IELTS/TOEFL: nima farqi bor?

IELTS va TOEFL testlarining asosiy mazmun hamda maqsad jihatidan hech qanday farqi yo’q: ularning ikkalasi ham ingliz tilini bilish darajasini baholash maqsadida tashkil etilgan.
Bu ikki test tizimining asosiy farqli jihati shundaki, IELTS Buyuk Britaniya (Angliya)ning ingliz tilini bilish darajasini aniqlash tizimi hisoblanadi. TOEFL esa Amerika Qo’shma Shtatlarining ingliz tilini bilish darajasini baholash tizimidir.
Ikki davlatning ikki hil test tizimida, tabiiyki shakl va tashkilot jihatida farqlar mavjud. Biz bu farqlarni testlarning olinish usuli, vazifalar turlari, baholash, test o’tkazilish jarayonidagi farqlarda ko’rishimiz mumkin.
Bundan tashqari ingliz tilini o’rganayotgan yoki mukammal darajada biladigan kishilarga ma’lumki, Amerika ingliz tilisi hamda Britaniya ingliz tilisi o’rtasida sezilarni ba’zi farqlar mavjud. Bu farqlar ingliz tili grammatikasi, talaffuzi yoki ishlatilishida ko’rinadi. Demak, TOEFL va IELTS testlariga Amerika va Britaniyaning o’ziga hos ingliz tilini bilish darajasini baholashga yo’naltirilgan testlari deb qarashimiz kerak bo’ladi.
O’zbekistonning ta’lim muassasalari: o’rta, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida Britaniya ingliz tili o’rgatilganligi sababli bugungi kunda O’zbekiston miqyosida TOEFL testiga nisbatan IELTS testining mavqei balandroq hamda IELTSni o’rganish uchun talab ham TOEFLga nisbatan kuchliroq.
Xorijda o’qishni xohlasangiz, Siz xujjat topshirmoqchi bo’lgan xorijiy o’quv yurti qaysi testni qabul qilishi haqida bilib oling. Odatda xorijiy ta’lim muassasalari har ikkala test turini ham bir hil qabul qiladi.
Ajoyib darsliklar. Hech qachon charchamang.
O’n kun ichida ingliz tilini o’rganish deb nomlangan video darslikning davomini tayarlamaysizmi.
U loyiha nihoyasiga yetgan, hozir yangi «Ingliz tilining asosiy tushunchalari» loyihasi ustida ish olib borilayapti.
Farqi oddiy ekan yaxshi.
Nega Uzb.da amerika ingliz tili o’rgatilmaydi?
Chunki bizda Britaniya ingliz tili o’rgatiladi 🙂
Azamat aka siz biror joyga pul to`laysizmi saytingiz ishlayotgani uchun
Salom Ingiliz tilini o`rganish video darsliklar ko`proq tayorlangizlar iltimos chunki odam o`zi oqib o`rgangandan kora bilimga ega odam tushuntirsa yaxshi tushuncha oladi men kitobdan kop bor oqidim kallamga kirmagandi 10 kunlik darsni korib chiqdim kallamda qoldi raxmat yana darsliklarni kutamiz
Maqola yaxshi yozilgan, lekin bu 2 testning boshqa farqlari ham mavjud, masalan, IELTS hali ham ko’p joylarda «on-paper» ya’ni qog’oz ruchkada topshirilishi mumkin bo’lgan test hisoblanadi, lekin TOEFLning iBT yani Internet-Based ko’rinishi bugungi kunda barcha davlatlarda majburiy. Speaking bo’limida ham IELTSda haqiqiy inson bilan gaplashilsa, TOEFL da bu bu bo’lim eng so’ngi qo’shilgan hisoblanib, test davomida kompyuter bilan suhbatlashiladi. O’zbekistonda IELTS ning mashxurligiga sabab, birinchidan ko’p o’quvchilar British Council bilan yaqindan tanish va uni ustiga test topshiruvchilarning 70% i Toshkent Xalqaro Vestminster universitetiga hujjat topshirgan abiturientlar va bilamizki, Vestminster universitetiga grantga kirish uchun IELTS talab qilinadigan bo’lgan. Xullas, umuman olganda saytdagi maqolalar manga juda ma’qul keldi. Imkoni bo’lsa bu boshlagan yaxshi ishizda o’zimni ham hissamni qo’shish niyatim yo’q emas.
IELTS testlari haqida bilganlaringizni yozib, o’rganuvchilar uchun foydali bo’lgan maqolalar bilan saytni boyitishga hissa qo’shsangiz xursand bo’lardim! Agar xohlasangiz saytga maqolalar joylashingiz uchun Sizga login/parol ochib berishim mumkin. O’z ilmingizdan boshqalarni ham bahramand qilishga qaror qilsangiz men bilan bog’laning.
Azamat aka savolim bor edi. Agar men IELTES dan imtihon topshirib lekin AQSH da uqish yoki ishlash istagim bolsa ham bolaveradimi farqi yoqmi?
Yo’q, boshqa qoidalar bunga zid bo’lmasa.
Azamat aka yana so’ramoqchidim, USA uchun General IELTS dan eng minimal necha bal olish kerak? (Javobingiz uchun rahmat )
IELTS sertifikatini talab qiluvchi tashkilotga bog’liq. Albatta, oddiy ishchining sertifikatiga qo’yiladigan talab bilan, masalan, shifokorning sertifikatiga qo’yiladigan talab katta farq qiladi. Minimal ballni Siz xujjat topshirayotgan tashkilotdan bilib olasiz.
Azamat aka ingliz tilini o’rganish haqidagi fikrlarizni o’qidim. Hozirda shu asnoda harakat qilyapman. Rahmat sizga doim barchaga ruhiy quvvat va maslahatlarizni berib, barchani kelajakka umid sari yo’llang. Men hozirda ingliz tilini o’rgatayapman. Maqsadim chet elda o’qish va malakali mutaxasis bo’lib yetishishdir. Omad tilayman ishlarizga!
Assalomu aleykum Azamat aka ! TOEFL da ham 9 ballik sistema boladimi ??
Eshitishimcha, IELTSni pulga sotib olsa bo’lar ekan.Shu gap rostmi?
IELTS imtihonida qatnashib, baholanish uchun pul to’lashingiz talab etiladi. Yuqori ballni pulga sotib olmaysiz, shunchaki imtihonga kirish imkoniyatini qo’lga kiritish uchun to’lov talab etiladi.
Uzbekistanda 1chı blok uchun toefl dan nechı ball olish kerak.?
Umuman Noto’g’ri gap. Chunki Ieltsni pulga sotib olgan taqdirda siz Angliyda, ozi umuman chet elda til bilmasdan qanday qilib o’qimoqchisiz, va qaday qilib malakali mutaxasis bo’lmoqchisiz?
ielts sertifqatini amerika uniberstetlari ham tan oladimi
Albatta.
TOEFL imtihoni topshirih hozirda necha pul???
Amerika kolejlari toefl o’rniga ielts qabul qiladimi
Maqsadga ko’ra har ikki test turi ham bir xil narsani aniqlaydi va baholaydi. Shundan kelib chiqsak, agar universitet ma’muriyati o’z ichki qoidalarida IELTS qabul qilishni ma’qullagan bo’lsa, qabul qilishlari mumkin. Bu faqat ta’lim muassasasiga bog’liq.
Toefl imtihon testlaridan tushunarli bir namuna korsata olasizmi?
Haa albatta qabul qilishadi
IELST o’rganish uchun QanchA vaqt ketadi va QanchA vaqtda 6,5. 7 olish mumkin.
man singapurskiyga ielts topwirip mehmonhona menejirligiga kirmoqchi bosam ieltsdan kamida qanca bal toplawm kere???
Ielts o’rganish ucun 3 yil yetarlimi
IELTS test tizimi hisoblanadi. Uni o’rganib olish uchun yarim soat kifoya qiladi. Ya’ni, test o’tkazilish tartibi, qoidalari bilan tanishasiz.
Imtihon ingliz tilida topshiriladi, demak siz ingliz tilini o’zlashtirishingiz kerak. Bu esa hammada har xil vaqt oladi. Kimdir uch yilda ingliz tilini o’rgana oladi, kimdir esa yo’q. Siz o’zingizdan kelib chiqishingiz kerak.
Albatta, IELTS imtihonidan oson o’tishning o’ziga xos usullari, yo’llari bor. Ularni bir necha oy davomida o’rgana olasiz.
IELTS organish ucun 1.5 yil yetarlimi keyn SAT -bolmasa top unversitlariga qabul qilmasekan rostmi
Assalomu aleykum menda savol bor edi toshkentdagi vebster universitetiga ieltsdan 6.0, toefldan80, duolingo english test Dan 120, cefrdan c1 talab etilarkan shularning barchasi kerakmi
Inxa universiteti uchun IELTSni o’zi yetarlimi
Azamat aka men Amerika yoki Angliya universitetlariga topshirmoqchiman Amerika ga topshirsam IELTS dandatajam bo‘lsa bo‘ldimi yoki TOEFL ni ham bilishim shartmi
Salom duolingo test tizimi haqida maʼlumot bering
Daxshat ekan
TOEFL sertifikati ham O’zbekistondagi OTMlarga o’tadimi?
Universitetda oqib ham shu ieltsga topshirib chet Elga oqisa boladimi