Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Ingliz tilida artikl

Ingliz tilida artikl

Artikl o’zbek tilida yo’q. Shuning uchun ingliz tilini birinchi marta o’rganayotgan kishi uchun artiklni tushunish bir oz qiyinroq bo’ladi. Ammo qo’rquvga berilmang, imkonsiz narsaning o’zi yo’q – yaxshi harakat qilsangiz, artiklni ham juda oson o’rganib olishingiz mumkin!

Artikl – bu ingliz tilidagi otlar oldidan ishlatiladigan kichik bir so’z.

Ingliz tilida otlar oldidan har doim artikl ishlatilishi kerak. Ba’zan esa otlar oldidan artiklning ishlatilmaslik holatlari ham bo’ladi. Bu maqoladan ko’zlangan asosiy maqsad – artikl haqida umumiy ma’lumotga ega bo’lish, artikl turlarini bilib olish va artiklning ishlatilishini tushunib olishdir.

Ingliz tilida 2 hil artikl bor: NOANIQ ARTIKL (a/an) va ANIQ ARTIKL (the).

Noaniq artikl donalab sanaladigan, birlikdagi otlar oldidan ishlatiladi. Noaniq artikl, o’z navbatida, ikki turga bo’linadi: A yoki AN noaniq artikli.

“A” noaniq artikli undosh tovush bilan (e’tibor bering: undosh harf bilan emas, tovush bilan!) boshlanuvchi, donalab sanaladigan birlikdagi otlar oldidan ishlatiladi. Masalan: a computer, a dog, a helicopter, a cell-phone.

“AN” noaniq artikli esa unli tovush bilan boshlanadigan, donalab sanaladigan, birlikdagi otlar oldidan ishlatiladi. Masalan: an apple, an accident, an umbrella, an instrument.

“A” yoki “AN” noaniq artikli so’zlovchi va tinglovchiga noma’lum bo’lgan, u haqida birinchi marta gapirilayotgan birlikdagi otlar oldidan ishlatiladi. Noaniq artikl otlardan oldin ishlatilganda o’sha otning “bitta” ekanligini bildiradi. Masalan: an apple – (bitta) olma, a computer – (bitta) kompyuter. Ammo noaniq artikl to’g’ridan-to’g’ri “bitta” degan so’z tarjimasini bermaydi.

Aniq artikl esa so’zlovchi va tinglovchiga ma’lum bo’lgan, avvalroq gapda eslatib o’tilgan, dunyoda yagona bo’lgan otlar oldidan ishlatiladi. Aniq artiklning faqat bitta shakli bor: THE.

“THE” aniq artiklning ishlatilish qoidalari juda ko’p. Ammo asosiysi – bu aniq artiklning “hamma uchun aniq” bo’lgan otlar oldidan ishlatilishidir. Aniq artiklning alohida qoidalarini keyingi maqolalarimizda ko’rib o’tamiz.

Yuqoridagilarni umumlashtirish uchun quyidagi misolga qarang:

I ate a sandwich and an apple for breakfast. (Men nonushtaga (bitta, harqanday bir) sendvich va (bitta, har qanday bir) olma yedim). The apple was bad but the sandwich was nice. ((O’sha, men yegan) olma yomon ekan va (o’sha, men yegan) sendvich yaxshi ekan).

Misolda keltirilganidek, sendvich va olma haqida birinchi marta gapirilganda ulardan oldin “A” va “AN” noaniq artikllari qo’yildi. Aynan shu sendvich va olma haqida ikkinchi marta gapirilganda esa bu otlar oldidan “THE” aniq artikli qo’yildi.

Boshqa maqolalarimiz bilan artiklni o’rganishda davom eting!

Ingliz tilida artikl” maqolasida 17 fikr

      1. Yunus

        Iltimos Azamat Xodjakov, manga yordamiz kere. Iloji bo’sa bugn shu narsa haqda ma’lumot olshim kere. Mani sovolim: IELTS speaking imtihoni umumiy hisoblaganda nechi soat vaqt oladi, unda nechta odam qatnashadi va intervyuga kandidatla hohlagan tartibda kirishadimi ili familiya bo’yichami. Iltimos shu sovollarimga jovopi mailga yuborin. Oldindan kotta rahmat

        Javob berish

  1. KiLLeR

    Salom Azamat Aka. Sizga Bitta Iltimosim Boridi. Passive Voice Blan Acetive Voice Mavzusiniyam Yoritib Bersez Dgandim. Grammatik Mavzulardan Izlap Topomadm Bu Mavzuni. Iltimosim Yerda Qomidi Dgan Umiddaman !!!

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Salom! Iltimosingizni albatta bajaraman. Bundan tashqari yana boshqa yangi mavzularni ham kiritaman.
      Hozirgi kunda yangi loyiha ustida ishlayapman, shuning uchun saytga yangi darslar qo’shishim bir oz kechikayapti. Bu uchun uzr. Kelajakda yangi loyihamda ham faol ishtirok etasiz, degan umiddaman.
      Siz so’ragan mavzu tez kunlarda saytda bo’ladi. Saytni kuzatishda davom eting!

      Javob berish

  2. Xushnudbek

    Azamat aka video darslar uchun katta rahmat. Agar yana yangilari bol’sa saytga joylaganinggizda yaxshi bo’lardi

    Javob berish

  3. Nina

    Assalomu alaykum Azamat aka . ingliz tilida BIrlikdagi orollardi sanab bersanggiz yaxshi bulardi . Iltimos. javobiz uchun oldindan rahmat

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Bu savolga javobni geografiya fanidan qidiring. Dunyodagi birlikdagi orollar dunyo xaritasida aks ettirilgan bo’ladi.

      Javob berish

      1. Mahliyo

        Assalom aleykum Azamat aka! Sizga kotta raxmat Saytingiz orqali izlagan ko’p ma’lumotlarimni topdim. Azamat aka Iltimos inglizcha IDIOM lar haqida tushuncha bersangiz misollar bilan Oldindan raxmat!

        Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan