Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Ingliz tili haqida qiziqarli ma’lumotlar

Ingliz tili haqida qiziqarli ma’lumotlar

Bugungi kunda yurtimizda juda katta e’tibor qaratilayotgan ingliz tili haqida qanday qiziqarli ma’lumotlar bilasiz? Mabodo bilmasangiz, afsuslanmang. Quyidagi maqola aynan siz uchun.

Ingliz tilida “month” – oy (yil hisobidagi) so‘ziga qofiyadosh so‘z yo‘q;
“Dreamt” — o‘tgan zamondagi tush ko‘rmoq, hayol surmoq ma’nosidagi bu so‘z ingliz tilidagi “mt” bilan tugaydigan yagona so‘zdir;
Ingliz tilidagi boshqa so‘zlarga qaraganda “set” so‘zi eng ko‘p ma’noga ega. Uning qo‘ymoq, joylamoq, sozlamoq, tartibga solmoq, to‘plam kabi bir qator ma’nolari bor;
“Underground” – metro, “und” bilan ham boshlanib, ham tugaydigan yagona inglizcha so‘z;
Ingliz tilidagi eng uzun bir bo‘g‘inli so‘z — “Screeched” (xirillagan);
“-dous” bilan tugaydigan atigi to‘rttagina inglizcha so‘z bor: “tremendous” (vahimali), horrendous (daxshatli), stupendous (ajablanarli), hazardous (zararli, zaharli);
Oxford English Dictionary (Oksford Ingliz tili lug’ati)ga ko‘ra eng uzun inglizcha so‘z — Pneumonoultramicroscopicsilicovolcanoconiosis (kasallik nomi) hisoblanadi;
Pneumonoultramicroscopicsilicovolcanoconioses esa eng uzun so‘zning ko‘plik shakli. Har ikkalasi ham 45ta harfdan tashkil topgan;
Yetti harfli “therein” so‘zing tarkibidagi biror harfni almashtirmasdan yana 10 ta so‘z xosil qilsa bo‘ladi:
the – aniq artikl;
there – u yerda;
he – u (erkak kishiga nisbatan);
in — ichida;
rein – jilov;
her – uni, unga, uning (ayol kishiga nisbatan);
here – bu yerda;
ere – oldin;
therein – anavi yerda;
herein – shu yerda, bu yerda.
“Stewardesses” (styuardessalar) so‘zi esa kompyuterda faqatgina chap qo‘lda yoziladigan eng uzun inglizcha so‘z;
“Uncopyrightable” — o‘n besh harfdan iborat, ammo birorta harf qayta takrorlanmaydigan yagona so‘z.

Ingliz tili haqida qiziqarli ma’lumotlar” maqolasida 2 fikr

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan