatan yaxshiroq bo’ldi.
(qanday mashina?) Bu eng yaxshi mashina. “Eng yaxshi” – bu ottirma darajadagi sifat. Orttirma darajadagi sifat ikki yoki undan ortiq narsalarni o’zaro qiyoslash va ular orasidan bitta ENG yaxshi, ENG chiroyli, ENG katta, ENG, ENG,ENG… ni tanlash orqali hosil qilinadi.
Ingliz tilida ham sifat, huddi o’zbek tilidagidek, otning belgisini bildiradi. Ingliz tilida sifat har doim otdan oldin ishlatiladi. Masalan: small car (kichik mashina), important subject (muhim fan).
Turiga ko’ra ingliz tilida ikki hil sifat bor: bir bog’inli va ko’p bo’g’inli.
Masalan: small car (kichik mashina) – bir bo’g’inli sifat;
important subject (muhim fan) – ko’p bo’g’inli sifat.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, sifatning uch hil darajasi bo’ladi: oddiy, qiyosiy va orttirma.
BIR BO’G’INLI SIFATLARNING DARAJALANISHI
1. Bir bo’g’inli sifatlarning oddiy darajasida sifatga hech qanday qo’shimcha qo’shilmaydi va sifatning o’zi yoziladi. Masalan:
Small car – kichik mashina. Big garden – katta bog’. Strong man – kuchli odam.
2. Bir bo’g’inli sifatlarning qiyosiy darajasida sifatga “-er” qo’shimchasi qo’shiladi. Bu qo’shimcha o’zbek tilidagi “-roq” qo’shimchasiga to’g’ri keladi. Masalan:
Smaller car – kichikroq mashina. Bigger garden – kattaroq bog’. Stronger man – kuchliroq odam.
3. Bir bo’g’inli sifatlarning orttirma darajasini yasash uchun sifatga “-est” qo’shimchasi qo’shiladi va har doim ottirma darajadagi sifatdan oldin “the” aniq artikli qo’yiladi. Ingliz tilidagi “-est” qo’shimchasi o’zbek tilidagi “eng” so’ziga to’g’ri keladi. Masalan:
The smallest car – eng kichik mashina. The biggest garden – eng katta bog’. The strongest man – eng kuchli odam.
KO’P BO’G’INLI SIFATLARNING DARAJALANISHI
1. Ko’p bo’g’inli sifatlarning oddiy darajasida sifatga hech qanday qo’shimcha qo’shilmaydi, sifatning o’zi yoziladi. Masalan:
Important subject – muhim fan. Beautiful girl – chiroyli qiz. Difficult task – qiyin vazifa.
2. Ko’p bo’g’inli sifatlarning qiyosiy darajasini yasash uchun ko’p bo’g’inli sifatdan oldin “more” so’zi qo’yiladi. Bu o’zbek tilidagi “-roq” qo’shimchasiga to’g’ri keladi. Masalan:
More important subject – muhimroq fan. More beautiful girl – chiroyliroq qiz. More difficult task – qiyinroq vazifa.
3. Ko’p bo’g’inli sifatlarning orttirma darajasida sifatdan oldin “the” aniq artikli va “most” so’zi qo’yiladi. Bu ma’no jihatidan o’zbek tilidagi “eng” so’ziga to’g’ri keladi. Masalan:
The most important subject – eng muhim fan. The most beautiful girl – eng chiroyli qiz. The most difficult task – eng qiyin vazifa.
O’ZAGIDAN O’ZGARIB DARAJALANUVCHI SIFATLAR
Ingliz tilidagi ba’zi sifatlarning darajalanishi yuqoridagi qoidalarga bo’ysunmaydi. Bunday sifatlar sifat o’zagining to’liq o’zgarishi orqali hosil qilinadi.
|
Oddiy daraja |
Qiyosiy daraja |
Orttirma daraja |
Yaxshi | good | better | the best |
Yomon | bad | worse | the worst |
Uzoq | far | farther | the farthest |
Kam, oz | little | less | the least |
Ko’p | much / many | more | the most |
Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki, “yaxshi” sifatining oddiy darajasi good, qiyosiy darajasi better (goodder emas!) va orttirma darajasi the best (the gooddest emas!) bo’ladi. Hamda jadvaldagi boshqa sifatlar ham huddi shu qoida bo’yicha o’zagidan o’zgarib darajalanadi.
Sifat mavzusi yuzasidan har qanday savollaringiz bo’lsa quyida keltirilgan komment formasi orqali savol berishingiz mumkin va men savollaringizga 24 soat ichida javob beraman!
Murakkab sifatlar (Composite adjectives) haqida ma’lumot berolmaysizmi?
Hozircha saytda faqat sodda grammatik mavzular yoritilishi ko’zda tutilgan. Sayt tarkibining asosiy grammatik mavzular bilan to’liq ta’minlanishi yaqin kelajakda ingliz tili grammatikasining murakkab va muammoli mavzularining Bond.uz saytida yoritilishiga asos bo’ladi. Saytimizni kuzatib boring.
90 371 37 26 ga tel qlin toluro malumot beraman
Masalan ingliz tilida sifatlarga -ly qo’shimchasi qo’shilsa ham sifat bo’lib qoladi. Buni ravishga aylantira olamizmi? Qanday?
juda tögri menda bu hayotiy tajribamdan ham tasdiq topgan holat! Hech qanday darsliksiz gam til örganish imkoni hamma uchun mavjud ! Bugungi kunga kelib örtacha muloqot olib borish darajasida bilaman ingliz tilini bunga sabab qiziqish va intilish boshqa hechnima talab qilinmaydi til örganish uchun ! Ishlarda omad döstim
yana gap tuzushga formullalar bering
Mashinalar orqali sifatni zor tushuniribsiz. Boshqa barcha sifatlarni ozbekcha tarjimasini rasmlar orqali yoritish iloji bormi.
Juda ajoyib menga juda yoqdi.ingliz tilini bilmiydigonlaga foydasi katta
Juda yaxwi manga yoqdi faqat tesltarni yuklab oliw diyilgan lekin yuklanmayapti
Kotta rahmat!
Listining uchun materiallar kere iloji bomi? Oldindan rahmat
Ranglarchi rang ham sifatga kiradi
Ular darajalanadimi yoki yo’qmi . Javobingiz uchun oldindan raxmat
Odatiy sifatlarda qanday qoida bo’lsa, ranglarda ham huddi shu qoidalar amal qiladi. Masalan: bluer, whiter, more yellow…
Mangayam rassa yoqdi. Judayam yaxshi cuntirilgan. Manam mustaqil 6rganuvchiladanman. Mustaqil 6rgangan oaonmikin y6ki q6wimca darslaga ustozzi sabogini oliw keremi?
Shubxasiz barcha talqindagi malumotlar yaxshi tushuntirilgan. Bundan tashqari uzimizning O’zbek tilimizga qiyoslanib g’ayrioddiy qilib ifoda etilganligi yanada tushunarliroq qilib o’rganishga takitlaydi lnsho Alloh kelajakda bundan ham yaxshi talqinlarda ifoda etib qolasiz degan umitdaman.
sifatdosh haqida ma’lumot yozing oka
,30ta sifatni yozib bera olmaysizmi
Go va Stay felidan keyin sifat keladimi yo ravish
Juda foydali raxmat iwinglarga rivoj ollox yolingizni ochiq qilsin.
Sizda õzagidan õzgarib darajalanuvchi sifatlarning uch xil formasi kõrinishidagi grafik bormi?
Alloh umringiz va ilmingizni ziyoda qilsin. Shu mavzuni tushunmayatuvdim endi bilib oldim.
RAHMAT sifat haqida malumotlar un
sifatlardan foydalanish uchun qaysi darajaq qaysi holatda ishlatilishi haqida ham ma’lumot berolasmi Masalan very+ oddiy daraja
Test qoshish kerak
Bu zor yozilgan lekin bitta kamchiligi bor a harfi umuman ishtirok etmagan iltimos shu kamchilik togirlang
Lekin by oziyam zor chiqibdi Yana sidat darajalarini yozishta davom eating sizga kotta rahmat 80 ta a harridan keladigan sidat yozib berolmaysizmi Iltimos
p t u i n p o g l shu harflardan qaysi sifatni yasash mumkin iltimos aytvoring
Katta rahmat, alloh martabangizni ulug‘, rizqingizni butun, umringizni uzun qilsin
Assalomu alaykum. Òzagidan òzgarmaydigan sifatlarga 10 ta misol kerak edi. Iltimos yordam bering. Yordam uchun oldindan rahmat.
10 ta kerak hozir bu yerda 6 ta ekan
kalit suzlarini ham yozing
Sifat yasovchi qòshimcha lar bn birga misollarni yozish kk. Masalan ot yasovchi
-ment hammasiga togri kelavermas ekan
ravishi ham sifati bilan bir xil bòlgan sifatlar ròyxatini tuza olaszmi?
To’g’ri va noto’g’ri sifatlar