HTML, CSS va JavaScript yordamida mobil ilovalar yaratish

Sayt tayyorlash hozirgi vaqtda juda ko’pchilik o’rta va havaskor bosqichdagi dasturchilar uchun qiyin ish emas. Saytlarni tayyorlash uchun boshlang’ich bosqichda HTML/CSS/JS bilimlari kifoya qilsa, murakkabroq saytlarni tayyorlash uchun PHP va Framework/CMS bilimlari talab etiladi.
Xohlaymizmi, yo’qmi saytlarga nisbatan mobil ilova (app)lardan ko’proq foydalanilayapti va ular web saytlarga nisbatan ko’proq mashxurlikka erishmoqda. Shuning uchun saytlar tayyorlashga nisbatan mobil ilovalar tayyorlash narxi ancha yuqori.
Mobil ilovalar texnologiyasiga ko’ra ikkita gigant: Android va iOS asosida tayyorlanadi. Ularning har biriga dastur tayyorlashingiz uchun ma’lum yo’nalishdagi ko’nikma va bilimlarga ega bo’lish kerak. Faqat Android yoki faqat iOS uchun ilova yozuvchi dasturchilarga bo’lgan talab juda yuqori ekanligini ko’rgan kishi ham Android, ham iOS uchun dastur yoza oladigan dasturchining talabgirligini tasavvur qilib olishi mumkin.
Yaqinda Apache Cordova bilan tanishishimga to’g’ri kelib qoldi. Bu framework HTML/CSS/JS yordamida 8 ta (!!!) plastformada bir xil ishlay oladigan ilovalar yaratish imkoniyatini beradi. Faqatgina HTML/CSS va JavaScript ishlatgan holda to’liq dinamik web sayt tayyorlash ancha qiyin ish. Ammo HTML/CSS va JS kabi nisbatan oson o’rganiladigan ko’nikmalardan foydalangan holda mobil ilovalar tayyorlay olish web saytlar tayyorlashga nisbatan olib qaralganda imkonsizdek tuyuladi. Qolaversa, mobil qurilmalar uchun ilova tayyorlash web saytlar tayyorlashga nisbatan ancha qimmat va qadrli ko’nikma hisoblanadi.
O’zim tanigan dasturchilar Cordova haqida yaxshi fikr bildirishmadi. «O’z tilida yozilganga teng kelmaydi», deyishdi. Teng kelmasligi tabiiy. Ba’zilar Cordova bilan tayyorlangan mobil ilovalar «qotib ishlaydi», deyishdi. Ammo har qanday holatda ham Cordova asosida tayyorlangan mobil ilovalar huddi tizimning o’z tilida yozilgandek samaradorlik bilan ishlay olar ekan. Cordova bilan qanday dasturlar tayyorlanganligini framework rasmiy sahifasida ko’rishingiz mumkin.
Ushbu maqolani HTML/CSS va JS ko’nikmalariga ega bo’lgan yosh dasturchilar uchun shunchaki oddiy eslatma sifatida yozdim. Cordova bilan tanishib chiqing. Android va iOS uchun ilovalar yozish mumkin ekan. Tizimlarning o’z tillarida yozilgan ilovalarga nisbatan bir oz arzonroq yozilsa ham, har holda sodda ko’nikmalar asosida mobil ilova yasay olish imkoniyatini taqdim etar ekan.
Men urganmoqchiman sayt yaratishni nima qilsam nòladi . Hozirda TATU da 1-kursda òqiyapman.
Saytim orqali o’rganing. Bugundan e’tiboran shablon yasash darslarini boshlaymiz.
Assalomu alaykum . Uzr saytinhizni yozib yuborasizmi. Hali habarim yoq edi
Bugundan deganizga ham 20 kun bo’libdiku. Yoki behabar qolib ketdimmi?
Rejalar uzgarib Yii asosida blog yasash darslari chiqarildi. Video darslarni yuklab olishingiz yoki ko’rishingiz mumkin.
saytingizda yangi bo’lim ochish niyatingiz bormi yii bo’yicha? yoki boshqa sayt ishga tushirasizlarmi? juda yaxshi bo’lar edi O’zbeklarning ham yii bo’yicha soobshestvasi bo’lsa
Hozircha menda bu borada hech qanday reja yo’q. Faqat saytimda qandaydir kichik va qisqa dars tashkil qilish borasida Yii2 video darsida to’xtalgan edim.
Haqiqatdan ham Yii framework bo’yicha alohida sayt tashkil qilinsa, yoki qaysidir mavjud saytning bir qismi sifatida kerakli ma’lumotlarga boy bo’lim ochilsa juda foydali bo’ladi.
agar biror sayt yoki bo’lim ochilsa o’z hissamni qo’shishga tayyorman
Qanaqa sayt
Saytizni etvorolismi
sayt yaratizmi xali
Salom azama aka CORDOVA ni ishlatib ko’rdingizmi meni tushunishimcha u dastur index.html faylini apk ga aylantirib beradi shundaymi?
U dasturni ishlatish uchun konpyuterda net yoniq bo’lishi kerak emasmi?
Cordovani yuklashga link berolasizmi?
Iltimos, Cordova dokumentini o’qib chiqing.
Men yangi sayt ochdim faqat schotchik o’rnatishim
Kerak qanday o’rnatadi kodi bo’lsa yuborsangiz
LiveInternet | Yandex Metrika | Google Analytics |
Googledan qidirib ko’ring shulardan bittasini
Salom, meni ismim Shoxrux sayt foydalanuvchilaridan Cordova haqida ma`lumotlar berishini so`rayman.
Rostanham cardova haqida malumot beringlar
Qanday qilib ilova yaratsa buladi
Iltimos,oʻyin yaratish bilan biladiganlar boʻlsa manga habar qiliqlar daxshat gʻoya bor…..!!!
Salom android uchun ilova yaratish qanday dastur yordamida amalga oshiriladi ?
Bu yo’l bilan dastur yaratish asosan hybrid application usuli deb ataladi
Asolamu alekum aka man bita html tilida kitob tuzgan edim qisqacha gapim u bazi sahifari internet orqali ochiladi lekin u kitobi bir mata ochilganda web sahifa uni yuklab olmoqda web sahifaga uzgartirish kiritiganda esa u usha eski xolatida tur moqda siz dan iltimos manga yangilanadigan qilishi urgating
Sizlarda Android platforma tuzolidiganlar bormi ? Bolsa qongiroq qilsin +998997237943
HTML CSS Haqida malumot dasturi kerak
man yangi organyappam js da qiynalyappam js rosa zarilmi
Html, CSS, JavaScript da mobil ilova yaratsayam bo’larkanda
Mobile oyin ham yaratsa bo’lami
endi kitobni .pdfsiniyom jonatila
Html CSS dagi kodlarni androidga moslashni bilaslarni 974711103 bilgickar tg ha tawavoriblar