Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

IN TIME yoki ON TIME

IN TIME yoki ON TIME

Ikkalasi ham «vaqtida» deb tarjima qilinishi mumkin. Ammo «in time» iborasining «vaqtidan bir oz oldinroq», «on time» iborasining esa «ayni vaqtida», degan ma’nosi bor. Misollarda ko’ramiz:

Agar uchrashuv vaqti soat 9:00 qilib belgilangan bo’lsa:

– 8:30 da yetib kelsangiz, vaqtidan oldinroq yetib kelgan bo’lasiz – IN TIME;

– uchrashuvga 8:50 da yetib kelsangiz, bir oz vaqtliroq kelgan bo’lasiz – IN TIME;

– agar 8:58 da yetib kelsangiz, uchrashuvga 2 daqiqa ertaroq kelgan bo’lasiz – IN TIME.

ON TIME iborasi ish-harakatning ayni kutilgan, kelishilgan vaqtning o’zida sodir bo’lishini anglatadi. Yuqoridagi uchrashuv misolida agar kishi soat 9:00 yetib kelgan bo’lsa, demak uning yetib kelishi «ON TIME» bilan ifodalanishi mumkin.

«Just» so’zi har ikki ibora bilan ishlatilishi mumkin. Bu so’z faqatgina «aynan shu vaqtning o’zida» degan ma’noni anglatib, ish-harakatning o’ta aniq bo’lgan vaqtda bajarilishini ifodalaydi. Misol uchun:

He came just in time to meet Tom- U Tomni uchratish uchun ayni vaqtida keldi (vaqtidan bir oz oldinroq keldi, shunday vaziyatda keldi-ki, agar bir oz kech qolganida kechikkan bo’lardi).

He came just on time to meet Tom – U Tomni uchratish uchun ayni vaqtida keldi (u oldinroq ham kelmadi, kechikib ham qolmadi, Tomni uchratish uchun uchrashuv vaqtining ayni o’zida keldi).

IN TIME yoki ON TIME” maqolasiga bitta fikr bildirilgan

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan