Bosh sahifa / Internetda pul ishlash / Infokiosk orqali WEBSUM hisobini to’ldirish

Infokiosk orqali WEBSUM hisobini to’ldirish

Internetdagi WEBSUM hamyoningizni shahringizda joylashgan deyarli har bir bankda topiladigan infokiosk orqali to’ldirishingiz mumkin. Buning uchun Sizda so’m plastik kartochka hamda WEBSUM saytiga kirish va hisob kitoblarni amalga oshirish uchun ishlatiladigan maxsus ID raqamingiz bo’lishi kerak. Hisobingizni infokiosk orqali to’ldirish uchun quyidagi oson bosqichlarni amalga oshiring:

1. PLASTIK KARTOCHKANGIZNI INFOKIOSK ICHIGA KIRITING.

2. TO’LOVLAR BANDINI TANLANG. Plastik kartochkangizni kiritganingizdan so’ng displeyda paydo bo’lgan amaliyotlar ichidan «To’lovlar» bandini tanlang.

3. INTERNET HAMYONLAR BANDINI TANLANG. «To’lovlar» guruhiga kiruvchi «Internet hamyonlar» bandini tanlang.

4. WEBSUM INTERNET HAMYONI BANDINI TANLANG. «Internet hamyonlar» bandi ichida online to’lovlar uchun ishlatiladigan turli internet hamyonlar ko’rsatiladi. Ular orasida WEBSUM internet hamyonini tanlang.

Ba’zi banklarda joylashgan infokiosklar orqali WEBSUM hamyonini to’ldirish xizmati mavjud bo’lmasligi mumkin. Agar Siz foydalanayotgan infokioskning «Internet hamyonlar» bandida WEBSUM bandi bo’lmasa, demak bu bank infokioski orqali WEBSUM hamyoniga pul kiritib bo’lmaydi. Bunday holatga duch kelsangiz boshqa bankning infokioskidan foydalaning. Milliy Bank filiallarida joylashtirilgan infokiosklarda WEBSUM hamyonini to’ldirish imkoniyati hamisha mavjud bo’ladi. Shuning uchun birinchi narvbatda Milliy Bank filiallariga murojaat qilishingizni maslahat beraman.

5. WEBSUM ID RAQAMINGIZNI KIRITING. «WEBSUM» bandiga kirganingizdan so’ng Sizdan WEBSUM internet hamyoningizning ID raqami so’raladi. O’z ID raqamingizni aniqlik bilan kiriting. Shundan so’ng «Davom etish» bandi orqali keyingi bosqichga o’tishingiz mumkin bo’ladi.

6. KIRITILGAN ID RAQAM TO’G’RI EKANLIGIGA ISHONCH HOSIL QILING VA TO’LOV SUMMASINI KIRITING. Bu bosqichga kelganingizda displeyning yuqori qismida kiritilgan ID raqam kimga tegishli bo’lsa, shu kishining ISMI, FAMILIYASI VA OTASINING ISMI to’liq yoziladi. Iltimos, bu bosqichda Sizning ism-familiyangiz ko’rsatilganligiga ishonch hosil qiling. Agar Sizning ismingiz ko’rsatilsa, demak avvalgi bosqichda WEBSUM ID raqamini to’g’ri kiritgansiz. Bordi-yu boshqa ism-familiya ko’rsatilsa, demak Siz ID raqamni no’to’g’ri kirigansiz va darhol ortga qaytib xatoni to’g’rilashingiz kerak bo’ladi. ID raqam to’g’ri kiritilganligi, Sizning ism-familiyangiz ko’rsatilganligiga ishoch hosil qilganingizdan so’ng internet hamyoningizga o’tkaziladigan pul miqdorini yozing. Shundan so’ng «To’lovni amalga oshirish» bandini bosish orqali keyingi bosqichga o’tasiz.

7. MA’LUMOT TO’G’RILIGIGA YANA BIR MARTA ISHOCH HOSIL QILING VA TO’LOVNI AMALGA OSHIRING. Bu bosqichda Siz kiritgan barcha ma’lumotlar; ID raqamingiz, to’lov summasi, bank xizmati uchun ushlab qolinadigan foiz summasi, internet hamyoningizga borib tushadigan summa ko’rsatiladi. Barcha ma’lumotlar, eng muhimi ID raqamingiz va kiritilgan summa miqdori to’g’riligiga yana bir bor ishonch hosil qiling. Shundan so’ng «To’lovni amalga oshirish» bandini tanlashingiz mumkin bo’ladi.

Infokioskdan to’lov muvoffaqiyatli o’tganligi haqida chek chiqarilsa, demak WEBSUM hisobingiz to’ldirilgan bo’ladi! Mana shu oddiy amaliyotlarni bajarish orqali o’zingizning WEBSUM internet hamyoningizga pul mablag’larini kiritishingiz mumkin. WEBSUM hisobingizda pul bo’lsa, www.websum.uz sayti orqali taklif etilayotgan maxsulot va xizmatlarni harid qilishingiz mumkin bo’ladi.

Har ehtimolga qarshi infokioskdan chiqadigan to’lov chekini saqlab qoling. Uyingizga borib WEBSUM hisobingizga to’langan mablag’ kelib tushganligini tekshirib, ishonch hosil qilganingizdan so’ng uni tashlab yuborishingiz mumkin 🙂

Abituriyentlar uchun test formulalari

20 ta fikr

  1. Webmoneydagi WMZ pullarni qanday qilib naqt pulga almashtrsa bo’ladi? Va bu pullarni qayerdan olaman???Javob uchun raxmat!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*