Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Hozirgi tugallangan zamon

Hozirgi tugallangan zamon

Bu maqolani o’qishdan oldin ingliz tilidagi zamonlar, ularning farqlari haqida bilib olish uchun ingliz tilidagi zamon tushunchasi to’g’risidagi maqolamni o’qib chiqishingizni tavsiya qilaman.

Hozirgi tugallangan zamon (Present Perfect) o’tgan zamonda bajarib tugatilgan va natijasi hozirgi zamonda ko’rinib turgan ish-harakatga nisbatan ishlatiladi.

Hozirgi tugallangan zamonning yasalish formulasi quyidagicha:

EGA+ TO HAVE+ SIFATDOSH II

To’g’ri fe’llarning Sifatdosh II shaklini yasash uchun fe’lga «-ed» qo’shimchasi qo’shiladi. Noto’g’ri fe’llarning Sifatdosh II shakli fe’l o’zagining o’zgarishi orqali, noto’g’ri fe’llar jadvalining 3-ustuniga asosan yasaladi.

Quyidagi Hozirgi tugallangan zamonda yasalgan gaplarga e’tibor bering. Har safar gapning tarjimasidan, ish harakat o’tgan zamonda tugallanib, natijasi hozir ko’rinib turganligiga e’tibor bering. Hozirgi tugallangan zamonda har doim o’tgan zamonda bajarib tugatilgan ish harakatning natijasi hozirgi zamon bilan bog’liq bo’ladi:

  • Ann has lost her passport – Anna pasportini yo’qotdi (natijada hozir uning pasporti yo’q – natija hozirgi zamonda ko’rinib turibdi, ish harakatning qachon bajarilganligi esa aytilmayapti).
  • Tom has bought a new car – Tom yangi mashina sotib oldi (natijada hozir u yangi mashina minib yuribdi. Qachon sotib olgan? Vaqti ko’rsatilmayapti. Lekin natija hozirgi zamonda ko’rinib turibdi!).
  • I have cleaned my shoes – Men oyoq kiyimlarimni tozaladim (natijada ular hozir toza).

So’roq shaklidaga gaplarni yasash uchun «TO HAVE» fe’li (have yoki has) egadan oldinga o’tkaziladi. Keling, yuqoridagi darak shaklidagi gaplarni so’rq gaplarga aylantiraylik:

  • Has Ann lost her passport? – Anna pasportini yo’qotdimi? (Natijada hozir unda pasport yo’qmi?)
  • Has Tom bought a new car? – Tom yangi mashina sotib oldimi? (Natijada hozir unda yangi mashina bormi?)
  • Have you cleaned your shoes? – Siz oyoq kiyimlaringizni tozaladingizmi? (Ular hozir tozami?)

E’tibor bering, yoqiridagi so’roq gaplarda ish-harakat qachon sodir etilganligi emas, balki sodir etilgandan keyingi natija eng muhim hisoblanayapti. Shundan ham bilishingiz mumkinki, hozirgi tugallangan zamonda ish-harakat sodir etilgan vaqt muhim emas, bizga ish-harakatning natijasida hozir nima natija hosil bo’lganligi muhimdir.

Inkor shaklidagi gaplarda «TO HAVE» fe’li shakllaridan keyin NOT inkor yuklamasi qo’yiladi. Yana yuqoridagi darak shaklidagi gaplarni inkor gaplarga aylantiramiz:

  • Ann has not lost her passport – Anna pasportini yo’qotmadi (natijada hozir uning pasporti bor, yo’qolmagan)
  • Tom has not bought a new car – Tom yangi mashina sotib olmadi (natijada hozir uning mashinasi yo’q)
  • I have not cleaned my shoes – Men oyoq kiyimlarimni tozalamadim (natijada ular hozir toza emas).

Hozirgi tugallangan zamon quyidagi payt ravishlari bilan birga ishlatiladi:

already -allaqachon;

yet – hali (inkor va so’roq gaplarda);

since / for – …dan beri;

never – hech qachon;

ever – qachondir va boshqalar…

Mavzu yuzasidan qanday savollaringiz bor?

Hozirgi tugallangan zamon” maqolasida 14 fikr

    1. Azamat Xodjakov

      Taklifingiz uchun katta raxmat! Kelajakda Siz so’ragan mavzular albatta yoritiladi. Ayni vaqtda saytimizning «Video darsliklar» bo’limiga birinchi bo’lib qo’shiladigan video darslar ustida ish olib borayapman, shuning uchun grammatika mavzular bo’limiga yangi maqolalarning kiritilishi bir oz kechiktiriladi.
      Tez kunlarda video darslar seriyasiga baho berish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Saytimizni kuzatib boring!

      Javob berish

  1. Salomova Gavhar

    Avvalambor, yaqinlashib kelayotgan Navro`z ayyomi bilan barcha yurtdoshlarimizni tabriklayman! omadingizni bersin. Foydali ma`lumotlarga boy ekan.

    Javob berish

  2. shaxina

    qatta to’liq grammatikala bor iltimos etvorin shu saytda qatta joylashgan?grammatikalani aniq qilib yozvorin oldindan rahmat

    Javob berish

  3. kimdir

    Assalomu aleykum! Azamat Xodjakov agar malol kelmasa bir taklifim bor edi. Iltimos shu yoritilb bergan mavzulariz bo’yicha savollar to’plamini joylashtirib saytga kiritsaez, man o’zim savolla tuzishga harakat qildim o’zim uchun, lekin hech o’xshatomadim,agar shu ishshi bajarib savob iw qisaez manimcha hamma abiturientla hursand bo’lgan bo’lar edi! Iltimos bu taklifim haqida jiddiy o’ylab ko’ring.

    Javob berish

  4. Jack

    Assalomu alaykum Azamat aka menga shu present perfect tense haqida kitob bormi ? Bosa manga kitobni nomini tashavoring.
    oldindan RAXMAT!!!!

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan