Bosh sahifa / Internetda pul ishlash / Ingliz tili grammatikasi video darslarida reklama joylashtirish

Ingliz tili grammatikasi video darslarida reklama joylashtirish

Sizga ma’lumki, Azamat.uz sayti orqali ingliz tili grammatikasini o’rganishga yo’naltirilgan o’zbek tilidagi, bepul video darslar taqdim etiladi. Bu video darslarni Azamat.uz sayti orqali online ko’rish, youtube.com, utube.uz, mytube.uz, odnoklassniki.ru, facebook.com va boshqa shunga o’xshash mashxur ijtimoiy tarmoqlar orqali ko’rish, Azamat.uz sayti orqali bepul yuklab olish imkoniyatlari mavjud. O’zbekistonda ingliz tilini o’rganishga bo’lgan talabning yuqori darajadaligi hamda Vatanimizda ingliz tilini o’rganishga bo’lgan yoshlardagi ishtiyoqning kuchliligi sababli saytim orqali taqdim etilayotgan video darslar abituriyentlar va mustaqil o’rganuvchilar orasida juda mashxur.

Azamat.uz sayti orqali ingliz tili grammatikasi video darslarining har bir qismi bir oy davomida kamida 4000 marta yuklab olinayapti. Bugungi kunda Azamat.uz video darslari turli video formatlarda O’zbekiston Respublikasining deyarli barcha viloyatlarida istiqomat qiluvchi abituriyentlar va tilni mustaqil o’rganuvchilar tomonidan DVD pleyer, kompyuter, planshet va mobil qurilmalar orqali ko’rilmoqda. Ingliz tili grammatikasi o’rgatilayotgan video darslarning birinchi bir necha qismlari foydalanish uchun saytga chiqarilgan. Huddi shunday video darslarning keyingi yuzlab qismlarini ham abituriyentlar e’tiboriga bosqichma-bosqich havola etish niyatidaman. Har bir video dars qismining boshlanish va tugash qismlarida reklama joylashtirish uchun juda qulay bo’lgan rolik qismlari mavjud. Vaqtincha bunday joylarga Termiz shahrining diqqatga sazovor joylari rasmlarini qo’yganman. Misol uchun, mana bu video rolikda buning guvohi bo’lishingiz mumkin: 1-dars. TO BE fe’li.

Yuqorida guvohi bo’lganingizga o’xshash video darslardan O’zbekistonning barcha viloyatlaridagi abituriyentlar foydalanishadi. Ular grammatik mavzularni o’zlashtirish uchun video darslarning har bir qismini bir kunda bir necha martalab ko’rishadi. Bunday video darslardan reklama manbai sifatida foydalanish repetitorlar va o’quv kurslari uchun juda qo’l kelishi mumkin. Chunki, video darslar har kuni bir necha martalab ko’rilishi, ommaviyligidan tashqari video darslarni faqat ingliz tilini o’rganishga qiziquvchi abituriyentlar va mustaqil o’rganuvchilar ko’rishadi. Demak, agar video darslarning boshlanish va tugash qismlarida qaysidir o’quv kursi, yoki repetitorning reklamasi joylashtirilsa, reklamadagi murojaat to’g’ridan-to’g’ri O’zbekistonning barcha abituriyentlariga yetib boradi!

Reklamangizni butun O’zbekistondagi 3 milliondan oshiq abituriyentlar har kuni bir necha marta ko’rishini tasavvur qilayapsizmi?

Video darslarning boshlanish va tugash qismlarida reklamalar to’lov asosida joylashtiriladi. Azamat.uz sayti orqali kelajakda chiqarilishi rejalashtirilgan video darslar, ularda reklama joshlashtirilishining holati va narxlari bilan tanishing:

Raymond Murphy muallifligidagi «Essential Grammar in Use» kitobi asosida tayyorlangan «Ingliz tili grammatikasining asosiy tushunchalari» video darslari:

Kirish. Asosiy tushunchalar. – foydalanishga chiqarilgan.

1-dars. TO BE fe’li. – foydalanishga chiqarilgan.

2-dars. Hozirgi davomli zamon. – band qilingan.

3-dars. Hozirgi oddiy zamon. – reklama joylashtiring!

(reklama narxi – 200 000 so’m)

4-dars. O’tgan oddiy zamon. – reklama joylashtiring!

(reklama narxi – 200 000 so’m)

5-dars. O’tgan davomli zamon. – reklama joylashtiring!

(reklama narxi – 200 000 so’m)

…va davom etadi!

Video darslarda reklama joylashtirish uchun to’lovlarni UzCard Online so’m plastik kartochkalari, yoki WebSum tizimi orqali amalga oshirishingiz mumkin.

Agar Sizda WebSum hamyoni bo’lmasa mana bu yerga bosing. Agar Sizda WebSum hamyoni bo’lsa-yu, hamyoningizga mablag’larni kiritishni bilmayotgan bo’lsangiz mana bu yerga bosing. WebSum tizimi orqali reklamangizni joylashtirish uchun to’lovlarni qanday qilib amalga oshirish kerakligini bilib olish uchun mana bu yerga bosing.

Video darslarda reklama joylashtirish taklifi bilan murojaat qilish uchun telefon:

(+998 93) 798 22 00

Azamat.uz sayti bilan hamkorlik – Sizning eng yaxshi tanlovingiz!

Abituriyentlar uchun test formulalari

4 ta fikr

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*