Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

IELTS imtihoni turlari va ularga tayyorlanish

IELTS imtihoni turlari va ularga tayyorlanish

IELTS (International English Language Testing System – Xalqaro Ingliz Tili Sinovi Tizimi) imtihonining maqsadi ingliz tilida o’qish, yozish, tinglab tushinish va gapirish ko’nikmalarining qay darajdaga shakllanganligini baholash hisoblanadi.

Imtihon 4 bosqichda o’tkaziladi:

  • LISTENING (tinglab tushunish) – 30-40 daqiqa,
  • READING (o’qish) – 60 daqiqa,
  • WRITING (yozish) – 60 daqiqa,
  • SPEAKING (gapirish, suhbat ko’rinishida) – 10-15 daqiqa.

Imtihon topshirilish qoidasi bo’yicha yuqoridagi barcha ko’nikmalar sinovi bir kunda o’tkaziladi. Dastlabki uchta ko’nikma sinovi bilan so’nggi, suhbat ko’rinishidagi gapirish ko’rikmasi sinovi orasida tanaffus beriladi. Ba’zan imtihon ikki kun davom etishi ham mumkin. Bunday holatda ohirgi, gapirish ko’nikmasining sinovi imtihonning ikkinchi kuniga qoldiriladi.

Imtihon tarkibiga kiruvchi 4 bosqichning har biri alohida ko’nikmalarni sinash topshiriqlaridan tashkil topadi. Har bir bosqichdagi sinovda testlar va topshiriqlar turlicha bo’lishi mumkin.

IELTS testining 2 turi mavjud: Umumiy (IELTS General Training Module) va Akademik (IELTS Academic Module). Umumiy testni o’rta yoki o’rta mahsus ta’lim yo’nalishlaridagi o’quv yurtlariga kirishni xohlovchilar topshirishadi. Bunday o’quv dargohini bitiruvchilar oliy ma’lumot diplomiga da’vogarlik qilishmaydi. Oliy ma’lumotga ega bo’lish maqsadida universitetga o’qishga kirish uchun Akademik testni topshirish talab etiladi. Har ikki turdagi testlarning tuzilishi bir hil, ammo Umumiy testning o’qish uchun beriladigan matni va yozish ko’nikmasini sinovdan o’tkazish topshiriqlari oliy o’quv yurtlariga kirish sinovlari talablarini o’z ichiga olmaydi. Azamat.uz saytining IELTS haqidagi bo’limida biz ko’proq IELTSning Akademik testiga tayyorgarlik ko’rish masalalarini ko’rib chiqamiz.

Imtihonning har bir bo’limi uchun va butun imtihonning umumiy bahosi sifatida olish mumkin bo’lgan maksimal ball 9 ball hisoblanadi. Ma’lumki, imtihondan o’tib, oliy o’quv yurtlariga kiruvchilarning ko’pchiligi kelajakda turli kasblarning egasi bo’lishadi, ular turli yo’nalishlardagi fanlar bo’yicha ta’lim olishadi. Texnik yoki iqtisodiy yo’nalishdagi universitetlarga o’qishga kirish uchun kamida 6 ball to’planishi kerak. Yuridik va gummanitar yo’nalishdagi oliygohlarga o’qishga qabul qilinish uchun esa kamida 7,5 ball to’planishi shart. IELTS imtihonlarida tanlangan oliygoh yoki yo’nalishdan qa’tiy nazar, hamma bir hil tartib va talablar asosidagi sinovlardan o’tadi. Farq faqat to’plangan ballar va ularning qayerda, qanday qabul qilinishida bo’ladi.

Yaqindan boshlab Buyuk Britaniya hukumatining immigratsiya nazorati boshqarmasi mamlakatga uzoq muddat davomida qolib ishlash maqsadida keluvchi shaxslarning majburiy imtihondan o’tkazilishini joriy qildi. Bu maqsadda mamlakatga kiruvchi shaxslar Akademik test topshirishlari talab etiladi, ammo to’planishi talab etilgan ball, test topshiruvchilarning kasblaridan kelib chiqqan holda, 4,5 balldan 5,0 ballgacha qilib belgilangan.

IELTS testlarini tuzuvchilarning aytishicha, ushbu test imtihon qilinuvchining umumiy bilimini ham, uning mahsus tayyorgarligini ham tekshirmaydi. Testning asosiy maqsadi – test topshiruvchining ingliz tilini kelajakda Buyuk Britaniya yoki boshqa biror ingliz tilida gaplashiladigan davlat oliygohlarida muvaffaqiyatli ta’lim olishlari uchun yetarli darajada bilishini aniqlash.

Mening fikrimizga ko’ra, bu haqiqatga to’liq yaqin emas. To’g’ri, IELTS imtihoni test topshiruvchining hech qanday mahsus tayyorgarligi yoki bilimini tekshiruvdan o’tkazmaydi. Ammo, imtihon davomida topshiriqlarni to’g’ri bajarish uchun test topshiruvchidan mantiqiy fikrlash, ma’lumotlar analizi, sintezi, o’z ona tilida ma’lumotlarni jamlash, qayta ishlash va ularni xorijiy tilga o’girib, ifodalay olish kabi bir qator ko’nikmalar talab etiladi.

IELTS imtihoni o’qish, yozish, eshitish va gapirish ko’nikmalarining qay darajada shakllanganligini baholaydi. Aynan shu ko’nikmalarning to’liq shakllanganligi ingliz tilida gapiriladigan davlatlarda ta’lim olish jarayonida eng zaruriy hisoblanadi.

Shuning uchun IELTS imtihonlariga tayyorgarlik ko’rishning eng asosiy yo’nalishlari ingliz tilining kundalik turmushda ishlatilishini o’rganishga yo’naltiriladi. Ingliz tilida gaplashiladigan davlatlarga ta’lim olish maqsadida bormoqchi bo’lgan talabalar bilan bunday davlatlarga ishlash maqsadida borayotgan kishining tildan foydalanishi farqli bo’lishi mumkin, ammo IELTS imtihonlarida beriladigan topshiriqlarda bu farq juda katta rol o’ynamaydi. Azamat.uz saytida biz asosan IELTS imtihonining Akademik test turi uchun tayyorlanish masalalariga ko’proq urg’u bersak-da, undan ingliz tilini Umumiy test topshirish uchun o’rganayotganlar ham foydalanishlari mumkin.

Quyida ingliz tilida gaplashiladigan davlatlardagi oliy o’quv yurtlarida ta’lim olish jarayonida duch kelish mumkin bo’lgan vaziyatlar tasvirlangan.

Ingliz tilida gaplashiladigan davlatlarda ta’lim olish jarayonida quyidagi vaziyatlarga duch kelishingiz mumkin:

  • kitob va jurnallar o’qish,
  • yozma topshiriqlarni bajarish,
  • ma’ruzalar tinglash,
  • seminarlarda qatnashish.

Bu vaziyatlarning har biri Sizdan quyidagilarni amalga oshirishni talab qilishi mumkin:

Kitob va jurnallar o’qish:

  • sohaga oid turli kitoblarni o’qish, aniq bir mavzuga doir ma’lumotlar berilgan gazeta va jurnallarni mutoala qilish;
  • matnlar, jadvallar va chizmalardan kerakli ma’lumotlarni olish;
  • o’qilganlarni tahlil qilish.

Yozma topshiriqlarni bajarish:

  • o’rtaga tashlangan muammoli masalani analiz qilish;
  • yozma ishning rejasini tuzish;
  • o’z so’zlari bilan yozish orqali mazvuni tushunganligini ifodalash, o’z fikrini yozma ravishda tahlil qila olish va hokazo.

Ma’ruzalar tinglash:

  • tez gapirilayotgan nutqni tinglab tushuna olish;
  • turli shevalardagi nutqni tushuna olish;
  • ma’ruzaning asosiy qismlarini, urg’u berilayotgan ma’nolarni tushuna olish;
  • eshitish davomida kerakli ma’lumotlarni yozib olish.

Bulardan tashqari radio va video xabarlardagi turli tezlik va shevada gapirilgan nutqni tinglab tushuna olish, nutqning asosiy mazmunini anglay olish hamda zaruriy holatlarda ular orqali yetkazib berilayotgan ma’lumotlarni yozib olish ko’nikmalarini shakllantirish kerak.

Seminarlarda qatnashish:

IELTS imtihonini topshirish mobaynida imtihon oluvchining savollariga javob berish va shu bilan bir qatorda savollar berishga ham to’g’ri keladi.

Ingliz tilida gaplashiladigan davlatlarda yashash va ishlash quyidagilarni talab qilishi mumkin:

  • gazetalar mutoala qilish, e’lonlar, yo’riqnoma va ko’rsatmalarni o’qish va hokazo;
  • tashkilotlar yoki alohida shaxslarga yozma murojaatnoma va arizlar yozish;
  • radio tinglash, ko’rsatmalarni tinglab tushunish va har kunlik suhbatlarni tinglash;
  • o’zi haqida gapirib berish, kelib chiqishi, oilasi va vatani, o’qishdan maqsadi, kelajakdagi rejalari haqida gapirish.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, IELTSni o’rgatuvchi ta’lim berishni ikki bosqichga bo’lib amalga oshirishi kerak:

1) nutq, yozish, o’qish va tinglab tushunishni uzviy o’rgatish. O’rganuvchining so’z boyligini imkon qadar oshirgan holda ingliz tili grammatikasining eng zaruriy va murakkab jihatlarini o’rgatish. IELTS imtihonini topshirishga oid yo’l-yo’riqlar ko’rsatish;

2) nutq, yozish, o’qish va tinglab tushunish ko’nikmalarini keng miqyosda rivojlantirish – gazeta va jurnallar o’qish orqali o’qish ko’nikmasini rivojlantirish, radio va audio eshittirishlar asosida tinglab tushunish ko’nikmasini mustahkamlash, imkon qadar jonli muloqotlarni amalga oshirish asosida og’zaki nutq ko’nikmasini rivojlantirish va hokazo.

IELTSni o’rgatish kursi ohirida o’rganuvchilar quyidagi ko’nikmalarni to’liq o’zlashtirgan bo’lishlari zarur:

  1. Ingliz tilini ona tili sifatida gapiruvchilarning o’rta tezlikda gapirishlarida anglatilayotgan ma’lumotni tinglab tushuna olish va qabul qilingan ma’lumotni sekin, yuqori aniqlik bilan (diktant ko’rinishida) eshitilganlarni aynan takrorlamasdan, gap mazmunini gapirib bera olish.
  2. Xujjatlarni tashkil etish (masalan, xisobotlar, rasmiy va norasmiy xatlar, chizma va diagrammalardagi ma’lumotlarni matn ko’rinishida ifodalash, referatlar yozish), so’rovnoma ko’rinishidagi xujjatlarni to’g’ri to’ldira olish. Xujjatlarni ma’lum cheklangan vaqt ichida aniq to’ldirish hamda xujjatlarni yozish jarayonida kerakli bo’lgan uslubdagi (rasmiy yoki norasmiy) ingliz tilidan foydalana olish.
  3. Ma’lum cheklangan vaqt ichida ijtimoiy muhimlikka ega bo’lgan turli mavzularga asoslangan insholarni yoza olish.
  4. Ko’rib chiqish, ma’lumot qidirish va o’rganish usullaridagi o’qish ko’nikmasini yaxshi o’zlashtirish. Cheklangan vaqt ichida aytilayotgan (og’zaki nutq) yoki yozilgan (matn) axborot ichidan kerkali bo’lgan ma’lumotni topa olish.
  5. Ma’lum bir mavzuning asosiy mazmunini og’zaki tarzda bayon qila olish, mavzu asosida berilishi mumkin bo’lgan savollarga javob berish va buni mos uslubdagi ingliz tili asosida amalga oshira olish.
  6. Ingliz tilida asosiy bilimlarni puxta o’zlashtirganligini namoyon eta olish (masalan, til grammatikasi, leksikasi, orfografiyasi va hokazo).

IELTS imtihoni turlari va ularga tayyorlanish” maqolasida 111 fikr

    1. Azamat Xodjakov

      Avvaldan ham O’zbekistonda IELTSni qabul qilishmagan. IELTS sertifikati faqat O’zbekistondagi xorijiy universitetlar filiallariga rasmiy ravishda o’tib kelgan. Bundan keyin O’zbekistonda NSFLA (http://www.nsfla.uz) tizimi ishlatiladi. Bu – IELTSning o’zbekcha varianti 🙂 Hozircha faqat o’qituvchilarning chet tilini bilish darajasini baholashayapti, lekin kelajakdagi rejalar katta. Ko’ramiz, O’zbekistonda o’zimizning IELTSga o’xshash tizimimiz qanchalik yaxshi ishlar ekan.

      Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      U yerdagi universitetlarning talablari turlicha bo’lishi mumkin. Ball faqat universitetga bog’liq. Ular o’rtacha necha ball bo’lishi kerakligini belgilashadi. Qat’iy standart mavjud emas.

      Javob berish

  1. M.95

    Imtihonda ingliz tili fanidan 34 ta yechdim. (Albatta, bunda siz va saytingiz ham menga katta yordam berdi. Katta rahmat!) Raymond Murphyning ko’k kitobini (English grammar in use) va G’apporovning “Ingliz tili grammatikasi” ni, ya’na ”Учебник англиского языка” ning ikkala qismini tugatganman. Hozirda Betty Schrampfer Azardning ” Understanding and using english grammar” kitobini tugatyapman. Keyin IELTS tayyorlaydigan o’quv markazlariga borsam bo’ladimi?
    Javob u-n oldindan rahmat!

    Javob berish

  2. malika

    Salom men otgan yili O’zDJTU ga kiromadim 1 yil repetitor da faqat grammar oqiganman endi IELTS boshlamoqchiman va xudo holasa MDIST ga harakat uzr IELTS boshlashni nimadan boshlash kerak? Javob uchun oldindan raxmat!

    Javob berish

    1. malika

      Salom saytiz ni bugun tasodifan korib qoldim. va soramoqchidim IELTS ni 4 oyda organsa boladi-mi?
      Agar angliyskiydan fundament bosa?
      Javob uchun rahmat!

      Javob berish

    2. Azamat Xodjakov

      O’z muallifligimdagi “IELTS imtihoniga tayyorlanish” kitobini o’qiganmisiz? Agar jiddiy tayyorgarlik ko’rmoqchi bo’lsangiz bu kitobni o’qishingizni tavsiya etaman.

      Javob berish

  3. Shoxidjon

    Assalomu alaykum Azamat aka men o’qishga kirolmadim xozirda ingliz tili gramatikasini urganganman IELTSga tayorlanib topshirsam bula. Qancha vaqt ichida 7,5-8 ball yeg’a oladigan darajaga erishsam buladi??

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Kitobning elektron ko’rinishi sotilmaydi. Faqat chop etilgan nusxasini olishingiz mumkin. Ma’lumot uchun telefon: +998946550024

      Javob berish

  4. Bobur

    Assalomu aleykum. aka men bakalavr diplomim bor magistr uqish uchun ielstsda tayyorlanib test topshirib uqishga kirishim mumkinmi va qaysi o’quv yutlari taqdim etilishi haqida kimdan qanday qilib ma’lumot olsam buladi va buni urganishim uchun menga qanday maslahat berasiz. Oldindan javob uchun rahmat!

    Javob berish

  5. muslima

    As-mu al-m. ieltsda uqimoqchi bulib bir markazga bordim ammo ikkilanib turibman.muammo uzimda ham bor biilim darajam pastroq ammo harakat qilaman deb jiddu jahd qildim ammo ustozim… bilimi yaxshi qandaydir metod yoqmayapti. 1.5 soatda bir marta urnidan turib bir narsani yozadi.xatolarni tugrilamaydi.yangilik urgatmaydi.uzr birov haqida.shunga nima qilsam buladi uzi IELTS darslari yo shunday uslubda olib boriladimi?maslahat kerak edi.saviyaliroq darslarni qanday kursam buladi masalan online orqali raxmat

    Javob berish

    1. Samira

      Maslahatim siz Olson siz oldin Bonk1i Bonk2ni yaxwi biladigan oqituvchi bin shugullanishingizni maslahat Bethany bolardim. Chunki ieltsning kop sozlari Bonkdan2 qismidan olinadi . Agar us Hanoi yaxwi chiqsez keyin IELTS tayyorlov kurslariga borsez boladi muhimi vocabulary mustahkam boliwi Kerak

      Javob berish

  6. Anvar Hamroyev

    Men Ieltsga tayyorlanmoqchiman .Men qaysi O’qituvchiga borishni bilmay turibman .Qaysi o’qituvchidan ta’lim olishni maslahat berasizlar? Javob uchun oldindan rahmat

    Javob berish

  7. Shodiyor

    Assalomu alaykum Azamat aka man hozir Rossiyada edim menga kitobingiz kerak elektron variantini hecham iloji yoʻqmi oldindan raxmat

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Elektron varianti yo’q. +99894 655 00 24 raqamiga bog’lansangiz, ular Rossiyaga jo’natish bo’yicha tavsiya berishlari mumkin.

      Javob berish

  8. Muhammad

    Assalomu aleykum Azamat Baxtiyorovich men sizning IELTS imtihoninga tayyrlanish nomli kitobingizni bugin o’qishni boshladim va bu kitob menga juda yoqti IELTS haqida juda yaxshi tushunchaga ega bo’ldim men bir masalada maslahatingizga muhtojman. avval Matematika, Fizika fanlaridan tayyorlanganman bu fanlardan tushuncham yaxshiroq deb o’ylayman yaqinda16-iyul kuni Toshkent shahridagi REGISTON o’quv markazida bo’lib o’tgan abuturiyen_17 loyihasida imtihonda qatnashdim 172.3 ball bn texnika fanlari bo’yicha 3 o’rin oldim 1-avgust imtihoniham yaxshi o’tdi palutexnika unversitetiga topshirdim amma INXA da taqsil olishni hohlayman. Ingliz tilini bilmayman lekn 10 oy ichida IELTS olish niyatim bor qattiq o’zimga ishonyapman hozirda Raymond Murphy kitobini mustaqil video darsliklaringiz orqali o’rganishni audio lug’atlar eshitishni boshladim tajribali mutaxasis sfatida qanday maslaxat berasiz 10 oy ichida ulgurishim mumkinmi qiyin bo’lsaxam ko’pchilik mumkin emas deyishyapdi. javobingiz tagdirimni o’zgartrishi mumkin. javobingiz uchun oldindan rahmat.

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      10 oy ichida o’rganishingiz mumkin. Bu vaqt oralig’ida IELTSdan yuqori ball olish darajasiga yetish uchun 100% imkoniyatingiz bor. O’zingizga ishoning, albatta uddalaysiz. Atrofingizdagi sizga salbiy baho berayotgan kishilarga e’tibor bermang.

      Javob berish

  9. Dostonbek

    Assalomu alaykum Azamat aka. Men ham IELTS o’qimoqchiman. Ammo qayerda o’qishni bilmayapman. Qaysi o’qituvchini yoki qaysi o’quv markazini maslahat berasiz? Javob uchun oldindan rahmat.

    Javob berish

  10. xushnud

    Salom Azamat Aka man xozir 3-kursga o’tdim bu yil IELTS tayorlanib ko’rmoqchiman..Garmatikaga kelse Murphy ko’kni ishlab chiqqanman hamma mashqlarini..Shu fundamentim IELTS tayorlanishga yetadimi yo yetmidimi..Yana Garmatika tayorlanimi..Ko’p so’z ham bilmiman
    Taxminimcha 2000-ga yaqin bilaman Ieltsni kirish qismiga yetadimi shu bilgan so’zlarim..Shunga uziz maslaxat bering..Oldindan raxmat

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Yetadi. Muhimi o’zingizga ishonib, vaqtdan unumli foydalaning. Imkon qadar ko’proq o’rganishga harakat qiling. Vaqtingizni to’g’ri taqsimlang.

      Javob berish

  11. Dosti

    Assalomu aleykum Azamat Baxtiyorovich men IELTS sertifiqatini olib Italiyaning Turin Politexnika universitetiga kirish niyatim bor. Men Raund Up kitobini 3chisini yarimigacha chiqqanman va Raymond Murphyni qizilini yana Straightforwardni 1chisini chiqqanman. Xozirda Straightforwardni 2chisini va Murphyni ko’kini o’qiyapman so’z boyligim unchalik ko’p emas 2000-2500 so’z bilsam kere shular bilan 10 oyga IELTS sertifiqatini ololamanmi sizning fikringizni bilmoqchi edim iltimos javob uchun oldindan katta rahmat.

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Yuqori ball olish uchun hozirgi ko’rsatkichlaringiz bir oz kamlik qilishi mumkin. Ammo yaxshiroq harakat qilsangiz, albatta yuqori balli sertifikat olishingiz mumkin.

      Javob berish

  12. Asal

    Salom men koreada oqishni istayman shu sabab ieltsdan necha ball olishim kerak koreada oqishim uchun. Iltimos shu haqida batafsil aytsangiz. Rahmat

    Javob berish

  13. Perizat

    Good day sir. I want to obtain some advice th at which university I can choose. I have been learning eng. For about 2 years. But at precise moment I am preparing for ielts at home on my own. If I get ielts sertificate, which university can u admonish me? The first lang must be eng. Cuz j am not good at otger subjects

    Javob berish

  14. Azizbek

    salom Azamad aka. menda writing yozishda ozroq muammo bolybdi. shuning uchun ozroq maslaxat bersangiz xursand bolardim. mendagi asosiy muammo writing yzishni qoidalarini ozlashtira olmayabman. masalan, introductionga nimalar yozishni yoki agree disagreega qanday tartibda yozishni, xulosaga nialar yozishni tushunmayabman. fikrlarim ko’p ammo amo shu fikrlarimni qoida boyicha yozolmayabman to’rirog’i romkasiga solaolmayabman. iltimos tushuncha berin

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Ko’proq yozishga harakat qiling. Ingliz tilida matnlarni o’qish ham yaxshi yordam berishi mumkin. Imkoniyatingiz bo’lsa repetitorga borishingizni maslahat beraman.

      Javob berish

  15. Гулжахан

    Сөйлеген кезімде иркилип қалаберемен .Калай тез сөйлесе болад

    Javob berish

  16. Bunyodbek

    Asalomu aleykum ielts sertifqati qaysi davlatlar qanday qabul qilinishi haqida malumotlar bormi. Masalan AQSH ga borish uchun qancha bal boʻlishi kerak.

    Javob berish

  17. Bekzod

    Menning vestministr institutiga topshirish maqsadim bor hozirda õquv markazda õqiyapman elementry guruhida elementryni tugatdim hisob shu 2019 yilida institutga topshirmoqchiman topshirishdan oldin Ielts olish maqsadim bor

    Javob berish

    1. Xorijiy tillarni o’rganish bo’yicha ko’nikmangiz va avvaldan qancha bilimga ega ekanligingizga qarab har xil. Kimdadir ko’p vaqt talab qiladi, kimdir tez o’rganib oladi. Hammasi o’zingizga bog’liq.

      Javob berish

  18. Diyorxon

    Assalomu alayko‘m
    Yoshim 24da men hozir ingliz tili bo‘yicha o‘quv markazida tayyorlanyapman men 4 yoki 5 oy tayyorlanib keyin ieltsda imtihon topshirsam bo‘ladimi
    O‘zi umuman xorijiy oliygohlarga necha yoshgacha o‘qishga qabul qilishadi
    Shuni tushuntirib o‘tsangiz…
    Rahmat!

    Javob berish

  19. Shahrizoda

    Kechirasz bir savolim bor edi: ailts toifol qanday farqi bor? Aqsh oliygohlarini maqsad qilganlar u n qay birini maslahat berasz?

    Javob berish

  20. Azizbek

    Salom.
    Men ingliz tilini o’rganishni yaxshi ko’raman. Hozir Ielts o’quv markazida o’qiyapman va chet elda o’qishni juda xohlayman.
    Eshitishimcha Chet elda o’qish narxlari juda qimmat emish.
    Shuning uchun Dadam bu niyatimdan qaytishimni aytyapdi.
    Bepul, to’liq grant asosida qabul qiladigan xorijiy universitetlar bormi?
    Agar bor bo’lsa ular haqida ma’lumot
    bersangiz.
    Koreyadagi Universitetlar va ularning
    narxlari haqida ma’lumot bersangiz.

    Javob berish

  21. Jorabek

    Men ingiliz tilidan nolman xozir tayyorlanishni boshlamoqchiman IELTS olish niyatim bor nimadan boshlashimni bilmiman iltimos yo’l ko’rsatsayizla minnatdor bo’lardim

    Javob berish

    1. Fayzullo

      AQSH unversitetlarida oqish uchun IELST otadimi men IELST topshirishim uchun AQSH ingiliz tilini organishim kerakmi yoki Britaniyanikini IELST topshirib AQSH unversitetlariga oqishga kirsam boladimi? Nechi balga olsam kirishimga osonroq boladi IELST viza olishimga ham yordam beradimi..?

      Javob berish

  22. Shokhrukh

    General IELTS ga nimaga koproq etibor beriladi, va academic IELTS dan nimasi bilan farq qiladi. Javob uchun oldindan rahmat…

    Javob berish

  23. Aziz

    savolim shuki IELST dan 6 ball olsam chet eldagi institutlarda o’qish uchun menga grant ajratiladimi. javob uchun rahmat

    Javob berish

  24. Jo'rabek

    Assalom alekum hammaga “IELTS TRAINER” O’Dell felicity shu kitob kerak edi sotiladigan do’konmi yo kimdir sotsa iltimos javob yozila! Admindan va boshqalarda javob kutib qolaman

    Javob berish

  25. Mr Fakhriddinovic. MDIS_Business & Economics fakulteti talabasi

    Men IELTS ni 04.05.2019 da topshirdim. Overall band score: “6.5” chiqdi. Bu juda shubxali tuyildi menga chunki meni tayyorgarligim 1 yildan ortiq davom etgandi va eng kamida 7.0 ball ko’zlagandim. IDP IELTS ni baholash sistemasi juda shubhali ekan shu sabab bo’lg’usi IELTS candidates ga British Council IELTS topshirishlarini maslahat beraman.

    Javob berish

  26. Elbekjon

    Hozirda inxa universitetiga grand asosida qabul qilinish uchun ielts yonalishida kamida necha ball toplash kerakk javob uchun oldindan raxmat

    Javob berish

  27. Nafosat

    Assalomu alaykum. Man tibbiyot institutida o’qiyman. Germaniya oliy ta’lim muassasalarida o’qish uchun IELTS imtihonlarida kamida necha ball to‘plashim kerak?

    Javob berish

    1. Toyir

      Assalomu alaykum singapur universitetiga imtihonsiz kirish uchun Ielts balingiz nechchi bulishi lozim javob uchun rahmat

      Javob berish

      1. Sanjar

        Men SamDU tarix fakultetida 1-kursda oqiyman 3-4kurslarni chet elda davom ettirish uchun IELTS nechi ball olishim kerak

        Javob berish

  28. Nafosat

    Assalomu alaykum. Man tibbiyot institutida o’qiyman. Germaniyada tahsil olish uchun ielts imtihonlarida kamida necha ball to‘plashim kerak. Javob uchun rahmat.

    Javob berish

  29. Mirjalol

    Assalomu Aleykum ..
    Iloji bulsa Generel Ielts haqidaham to’liq malumot bering.
    Bu testdn yaxshigina ball olib chetga ishga yo vaqtinchali yahashga chiqsh yo’llari haqida malumot bervorsayz Hursand bo’lardim

    Javob berish

  30. Sabohat

    Assalomu aleykum. IELTS dan oliy o’quv yurtlariga ingliz tili asosiy va asosiy bo’lmagan fakultetlarga nechchi band olsa maksimall ball berilib kirish imtihonlaridan ozod etiladi. To’lov summasi va sertifikat muddati haqida ham malumot berib o’tsangiz hursand bo’lardim.

    Javob berish

  31. Iroda

    Assalomu aleykum. Man IELTSning general yo’nalishiga registratsiya qildim.Bundan Uzbekistan hududidagi OTM kirishga foydalansam bo’ladimi? Agar iloji yoq bo’lsa registratsiyamni generaldan academicga o’zgartirolamanmi?

    Javob berish

  32. Habibullayeva Gulzira

    Assalomualeykum xurmatli Azamat.uz men Õzbekinton xavo yollarida iwlamoqchi edim bunga IELTS ni qaysi turi togri keladi ummumiymiymi IELTS 6 ga opchiqiw un qancha organish kerak ingiliz tilini?

    Javob berish

  33. Habibullayeva Gulzira

    Assalomualeykum xurmatli Azamat. uz men Uzbekistan Airwaysda ishlamoqchi edim IELTS 6 bolishi kerak bunga qancha oqish kerak?

    Javob berish

  34. Mumtoza Muhtorova

    Necha yowdan oqiwga kiriladi .Meni yowim 15 da tayyorlangani ulgura olamanmi iltimos savolimga teroq javob bersangiz oldindan rahmat

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan