Bosh sahifa / Grammatik mavzular / Hozirgi tugallangan davomli zamon

Hozirgi tugallangan davomli zamon

Bu maqolani o’qishdan oldin ingliz tilidagi zamonlar, ularning farqlari haqida bilib olish uchun ingliz tilidagi zamon tushunchasi to’g’risidagi maqolamni o’qib chiqishingizni tavsiya qilaman.

Hozirgi tugallangan davomli zamon (Present Perfect Continuous) ikki hil ma’noda ishlatilishi mumkin:

1. O’tgan zamonda bajarib tugatilib, natijasi hozirgi zamonda davom etib turgan ish-harakat.

Bunday ish harakatga vaqtincha davom etib turadigan, ma’lum bir vaqt o’tgandan keyin izsiz yo’qolib ketadigan natijani keltirib chiqargan ish-harakatlar misol bo’la oladi. Buni tushunib olish uchun va’tincha davom etib turadigan natijalarni tasavvur qilaylik. Ish-harakatning qanday natijasi vaqtincha davom etib turishi mumkin? Quyidagi misollarga e’tibor bering:

  • Tom yugurib kelganga o’xshaydi – u tez-tez nafas olayapti. (Uning tez-tez nafas olishi – bu vaqtincha natija, chunki Tom bir oz muddat dam olsa, uning tez-tez nafas olishi izsiz yo’qolib ketadi);
  • Xona sigaret tutuni bilan to’lgan – bu yerda kimdir chekibdi. (Xonadagi sigaret tutuni – vaqtincha natija, chunki eshik-derazalarni ochib xonadagi havoni bir oz vaqt almashtirsak bu natija, ya’ni segaretning tutuni izsiz yo’qolib ketadi);
  • Derazadan tashqariga qarang! Osmonda bulut yo’q, quyosh charaqlab turibdi, ammo yer ho’l, hamma joy suv bo’lib ketibdi! Demak, yomg’ir yog’ibdi. (Yerdagi suv yomg’ir yog’ishidan keyingi vaqtinchalik natija, chunki bir oz muddatdan keyin yer qurib qoladi va natija izsiz yo’qoladi).

Hozirgi tugallangan davomli zamonning birinchi ma’nosi yuqoridagi gaplarda keltirilgan holatlarda ishlatiladi. Ya’ni, ish-harakat o’tgan zamonda sodir bo’ladi-yu, natijasi hozirgi zamonda davom etib turadi. Endi hozirgi tugallangan davomli zamonning ikkinchi ma’nosini ko’rib o’tamiz.

2. O’tgan zamondan to hozirga qadar bajarilishi uzluksiz ravishda davom etib kelayotgan ish-harakat.

 Bunda ish-harakatlar o’tgan zamonda boshlanib, hozirgacha uzluksiz davom etib kelayotgan bo’ladi hamda hozirgi zamonda ham davom etib turgan bo’ladi. Bu qoidadagi «uzluksiz» so’zi har doim ham uzluksizlikni anglatmasa ham, boshlangan vaqtdan hozirga qadar ish-harakatning to’xtovsiz, izchil davom etib kelganligini anglatadi. Quyidagi misollarga e’tibor bering:

  • Men ertalabdan beri televizor ko’rayapman (ish-harakat ertalab boshlanib, hozirgacha uzluksiz davom etayapti);
  • Ular maktabdan kelgandan beri futbol o’ynashayapti (ular futbol o’ynashni maktabdan kelganda boshlagan edi va ular hozir ham futbol o’ynayapti, ish-harakat hozirgacha to’xtamasdan davom etib kelayapti);
  • Mening amakim 12 yoshidan beri sigaret chekadi (bu gapdagi asosiy ma’no amakimning 12 yoshidan to hozirga qadar og’zidan hech qachon sigaret tushmaganligida emas, balki uning shu yoshdan to hozirga qadar odatni tashlamagan tarzda sigaret chekib kelganligidadir).

Hozirgi tugallangan davomli zamonning yasalish formulasi quyidagicha:

EGA+ TO HAVE+ BEEN + FE’L+ ING

Quyidagi hozirgi tugallangan davomli zamonda yasalgan gaplarga e’tibor bering. Har safar gapning tarjimasidan, ish harakat o’tgan zamonda bajarib tugallanganligiga va natijasi hozirgi zamonda davom etib turganligiga e’tibor bering. Bunda natijaning vaqtincha ekanligini ham esda tuting. Bundan tashqari quyidagi gaplarda hozirgi tugallangan davomli zamondagi gaplarda o’tgan zamondan to hozirga qadar uzluksiz davom etib kelayotgan ish-harakat ifodalanganligiga ham e’tibor bering. Bu misollarda hozirgi tugallangan davomli zamonning har ikkilasi ma’nosi uchun ham misollar keltirilgan:

  • Tom is out of breath. Tom has been running – Tom tez-tez nafas olayapti. Tom yugurgan (natijada hozir unda bir oz vaqtdan keyin butkul yo’qolib ketadigan tez-tez nafas olish holati mavjud).
  • I’m very tired, I’ve been playing tennis with my friend – Men juda charchadim, men do’stim bilan tennis o’ynadim (natijada hozir menda charchash holati bor, ammo bir oz dam olsam bu holat butkul o’tib ketadi).
  • My uncle has been smoking for twenty years – Mening amakim yigirma yildan beri chekadi (o’tgan zamondan to hozirga qadar uzluksiz davom etib kelgan ish-harakat).

So’roq shaklidaga gaplarni yasash uchun «TO HAVE» fe’li (have yoki has) egadan oldinga o’tkaziladi. Keling, yuqoridagi darak shaklidagi gaplarni so’rq gaplarga aylantiraylik:

  • Has Tom been running? – Tom yugurganmi?
  • Have you been playing tennis with your friends? – Siz do’stlaringiz bilan tennis o’ynadingizmi?
  • Has your uncle been smoking for twenty years? – Sizning amakingiz yigirma yildan beri chekadimi?

E’tibor bering, yoqiridagi so’roq gaplarda hozirgi tugallangan davomli zamonning maqola boshida ta’kidlab o’tilgan ikkita ma’nosi ifodalangan.

Inkor shaklidagi gaplarda «TO HAVE» fe’li shakllaridan keyin NOT inkor yuklamasi qo’yiladi. Yana yuqoridagi darak shaklidagi gaplarni inkor gaplarga aylantiramiz:

  • Tom has not been running – Tom yugurmagan.
  • I have not been playing tennis with my friends – Men do’stlarim bilan tennis o’ynamadim.
  • My uncle has not been smoking for twenty years – Mening amakim yigirma yildan beri chekmaydi.

Hozirgi tugallangan davomli zamon haqidagi har qanday savollaringizni quyidagi firk bildirish formasi orqali yozib qoldirishingiz mumkin. O’rganishingizga yordam berishdan har doim xursandman!

Abituriyentlar uchun test formulalari

12 ta fikr

  1. present perfect continuons juda oson tarzda yoritilgan, iltimos kelasi maqolalarda misollardan ko’proq berilsa juda yaxshi bo’lardi, o’zlashtirish kayftsenti yanada samarali bo’lardi

  2. unifighter.as@mail.ru

    raxmat Azamat aka illohim umrizi uzoq tanijonizi sog’ qilsin sizga o’xshagan odamlar ko’payo’rsin!

  3. Salom! Zamonlar haqidagi maqolalaringiz ajoyib tushinish ham oson bulyapdi lekn manashu zamonlar haqidagi maqolalaringizni urganish tartibi bilan alohida papkaga joylashtirsangiz biz urganuvchilar uchun juda yaxshi qulaylik yaratgan bulardingiz,oldindan rahmat!

  4. Kechirasiz mavzular yaxshi tushuntirilgan lekin bitta harifni yanglish yozibsiz.
    Mening amakim yigitma yildan beri chekadi (o’tgan zamondan to hozirga qadar uzluksiz davom etib kelgan ish-harakat).
    Degan yerda YIGITMA deb yozib qo’yibsiz.
    Uzur lekin.

    • Ba’zi so’zlarning xato yozilganligi uchun uzr so’rayman. Saytda xato yozilgan so’zlarni menga bildirish orqali saytimning mukammal bo’lishida o’z hissangizni qo’shayotganingiz uchun raxmat! Xatolarimni bilib olayotganimdan xursandman!

  5. Азаматжон Сайтингизда купрок турли мураккаб сузларни ургатсангиз деган ниятимда ездим!

  6. MANGAYAM URGATA OLMISLAMI

  7. MANGAYAM INGLISTILINI URGATI

  8. Assalomu aleykum Azamat aka noo’rin savol bulsa uzr!menga noldan boshlashim kerak.nimani maslaxat berasiz.

  9. Iltimos menga present perfect bilan present perfect continious ning farqlarinii tushuntirib bersangiz

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*