Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Grammatikani oson o’rganish

Grammatikani oson o’rganish

Ingliz tili grammatikasi bir qarashda o’rganish uchun eng qiyin bo’lgan qoidalar jamlanmasiga o’xshab ko’rinishi mumkin. Ammo, ishoning, asl haqiqat bunday emas! Ingliz tili grammatikasi har qancha qiyin, chalkash va zerikarli ko’rinmasin, u bir necha soniyalar ichida Sizning o’rganishingiz uchun dunyodagi eng oddiy va oson narsalardan biriga aylanishi mumkin. Bu uchun faqatgina Sizdagi xohishning o’zi yetarli!

Ingliz tili grammatikasini oson o’rganishni xohlaysizmi? Ingliz tilida gapirish jarayonida kamroq grammatik xatolarga yo’l qo’yish istagidamisiz? Kirish imtihonlaridagi ingliz tili grammatikasiga oid testlarni bajarish uchun xorijiy til grammatikasini puxta egallamoqchimisiz? Unda o’qishda davom eting!..

Yaqinda o’z qiziqishlarimdan kelib chiqqan holda Google qidiruvi orqali O’zbekiston yoshlarining ingliz tilini o’rganish maqsadida Internetda amalga oshirgan qidiruvlari tarixi statistikasini ko’rib chiqdim. Rosti, bu ishni amalga oshirishda avval O’zbekistonda ingliz tili grammatikasini o’rganishga bunchalik katta qiziqish mavjudligini, to’g’rirog’i Internetda ingliz tili grammatikasiga oid mavzularni o’zbek tilida bunchalik ko’p foydalanuvchilar izlashini bilmagan edim. Natijalar ingliz tilini o’rganishga bo’lgan qiziqishning o’zbek tilida so’zlashuvchi foydalanuvchilar orasida qanchalik yuqori ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Yaqin o’tgan vaqt oralig’idagi Google orqali qidirilgan so’rovlar kalit so’zlari quyidagilarni o’z ichiga olgan edi: ingliz tili grammatikasi, ingliz tili grammatikasini o’rganish, grammatika qoidalari, ingliz tili grammar, english grammatikasi, english grammar, grammatika darslar, ingliz tilida gapirishni o’rganish, ingliz tilida gaplashishni o’rganish, ingliz tili video darslar, ingliz tili online, ingliz tili darslari o’zbek tilida, ingliz tili kurslari, ingliz tili repetitorlari, ingliz tili IELTS, ingliz tili testlar, ingliz tili dars ishlanmalari, ingliz tilini oson o’rganish, ingliz tili o’rganish… Ehhe, qidirilgan bu kalit so’zlar hilma-hilligini davom ettiraversak maqolamiz o’n ming so’zdan ham oshib ketadi. Ammo muhimi kuzatish shuni tasdiqlaydiki, ingliz tilini yoki ingliz tili grammatikasini o’rganishga bo’lgan talab so’nggi bir necha oy ichida bir necha o’n baravarga oshib ketdi. Bu ko’rsatkich saytimizda yangi grammatik manbaalarning ko’paytirilishiga turtki bo’lishi bilan bir qatorda ingliz tili grammatikasini osonroq o’rgatish usullari haqida bosh qotirishga ham undaydi. Yuqoridagi talabdan kelib chiqqan holda ingliz tili grammatikasini oson o’rganish yuzasidan o’z bilim va tajribamga tayangan holda quyidagi tavsiyalarni berishga qaror qildim. Ular ingliz tili grammatikasini o’rganishni endi boshlagan, grammatikani o’rganishni davom ettirayotgan yoki ingliz tili grammatikasini kimgadir o’rgatishga harakat qilayotgan vatandoshlarimizga kerakli bo’ladi degan umiddaman.

Ingliz tili grammatikasini bir necha oylar davomida to’liq va eng muhimi oson o’rganish uchun quyidagi sinovdan o’tgan, ishonchli hamda to’liq yaxshi natija beradigan oddiy ko’rsatmalarga amal qilgan holda o’rganishga kirishign:

1. Ingliz tili grammatikasini o’rganishdan avval o’zbek tili grammatikasini yaxshi tushunib oling.

O’z ona tilini bilmagan kishi xorijiy tilni mukammal darajada o’rgana olmaydi. Ingliz tili grammatikasini o’rganishga kirishganingiz juda yaxshi, ammo bundan oldin o’zbek tili grammatikasini o’rgansangiz yoki mavjud bilimlaringizni takrorlasangiz, xorijiy til grammatikasini o’rganishingiz oson kechadi. O’zbek tili va ingliz tili grammatikalari tuzilish, kelib chiqish va o’rganilish jihatidan ancha farqli bo’lishiga qaramasdan tilni o’rganishda ishlatiladigan asosiy grammatika tushunchalar bu ikki tilda bir xildir. Shu sababli ularni qiyoshlash, taqqoslash hamda umumiy tushunchalarni birlashtirish orqali ingliz tili grammatikasini yaxshiroq tushunish mumkin. O’z ona tilingizni qancha yaxshi bilsangiz, uning grammatika qoidalarini qancha yaxshi tushunsangiz, ingliz tili grammatikasini ham shunchalik oson o’rganasiz.

2. Ingliz tilini o’rganmang. Ingliz tilini yashang!

Tilni shunchaki o’rganish orqali uning grammatikasini yaxshi tushunib olish juda qiyin. Ingliz tili grammatikasini oson o’rganish uchun grammatik qoidalarni yodlash, grammatikaga oid kitoblar o’qish yoki zerikarli grammatika darslariga qayta-qayta qatnashaverishning o’zi yetarli emas. Grammatikani o’rganishni osonlashtirishdagi birinchi qadam – bu til grammatikasi qurilishini butun vujudingiz bilan his qilgan holda uning har bir qoidasi mazmunini tushunib olishingiz hisoblanadi. Bir so’z bilan aytganda, grammatikani o’rganish uchun Siz uni butun vujudingiz bilan his qila olish darajasida tushunishingiz, shu tushunchani aqliy hayotingizga kirita olishingiz kerak. Buni qanday amalga oshirsa bo’ladi? Tasavvur qiling, Siz ingliz tili grammatikasida son (the numeral) mavzusini o’rganmoqchisiz. Buning uchun Siz faqatgina son haqidagi qoidalarni o’qish bilan cheklanib qolmang. Qo’lingizga ruchka va yangi varaq oling-da, mavzu haqidagi Siz tasavvur qilgan eng sodda, eng tushunarli, eng qiziqarli bo’lgan qoidani o’zingiz uchun yarating. Agar zarur bo’lsa qo’shimcha tushunchalarni yozing. Mayli, bu yozganlaringiz kitoblardagidek murakkab bo’lmasin, muhimi u Sizning qarashlaringizga uyg’un holda tabiiy bo’lsin! Qarabsizki, son mavzusining Sizga mos, tushunarli va muhimi o’rganishingiz uchun qulay bo’lgan tushunchalari paydo bo’la boshlaydi. Shu tariqa har bir mavzuni o’zingizga moslagan holda ingliz tili grammatikasini o’z xohishlaringiz, uslubingiz, qarashlaringizdan kelib chiqqan holda oson o’rganishni boshlaysiz. Muhimi tashqi muhit emas. Eng muhimi – bajarayotgan ishingizga nisbatan munosabatingiz!

3. O’rganishingizni o’rganing.

Siz qaysi usulda dars qilsangiz yaxshiroq o’rganasiz? Mana shu narsani yaxshi tushunib oling. Kimlardir eshitish orqali, kimlardir ko’rish yoki bajarish orqali yaxshi o’rganadi. Agar Sizda eshitish orqali o’rganish oson bo’lsa grammatik qoidalarni o’zingiz telefoningiz diktofoniga o’qishingiz ovozini yozib olib, keyin uni kun bo’yi tinglab yurishingiz mumkin. Ko’rish orqali yaxshi o’rgansangiz ingliz tili grammatikasiga oid slaydlar va video darslar yordamida bilim oling. Bajarish orqali o’rganishingiz osonroq kechsa mavzuga doir mashqlarni odatdagidan ko’proq bajarishga va o’rganilgan grammatik qoidani ko’proq amalda qo’llashga harakat qiling.

4. Mavjud bilimlaringizdan unumli foydalaning.

Rus tilini yaxshi bilasizmi? Agar bilsangiz, ingliz tilini o’rganish jarayonida bu bilimingizdan unumli foydalanishingiz mumkin! Rus tili grammatikasi ingliz tili grammatikasiga qanchalar yaqin ekanligini juda yaxshi bilasiz. Bu mutanosiblikdan ikki tilni solishtirgan holda yangi bilimlarni egallashda foydalanishingiz mumkin. Ingliz tili va rus tili grammatikasi o’rtasidagi o’xshashlik yoki farqli jihatlarni sinchiklab o’rganib chiqish jarayonining o’zida ham qanchadan-qancha yangi tushunchalarni o’zlashtirib olish mumkin!

5. Do’stingiz bilan birga o’rganing.

Yolg’iz o’rganishga nisbatan kim bilandir raqobatlashib, yoki fikrni o’rtoqlashga yolda o’rganish ancha samaralidir. Imkon qadar ingliz tili grammatikasini o’rganayotgan do’stingiz bilan ko’proq aloqada bo’lib turing. U bilan grammatik mavzu yuzasidan tez-tez savol-javoblar o’tkazib turing. Agar ingliz tili grammatikasini birga o’rganish uchun yaqin tanishingiz yoki do’stingiz bo’lmasa, bunday sherikni mahalliy til markazlarida o’qiyotgan tengdoshlaringiz, Siz o’qiyotgan ilm dargohidagi talabalar, eng qiyin hollarda esa internet orqali ingliz tilini o’rganish saytlari foydlanuvchilari, masalan odnoklassniki saytidagi ingliz tilini o’rganish guruhlari a’zolari orasidan tilni birga o’rganish uchun sherik topishingiz mumkin. Izlangan har doim imkon topadi!

6. Xato qilishdan qo’rqmang!

Grammatikani o’rganish doimiy xatolar qilib, ularni tuzatish orqali tushuncha olishdan iborat ekanligini bilasizmi? Agar bilmasangiz, grammatikani o’rganish davrida u yoki bu mavzu yuzasidan mashq bajarganda xatolarga yo’l qo’yishingiz natijasida o’zingizni yomon his qilishingiz, o’rganishga bo’lgan shijoatingiz tushib ketishi va natijada ko’proq kuchingizni o’rganishga emas, xatolaringizdan hafa bo’lishga sarflab qo’yishingiz mumkin. Xatolar qilish orqali o’rganish qiziq, foydali va esda qolarli ekanligini bilganingizda esa yuqoridagi yomon hissiyotlar Sizni hech qachon to’xtatib qola olmaydi! Hech qachon ingliz tili grammatikasini o’rganishda xato qilishdan qo’rqmang. Xato bo’lishi mumkin bo’lsa ham mavzuga oid fikringizni aytishga harakat qiling.

7. O’rganganlaringizni tez-tez takrorlab turing.

Bir marta o’rgangan grammatik qoidangizni bir haftada bir marta 3 soat vaqt sarflab takrorlashga nisbatan har kuni 3 minutdan vaqt sarflab takrorlab turishingiz yaxshiroq samara beradi. Takrorlash jarayonini qanchalik uzoq vaqt davom etishiga emas, balki takrorlashingizning qanchalik tez-tez amalga oshirilib turishiga asosiy e’tiboringizni qarating! O’rgangan bilimingizni takrorlamay qo’ysangiz tez fursat ichida bu bilimingizdan ajralib qolishingiz mumkinligini unutmang! Faqat takrorlab tursangizgina bilimingiz mustahkamlanadi. Sizda mavjud bilimlarni takrorlab turishni ingliz tili grammatikasida oid mashqlar to’plamidagi grammatik mashqlarni bajarish, grammatika qoidalarni o’qish yoki do’stingiz bilan grammatikaga oid savol-javoblar o’tkazib turish orqali amalga oshirishingiz mumkin.

8. O’rgatish orqali o’rganing.

Balki Siz hali ingliz tili grammatikasini to’liq o’zlashtirmagandirsiz, ammo undagi eng kichik, sodda tushunchalarni yaxshi yodlab olgan bo’lishingiz mumkin. Bu holda ingliz tilini o’rganishga qiziqayotgan Sizdan kichik ukangiz, tanishingiz yoki butunlab begona biror kishiga Siz yaxshi bilgan grammatik qoidani yaxshilab tushuntirib berishingiz, boshqa kishiga o’rgatishingiz o’zingizning o’rganishingizda juda katta ahamiyatga ega. Kimgadir biror narsani o’rgatish uchun mazkur bilimni qayta-qayta takrorlash, izlanish va yaxshiroq tushuntirishning osonroq yo’llarini izlashga to’g’ri keladi. Bu esa o’z-o’zidan mavzuni takrolashingiz hamda mustahkam o’rganishingizni anglatadi. Kimgadir ingliz tilini o’rgatish uchun katta o’qituvchi bo’lishingiz, ingliz tilini professional darajada bilishingiz umuman shart emas. Sizda bor bilimlarni bugundan boshlab yana kimgadir o’rgatishga kirishing!

Ingliz tilini o’rganishga doir yuqoridagi tavsiyalar o’rganishning minglab usullaridan ba’zilari xolos. Bulardan tashqari ingliz tilini oson o’rganishning juda ko’p usullari mavjud. Ularni topish Sizdan izlanish, sabr va harakat talab etadi.

Ingliz tilini o’rganish juda oson. Siz o’ylaganingizdan ham osonroq! Sizga aytishganidan ham osonroq! Muhimi bunga Siz ishoning. Siz ingliz tilini to’liq o’rganishni uddalaysiz. Azamat.uz sayti Sizga ishonadi!

Grammatikani oson o’rganish” maqolasida 68 fikr

  1. Umidjon Muqimov

    Assalomu alaykum. Azamat Xadjakov men avval ham sizdan ba’zi narsalarni so’rab murojat qilgan edim. Sizdan yana bir narsani so’ramoqchi edim. Men o’zim ingliz tili grammatikasini mustaqil o’rganmoqchi edim. Shuning uchun birin ketinligini qanday bajarsam bo’ladi. Menga shuni aytib bera olasizmi? Iltimosimni yerda qoldirmaysiz degan umiddaman.

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Fikrimcha ingliz tili grammatikasini zamonlarni o’rganishdan boshlaganingiz ma’qul. O’rganish jarayoni uchun grammatik mavzular ketma-ketligining shaxsan menga eng ma’qul tartibi – bu Raymond Murphy muallifligidagi Essential Grammar in Use kitobida berilgan ketma-ketlikdir. Bu kitobning birinchi mavzusidan boshlab oxirigacha berilgan tartibda o’rganishingiz mumkin.
      Ingliz tili grammatikasi qoidalari bilan oson tanishishingiz uchun Muhammad G’afforov muallifligidagi Ingliz tili grammatikasi kitobini o’qishingizni tavsiya qilaman. Bu kitobda grammatika mavzular juda yaxshi tushuntirilgan. G’afforov kitobini Murphy kitobida berilgan tartibdagi mavzular ketma-ketligida o’qisangiz, menimcha, grammatikani osonroq tushunasiz. Bu ikki kitobni mutanosib tarzda o’qishingiz maqsadga muvofiq.
      Yuqoridagilar ingliz tili grammatikasini ananaviy usulda o’rganishingiz uchun tavsiyalar edi. Muqobil tarzda ingliz tili grammatikasini shu saytdan, http://www.bond.uz saytida berib borilayotgan ma’lumotlar asosida ham o’rganishingiz mumkin. Har qanday holatda o’rganishingizdan qat’iy nazar Sizda mavjud barcha savollarga javob berishga tayyorman! Agar ingliz tili grammatikasini o’rganish jarayonida qiyinchiliklarga duch kelsangiz, savollaringiz bilan menga bond.uz sayti orqali murojaat qilishingiz mumkin. O’rganishingizga imkon qadar yordam berishga harakat qilaman va bond.uz saytida berilgan hech bir savolingiz javobsiz qolmaydi.
      Ilm olish yo’lidagi harakatlaringizga rivoj tilayman!

  2. Asap

    Salom Azamat . Man ham ko’pchilik qatori ingliz tilini o’rganyapman . Sizni saytingiz orqali berayotgan ma’lumotlaringizni o’qib o’rganyapman . O’rganish davomida turli savollar paydo bo’lyapti mana masalan quyidagi gaplardan qay biri to’g’ri :
    1.They are going to the theatre to-night
    2. They will go to the theatre to-night

    Javob uchun oldidan rahmat .

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      1-gap to’g’ri. Oldindan rejalashtirilgan ish-harakatga nisbatan “going to” iborasi ishlatiladi.

    1. Azamat Xodjakov

      Taklifingizni inobatga olishga harakat qilaman. Tavsiyangiz uchun raxmat!

  3. Zohidjon

    Salom Azamat Baxriyorovich!
    Saytingizga gap yo’q, o’ylaymanki shu kabi saytlar ko’paysa O’zbekiston yoshlariga o’z malakalrini oshirish yanada engillashadi. Siz ham o’ylagan niyatingizga etishingizga tilakdoshman. Men ham Ingliz tilini o’rganishni boshlagandim, internetdan sizni saytingizni topib oldim. Ishlaringizga omad!

    Javob berish

  4. Zilola

    Manimcha siz etgan fikrla tög’riyu, lekin 1 komment bermoqchiman. We’re going to the theatre bilan we’ll go to the theatre ikkaloviyam tög’ri. Chunki to be going to planlashtirilgan bölsa, will hozir qabul qilingan narsalarga nisbatan ishlatiladi. Ya’ni sözlovchi hozir qaror qabul qilgan.

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Fikringiz to’g’ri, ammo bitta jihatga yaxshiroq e’tibor bering: They are going to the theatre tonight (Ular bugun kechqurun teatrga bormoqchi). Gapdagi TONIGHT – BUGUN KECHQURUN payt ravishi kelasi zamonni ko’rsatayapti, demakki ular kelasi zamonda bajariladigan ish-harakat haqida hozir suhbatlashishayapti. Demak, ular kelasi zamonda ma’lum ish-harakat bajarishni reja qilishayapti.
      Yuqoridagi gapda TONIGHT payt ravishi borligi sababli ham “They will go to the theatre…” emas, balki “They are going to the theatre…” bo’ladi.

  5. abiturient

    Bilimingizdan hayratdamaan va sizga chin dildan havas qildim men ing tiliga judayam qiziqaman sababi bolajonlarni judayam sevaman dars berishni yoqtirishim sabab o’qituvchi ingliz tili o’qituvchisi bo’lmoqchiman lekin inglizcha so’zlashda nihoyatda passivman kop repititorlarga bordim lekn so’zlasha olmayman so’zlashishdan qo’rqaman
    Nima maslahat berasiz

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Menga bergan maslahatingizni bergan bo’lardim: ko’proq kitob o’qishga harakat qiling, bir joyda qotib qolmang, izlaning va bilimingizni oshirishga harakat qilinng! Ilm olish yo’lida Sizga omad tilayman!

    1. Azamat Xodjakov

      Ingliz tilining rus tilida o’rgatilgan darslari juda ko’p, ularni topish uchun Google qidiruvidan foydalaning.

    2. Murat

      salom Azamat aka. Menga gramatikaga oid yuklama olmayapman. Nima qilay? maslahat bering

    3. Azamat Xodjakov

      Uzr, savolingizga tushunmadim. Grammatikaga oid video darslarni yuklay olmayapman, demoqchimisiz? Agar gap video darslar haqida ketayotgan bo’lsa, tashvishlanmang, tez bugun-erta video fayllarni yangi serverga ko’chiraman, muammosiz yuklab olish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

    4. Axror Yakubov

      Bond.uz saytini yaratganingiz hamda ingliz tilini o’rganuvchilarga ko’mak berayotganligingiz uchun sizga katta rahmat.

  6. mohinur

    Assalomu alaykum, sizdan iltimos, manda grammatikadan judayam ko’p savollar bor. Ularni so’rasam, malol kelmaydimi?
    Birinchi savolim, other va another ni farqi nimada?

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Salom Mohinur!
      Savol so’rasangiz hech ham malol kelmaydi. Barcha savollaringizga javob berishga va ingliz tilini o’rganishingizda yordam berishga harakat qilaman. Ammo tez kunlarda saytda yangi “Savol-javob” bo’limi ochilayapti. U ishga tushirilgandan so’ng savollarni kommentlarda emas, balki savol-javob uchun maxsus bo’limda yozishingiz kerak bo’ladi. Birinchi savolingizga shu yerda javob beraman, qolganlarini esa, iltimos, savol-javob bo’limiga yozing.
      Other – boshqa, har qanday bir boshqa, degani. Another esa yana bitta boshqa, degan ma’noni anglatadi. Another deganimizda bizda bor bo’lgan bitta narsadan tashqari bizga yana bitta, qo’shimcha ravishda yana kerak bo’lgan narsa nazarda tutiladi. Other esa, shunchaki bizdagi bor narsa emas, undan boshqa narsa, degani.

    1. Azamat Xodjakov

      Kelasi hafta to’liq ishga tushiriladi. Saytni kuzatib boring!

  7. Siddiqa

    Assalomu alaykum Azamatjon.I am Siddiqa.I live in Australia.I am from Uzbekistan.I am 49 year old.I heared about your website and found it.We are happi that because we really need speak English language.Could you continue “ingliz tili gramatikasi” lessons.I am gonig to English course but English language very hard learning for me.If you develop that work it will be great.I send your website my uzbek friends.All the best.

    Javob berish

  8. Muxtor

    SaLom. Iloji bilsa shi suzni inglizchaga tarjima qilib bersangiz:

    Posolstvaga viza olish uchun Menga mesitsena ststraxovkasini Siz (Shcholarship Grant hizobidan) berasizmi? yoki Uzim olishim kerkami. Javobingiz uchun raxmat/

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Will my medical insurance be fully covered by the scholarship for me to get visa from the embassy?
      Iltimos, keyingi savollaringizni saytning mahsus Savol-Javob bo’limida yozing.

    1. Azamat Xodjakov

      DTM imtihonlarida sheva deyarli ishlatilmaydi. Ammo IELTS imtihonida ko’plab ishlatilishi mumkin.

  9. Javlonbek

    Salom Azamat aka! Siz Web dasturlash bilan ham shug’ullanib turasizmi? Men PHP&MySQL asosida CMS yozishga harakat qilayapman lekin WAP (Mobil) yoki WEB qilsammi deb ikkilanyapman. Ikkisini bir qilish qo’limdan kelmaydi, qanday maslahat berolasiz? Yangi CMS nomi UzPress bo’ladi!

    Javob berish

  10. o'ktam

    CMS yaratish? Menimcha siz bu sohani juda yaxshi bilasizmi deyman. Agar shunday bo’lsa wab web qiyinmas. wap web qilishingiz shart emas. Shunchaki yaratayotganingizda css va js style fayllarini yaratishda aniq hajmga yo’naltirmang. Ya’ni width=”1200″ haigth=”xxx” kabi to’liq saytni faqat bir xil tartibda qilmang.
    Shunda saytni hajmi ctrl + (+) bosilgan paytda ekranga qarab ko’rinish o’zgaradi. Yuqoridagi faqat misol… to’liq css va js bilan yaxshi ishlasangiz tushunib olasiz degan umiddaman…

    Javob berish

  11. Azamxon

    Assalomu akaykum Azamat aka manga yordamiz kerak denwerni ornatsam ishlamayapti muammoni rasm orqali yuborsam boladimi odnoklassnikidagi profilingizga yuboraman

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Rasmni img.uz sayti orqali saytimda chiqaring. Savol-javob uchun maxsus bo’lim bor, iltimos dasturchilikka oid savollaringizni grammatik maqolalarda yozmang. Barcha savollar uchun sahifa: azamat.uz/savol-javob

    2. Shaxboz

      Asalomu alaykum zurmi aka men ingilistilini umuman bilmiyman men amerkadaman urgating iltimos aka

  12. Shaxzod

    salom azamat aka ingiliz tilini gramatikasini urganishim uchun qaysi kitobni tafsiya qilasiz javob uchun oldindan rahmat.

    Javob berish

  13. Mohinur

    Avalambor szga rahmat vaqtizi ayamasdan bizdek yowlaraga foydasi tegadigan maqola yozganingiz uchun manga bu maqola judah ham yoqdi Ingliz tilini organwda bu maqola hammaga ancha katta foydasi tegadi db oylayman

    Javob berish

  14. Firangiz

    IELTS qay tarzda imtihon qilinadi? IELTS bilan qanday ishlarni yuritish mumkin? Qanchalik bilimli bo’lishi kerak IELTS ga. Iltimos shular haqida tushuncha berib o’tsangiz.elektron pochtamda yuborsangiz ham bo’ladi bergan javoplaringizni.

    Javob berish

  15. Firangiz

    IELTS bilan qanday ishlarni yuritish mumkin? Qanchalik bilimli bo’lishi kerak IELTS ga.elektron pochtamda yuborsangiz ham bo’ladi bergan javoplaringizni.

    Javob berish

    1. javlon

      IELTS o’rganishga hali shoshilmang chunki ko’p savollari grammatikadan tushadi.

    2. Muhammadjon

      Men IELTS tayyorlanyapman ammo ustozim gap tuzishni bilmasligim uchun urushdi .Men nima qilishim kerak tezroq There is/are ega orinma orin qoyishni bilamyman javob yozing iltimos!

    3. Asadbek

      Shoshilmang grammatikani o’rganing o’qing ,o’qing, o’qing va yana o’qing man 8 zamon ni yaxshibilardim Ielts ga kirib kelganimda ammo o’qish jarayonidan hammasini o’rgandim. Good luck! Hamma narsa o’zizga bog’liq.

    4. otajon

      there is/there are bular oddiy narsalar bularni bilmasdan turib ielts haqida o’ylash mumkin emas

    5. Алижон

      Albatta yo’q chunki gramatikani o’rganmasdan turib IELTSga kirish qiyin chunki u yerda ingliz tilida so’zlashishadi gramatikani o’rgatishmaydi agar gramatikani bilmasangiz u yerda qanday gaplashasiz bu sizga qiyinchilik tug’dirishi mumkin shuning uchun avval gramatikani puxta o’rganib keyin IELTSga borsangiz maqsadga muvofiq.

  16. javlon

    Assalomu alaykum Azamat Xodjakov men englis tilini biroz tushunaman ammo gapirolmayapman spekingimni oshirishim uchun qanday manbalardan foydalansam bo`ladi javob uchun oldindan raxmat

    Javob berish

    1. Rahimjon

      Assalomu alaykum Azamat Xodjakov! I need some advice to learn English very well like a native. So, My problem is I have not English environment to talk. Teachers said that listening helps to your speech, yes it does, but the environment is also important I think. Shortly, give me a method to enhance my speech.
      Thank you beforehand!

    2. Makhsud Alikulov

      Buning uchun akademiski so’zlarni kup gapirib yurish kere , iborali zo’zlarni kup gapirib yurish kere

    3. Asadbek

      Just make the environment up! Make it with your own! Just talk in English here, there and everywhere any time you want. Write, speak, read, listen in English more than most.

    4. Ibrohim

      Siz Toshkendagi Speaking Clubga borib oshirishingiz mumkun Speakingizni Alisher Navoyi Kutubhonasida

  17. sevar

    salom.men ham ingliz tilini organvotgan abiturientlardanman.men bitiruvchi o’quvchiman oqishga topshirish uchun atigi bir yil vaqtim bor ieltsga tayyorlanmoqchiman 3ta fandan tayyorlanayapman ammo bu bilan ieltsga qatnab natija korsata olarmikanman qiyinchilik tug’dirmaydimikan shu haqda maslahat kerak

    Javob berish

  18. Sardor

    IELTS imtihonida 7.5 balldan yuqori olish uchun qancha so‘z boyligim, grammatikani qanchalik yaxshi o‘rganishim va qancha vaqtda tayyorlana olishim mumkin?

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan