Bosh sahifa / Abituriyentga / Ingliz tilida jonli muloqot uchun ajoyib imkoniyat

Ingliz tilida jonli muloqot uchun ajoyib imkoniyat

Odatda saytimda boshqa saytlarning taqdim etayotgan xizmatlarini targ’ib qilmas edim, ammo ingliz tilida so’zlashishni, suhbat qurishni o’rganayotgan yoshlar uchun foydali bo’lishi mumkin bo’lgan eng ishonchli resurslar haqida yozmaslik tarafdori bo’lib qola olmadim. Ingliz tilida jonli muloqot qilish tilni o’rganayotgan har bir abituriyent uchun foydadan holi bo’lmasligi aniq.

Hozirda internet tarmog’ida turli ingliz tilidagi chat xizmatlarini taqdim etuvchi saytlarni uchratish mumkin. Bu xizmatlardan foydalangan holda turli davlatda yashovchilar bir-birlari bilan do’stona, jonli muloqotga kirishishadi. Xorijliklar va ingliz tilini ona tili sifatida gapiruvchilar uchun bu chat xizmatlari oddiy, vaqtni mazmunli suhbat bilan o’tkazish manbayi bo’lsa, ingliz tilini o’rganuvchilar uchun esa ingliz tilidagi jonli suhbat haqiqiy bilimlar sinovi bo’lishi mumkin!

Abituriyentlar uchun ingliz tilida jonli muloqot qilish imkoniyatini beruvchi chat saytlari bema’ni suhbatlardan xoli, oson foydalaniladigan va albatta suhbatdan topish oson bo’lgan xususiyatlarga ega bo’lishi kerak. Bularni hisobga olgan holda ingliz tilida jonli muloqot qilishni xohlovchi har bir o’rganuvchiga Chatiw saytini tavsiya qilaman. Bu chat saytida o’z ismingiz, jinsingiz va qaysi shahardan ekanligingizni ko’rsatgan holda turli davlatlarning inglizzabon foydalanuvchilari bilan jonli muloqotga kirishishingiz mumkin. Chatga marhamat:

www.chatiw.com

Jonli muloqotdan tashqari sun’iy aql asosida ishlaydigan robotlar bilan suhbatlashish orqali ham ingliz tilidagi suhbatlashish ko’nikmangizni rivojlantirib olishingiz mumkin. Robotlar bilan gaplashishning bir necha qulay jihatlari bor 🙂 Ular har doim tarmoqda, savollaringizga javob berish uchun tayyor, Sizni zeriktirmaydi va eng asosiysi ular bilan o’zingiz istagan mavzuda soatlab suhbat qurishingiz mumkin. Ingliz tilida gaplashadigan robotlar bilan jonli muloqotga kirishish uchun quyidagi xizmatlardan foydalanishingiz mumkin:

Alice bilan suhbat (mening eng sevimli chat-botim):

alice.pandorabots.com

Quvnoq va hazilkash robot – Elbot bilan suhbat:

www.elbot.com

Chuqur fikrlaydigan va savollarga aqlli javoblar qaytaradigan robot bilan suhbat:

www.cleverbot.com

Qaysi suhbat usulini tanlashingizdan qat’iy nazar ingliz tilida gaplashish ko’nikmangizni rivojlantirishdan to’xtamang. Imkon qadar ko’proq ingliz tilida suhbat qurishga harakat qiling.

Abituriyentlar uchun test formulalari

17 ta fikr

  1. Salom Azamat aka bu saytlarda bemalol gaplashish uchun internet tezligi qancha bo’lishi kerak? soatiga qancha mb sarf qilinadi ?

  2. Salom menga juda yoqdi agarda ish bersa ingliz tilini urganmoqchi edim

  3. Azamat aka shaxsiy blogiz zo’r faqatgina bir narsa etishmayapdi

  4. salom Azamat aka yuqorida takidlagan chat lar blan qanday foydalanishni tushuntirsangiz iltimos

  5. yuqoridagi fikringizcha bu saytlarda gaplashish mumkin degansiz ammo keyingi javoblaringizda esa chat yozuv asosida degansiz Robot bilan gaplashib og’zaki nutqimni o’stirishimga inkoniyatim bo’ladimi? agr bo’lsa menda qanaqa moslamalar bo’lishi kerak?

  6. bu saytdayam chat boridiku ne ob tashadila? buyoda inigilizcha chat borligi odami qiziqtirib turardi yana ochila tas ixda topomadim ingilizcha chati. odam bot bilan gaplashgisi kemayapti

  7. yana qanaqa chatla bor

  8. Salom Azamat aka men ielts bilan oladigon arzonroq chet el universitet yoki institutida o’qimoqchiman lekin hujjatlarni online topshirishni bilmayapman. Yordam bering

  9. Imtihonlarga oz qoldi. Ingliz tilini qanday osonroq o’zlashtirsa bo’ladi? Iltimos maslahat bersangiz

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*