Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Ingliz tili

Xorijiy tillarni o’rganish muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini oshiradi. Ingliz tili xorijiy tillar ichida eng ko’p qo’llaniladigan tillardan biri. Ingliz tilida so’zlashishni o’rganish, ingliz tili grammatikasini puxta o’zlashtirish hech qachon foydadan holi bo’lmaydi. Sizga ingliz tilini oson va tez o’rganib olishingizda imkon qadar yordam beraman.

Ingliz tili video darslari

Saytimda ingliz tili grammatikasini o’rganishga oid video darslar mavjud. Ularni yuklab olishingiz yoki istalgan vaqtda internet orqali ko’rishingiz mumkin. Video darslardan «10 kun ichida ingliz tilida gapirishni o’rganish» deb nomlangan video darslar seriyasi to’liq nihoyasiga yetkazilgan. Bu seriani to’liq shakldagi kurs sifatida qabu qilishingiz mumkin. «Ingliz tili grammatikasi – R. Murphy: Essential Grammar in Use» seriyasidagi darslarning esa faqat 3 qismi taqdim etilgan. Hozircha bu darslarning davomi mavjud emas. Yaqin kelajakda loyihani davom ettirish va video darslar seriyasini yakuniga yetkazish umididamiz.

Ingliz tili grammatikasi

Saytda ingliz tili grammatikasiga oid ko’plab ma’lumotlarni topishingiz mumkin. Istalgan grammatik mavzuni sayt qidiruv tizimidan foydalangan holda izlang va o’zingizga kerakli grammatika ma’lumotlarni bilib oling. Ingliz tili bo’yicha bilimlaringizni oshirishingizda yordam berishdan har doim xursandman!

Ingliz tili hamma joyda

Saytda aynan ingliz tili grammatikasi yoki ingliz tili faniga oid bo’lmagan, ammo bu tilni o’rganish hamda foydalanishga oid boshqa ma’lumotlarni ham saytimda uchratishingiz mumkin. Bu kabi ma’lumotlar o’rganuvchilarning ingliz tilini o’rganishga bo’lgan istaklarini yuqori darajada saqlab turish, ingliz tili dunyosiga yanada ko’tarinki kayfiyatda kirib kelishlari uchun zamin yaratishga qaratilgan.

Ingliz tilini o’rganish juda oson. Bu tilni o’rganishga bugundan kirishing!