Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

IELTS/TOEFL: nima farqi bor?

IELTS/TOEFL: nima farqi bor?

IELTS va TOEFL testlarining asosiy mazmun hamda maqsad jihatidan hech qanday farqi yo’q: ularning ikkalasi ham ingliz tilini bilish darajasini baholash maqsadida tashkil etilgan.

Bu ikki test tizimining asosiy farqli jihati shundaki, IELTS Buyuk Britaniya (Angliya)ning ingliz tilini bilish darajasini aniqlash tizimi hisoblanadi. TOEFL esa Amerika Qo’shma Shtatlarining ingliz tilini bilish darajasini baholash tizimidir.

Ikki davlatning ikki hil test tizimida, tabiiyki shakl va tashkilot jihatida farqlar mavjud. Biz bu farqlarni testlarning olinish usuli, vazifalar turlari, baholash, test o’tkazilish jarayonidagi farqlarda ko’rishimiz mumkin.

Bundan tashqari ingliz tilini o’rganayotgan yoki mukammal darajada biladigan kishilarga ma’lumki, Amerika ingliz tilisi hamda Britaniya ingliz tilisi o’rtasida sezilarni ba’zi farqlar mavjud. Bu farqlar ingliz tili grammatikasi, talaffuzi yoki ishlatilishida ko’rinadi. Demak, TOEFL va IELTS testlariga Amerika va Britaniyaning o’ziga hos ingliz tilini bilish darajasini baholashga yo’naltirilgan testlari deb qarashimiz kerak bo’ladi.

O’zbekistonning ta’lim muassasalari: o’rta, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida Britaniya ingliz tili o’rgatilganligi sababli bugungi kunda O’zbekiston miqyosida TOEFL testiga nisbatan IELTS testining mavqei balandroq hamda IELTSni o’rganish uchun talab ham TOEFLga nisbatan kuchliroq.

Xorijda o’qishni xohlasangiz, Siz xujjat topshirmoqchi bo’lgan xorijiy o’quv yurti qaysi testni qabul qilishi haqida bilib oling. Odatda xorijiy ta’lim muassasalari har ikkala test turini ham bir hil qabul qiladi.

IELTS/TOEFL: nima farqi bor?” maqolasida 29 fikr

    1. Azamat Xodjakov

      U loyiha nihoyasiga yetgan, hozir yangi «Ingliz tilining asosiy tushunchalari» loyihasi ustida ish olib borilayapti.

      Javob berish

  1. Bekzod BeK

    Salom Ingiliz tilini o`rganish video darsliklar ko`proq tayorlangizlar iltimos chunki odam o`zi oqib o`rgangandan kora bilimga ega odam tushuntirsa yaxshi tushuncha oladi men kitobdan kop bor oqidim kallamga kirmagandi 10 kunlik darsni korib chiqdim kallamda qoldi raxmat yana darsliklarni kutamiz

    Javob berish

  2. Bekzod

    Maqola yaxshi yozilgan, lekin bu 2 testning boshqa farqlari ham mavjud, masalan, IELTS hali ham ko’p joylarda «on-paper» ya’ni qog’oz ruchkada topshirilishi mumkin bo’lgan test hisoblanadi, lekin TOEFLning iBT yani Internet-Based ko’rinishi bugungi kunda barcha davlatlarda majburiy. Speaking bo’limida ham IELTSda haqiqiy inson bilan gaplashilsa, TOEFL da bu bu bo’lim eng so’ngi qo’shilgan hisoblanib, test davomida kompyuter bilan suhbatlashiladi. O’zbekistonda IELTS ning mashxurligiga sabab, birinchidan ko’p o’quvchilar British Council bilan yaqindan tanish va uni ustiga test topshiruvchilarning 70% i Toshkent Xalqaro Vestminster universitetiga hujjat topshirgan abiturientlar va bilamizki, Vestminster universitetiga grantga kirish uchun IELTS talab qilinadigan bo’lgan. Xullas, umuman olganda saytdagi maqolalar manga juda ma’qul keldi. Imkoni bo’lsa bu boshlagan yaxshi ishizda o’zimni ham hissamni qo’shish niyatim yo’q emas.

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      IELTS testlari haqida bilganlaringizni yozib, o’rganuvchilar uchun foydali bo’lgan maqolalar bilan saytni boyitishga hissa qo’shsangiz xursand bo’lardim! Agar xohlasangiz saytga maqolalar joylashingiz uchun Sizga login/parol ochib berishim mumkin. O’z ilmingizdan boshqalarni ham bahramand qilishga qaror qilsangiz men bilan bog’laning.

      Javob berish

  3. Doston

    Azamat aka savolim bor edi. Agar men IELTES dan imtihon topshirib lekin AQSH da uqish yoki ishlash istagim bolsa ham bolaveradimi farqi yoqmi?

    Javob berish

  4. Doston

    Azamat aka yana so’ramoqchidim, USA uchun General IELTS dan eng minimal necha bal olish kerak? (Javobingiz uchun rahmat )

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      IELTS sertifikatini talab qiluvchi tashkilotga bog’liq. Albatta, oddiy ishchining sertifikatiga qo’yiladigan talab bilan, masalan, shifokorning sertifikatiga qo’yiladigan talab katta farq qiladi. Minimal ballni Siz xujjat topshirayotgan tashkilotdan bilib olasiz.

      Javob berish

  5. Sohiba

    Azamat aka ingliz tilini o’rganish haqidagi fikrlarizni o’qidim. Hozirda shu asnoda harakat qilyapman. Rahmat sizga doim barchaga ruhiy quvvat va maslahatlarizni berib, barchani kelajakka umid sari yo’llang. Men hozirda ingliz tilini o’rgatayapman. Maqsadim chet elda o’qish va malakali mutaxasis bo’lib yetishishdir. Omad tilayman ishlarizga!

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan