Hozirgi noaniq zamon

Bu maqolani o’qishdan oldin ingliz tilidagi zamonlar, ularning farqlari haqida bilib olish uchun ingliz tilidagi zamon tushunchasi to’g’risidagi maqolamni o’qib chiqishingizni tavsiya qilaman.
Hozirgi noaniq zamon (yoki ba’zan «Hozirgi oddiy zamon» ham deb yuritiladi) (Present Simple) odat tusiga kirib qolgan, doimiy takrorlanadigan, qat’iy qoidaga aylanib qolgan ish-harakatlarni ifodalash uchun ishlatiladi. Bu zamon bilan kundalik hayotimizda bajarishimiz odat tusiga kirib qolgan, umumiy holatda doim mavjud bo’lgan ish harakatlar ifodalanadi.
Biz nimalarni bajarishga odatlanib qolganmiz? Shaxsan men har kuni ertalab soat 7 da uygo’onaman, har doim ertalab nonushta qilaman, odatda ishga avtobusda boraman, kamdan-kam tennis qo’ynayman, tez-tez kino ko’raman va hokazo. Bu gaplarning hammasi ingliz tilida hozirgi noaniq zamonda ifodalanadi. Chunki bu ish-harakatlar doim, odatda, tez-tez bajarilib turiladi.
Hozirgi noaniq zamonning yasalish formulasi quyidagicha:
EGA+FE’L
Har bir gapda ega bo’ladi. Hozirgi noaniq zamonda egadan keyin fe’l keladi. 3-shaxs birlik (he, she, it)ga nisbatan bu zamonda fe’lga «-s» yoki «-es» qo’shimchasi qo’shiladi. Oxiri «-s», «-sh», «-ch», «-x», «-o» harflari bilan tugagan fe’llarga «-es» qo’shimchasi qo’shiladi. Boshqa harflar bilan tugagan fe’llarga esa oddiy «-s» qo’shimchasi qo’shiladi.
Quyida hozirgi noaniq zamonda ifodalangan gaplarni o’qing. Har safar 3-shaxs birlik (he, she, it)ga nisbatan fe’lga «-s» yoki «-es» qo’shimchasi qo’shilayotganligiga e’tibor bering. Gaplarning tarjimasini o’qing va gaplarda tasvirlangan ish-harakatlar odat tusiga kirib qolgan, doimmiy takrorlanadigan yoki qat’iy o’zgarmas qoidaga aylanib qolgan ish-harakatlar ekanligiga e’tibor bering:
- I get up at 7 o’clock every morning – Men har ertalab soat 7 da uyqudan turaman (har doim, ertalab soat 7 da uyqudan turish menga odat bo’lib qolgan, bu ish har doim takrorlanadi;
- Tom goes to work by bus – Tom ishga avtobusda boradi (odatda, Tom har doim odatda ishga avtobusda boradi, uning ishga avtobusda borishi odat tusiga kirib qolgan);
- They work in the garden every week-end – Ular har dam olish kuni bog’da ishlaydi (har damolish kuni ularning bog’da ishlashi odat tusiga kirib qolgan).
So’roq gaplarning yasalishi haqidagi maqolamdan bilasizki, umumiy so’roq gaplarni yasashda yordamchi fe’l egadan oldinga o’tkaziladi. Hozirgi noaniq zamonning yasalish formulasiga qarang, bu zamonda birorta ham yordamchi fe’l yo’q! Bunday holatda nima qilamiz? Bunda biz «TO DO» yordamchi fe’liga murojaat qilamiz.
Hozirgi noaniq zamonda so’roq shaklidagi gaplarni yasash uchun «TO DO» fe’li egadan oldinga o’tkaziladi va asosiy fe’l infinitiv holatga qaytadi.
I, WE, YOU, THEY kishilik olmoshlariga nisbatan «DO» egadan oldinga o’tkaziladi. 3-shaxs birlik (he, she, it)ga nisbatan esa DOES egadan oldinga o’tkaziladi. Quyida berilgan darak gapning so’roq gapga aylanishiga e’tibor bering:
Tom works in the garden every week-end.
(darak gap, doimiy takrorlanib turadigan ish harakat: Tom har dam olish kunlari bog’da ishlaydi)
Does Tom work in the garden every week-end?
(so’roq gap, DOES yordamchi fe’li egadan oldinga o’tkazilgan va asosiy fe’ldagi «-s» qo’shimchasi tushib qolishi orqali fe’l infinitiv holatga qaytgan. Bunday holatda, tushunish osonroq bo’lishi uchun, DO egadan oldinga o’tkazilgan, asosiy (works) fe’ldagi «-s» qo’shimchasi DO ga qo’shilishi orqali DOES hosil bo’lgan, deb tushunish ham mumkin. Bu har kimning o’z o’rganish uslubiga bog’liq).
Mana yana misollar:
- Do I look pretty? – Ko’rinishim chiroylimi?
- Do you smoke? – Siz chekasizmi?
- Does she play tennis? – U tennis o’ynaydimi?
- Does Tom go to school? – Tom maktabga boradimi?
Hozirgi noaniq zamondagi gaplarning inkor shaklini yasash uchun «TO DO» yordamchi fe’lidan keyin «NOT» inkor yuklamasi qo’yiladi va asosiy fe’l infinitiv holatga qaytadi. Quyidagi inkor gaplarga e’tibor bering:
- I do not smoke – Men chekmayman;
- Tom does not play tennis – Tom tennis o’ynamaydi;
- We do not work in the garden every day – Biz har kuni bog’da ishlamaymiz.
Hozirgi noaniq zamon quyidagi payt ravishlari bilan ishlatilishi mumkin:
- ALWAYS – har doim;
- OFTEN – tez-tez;
- USUALLY – odatda;
- SELDOM – kamdan-kam;
- NEVER – hech qachon;
- OCCASIONALLY – ba’zan va hokazo.
Hozirgi noaniq zamonga oid savollaringizga javob berishdan har doim mamnunman!
Faqat «not» ishlatiladimi? «not» ni o’rniga «doesn’t, don’t» ishlatsa bo’maydimi?
bo’ladi, bular qisqartmalar, ma’nosi bir hil
albatta, do not / does not deb ishlatsangiz ham , don’t/doesn’t deb ishlatsagiz ham noto`g`ri emas. lekin 2-shakl ko`pincha so`zlashuvda, norasmiy nutqlarda qo`llaniladi, lekin asosan IELTS imtihonida essey yozish jarayonida qisqrtmalardan foydalanmaslik tafsiya qilinadi.
Bolaveradi
does not=doesn’t
do not=don’t
bular qisqartmasi
Siz aytayotgan dosn’t va don’t does not va do not ning qisqartmasi hisoblanadi
I understood, thank you!
Rahmat kattakon
Gapning Inkor shaklida agar signal so’z ishlatsak do not does not qayerga o’tadi masalan: ular odatda uyga vazifalarini qilishmaydi bo’lsa
They don’t
Assalomalekum Mr.Azamat sizga bir savolim bor edi ingliz tilida faqatgina go and do fellari bor xolosmi qaysiki oxiro o harfiga tugagan thanks a lot in advance
«echo» fe’li ham bor 🙂
I understand
I understand. Thank you so much))
Ega+fe’l formulasi yana nimalarda ishlatiladi?
s+v1+sps bo’lishli shakli
do does+s+v1+sps so’roq shakli
s+do does+not+v1+sps bo’lishsiz shakli
Maqola zo’r raxmat
Bu matnda signal so‘zlarning foizlari yo‘qku
Present sipleda -s, -es qoʻshilmaydigan soʻzlar ham bor. Shular haqida toʻxtalib oʻtsangiz.
O’ziz o’rganvoling
Мне нравится ваши онлайн уроки ,всё просто и понятно ,Удачи
Masalan cry feli ikkinchi shaxsda kelsa crys emas cries bo’ladi shuni tushuntirib bering
Bu holat nafaqat fe’lda, balki ingliz tilidagi ba’zi otlarning ko’plik shaklini yasashda ham kuzatiladi. Masalan: baby – babies, granny – grannies, fly – flies.
O’zingiz uchun kichik bir qoidani eslab qoling: ingliz tilida «y» bilan tugaydigan so’zga «-s» yoki «-es» qo’shmoqchi bo’lsangiz, ko’p holatlarda (ammo istisnolar ham bor) «y» harfi «i» harfiga o’zgaradi.
Katta rahmat
GreatI liked it)
Hop
Nmmmm
Kota rahmat shu mavzuga tushun mayotgan edim rahmat Alloh rozi bolsin
Darslar juda zo’r va tushunarli
Assalomualaykum maqolangiz juda zo’r chiqqan kotta rahmat shuncha ma’lumotlar uchun.Yana bir narsa iloji bo’lsa «to do » va » to be» fellarinig farqini sodda qilib tushintirib bersangiz qaerlarda ishlatilinadi ? Javob uchun oldindan rahmat !
Rahmat juda tushunarli maqola ekan. Allohim ilmingizni bundan ham ziyoda qilsin!
Assalomu alaykum Mr. Azamat. telegramda kanaliz yoki gr iz bormi. Oldindan rahmat
Assalomu alaykum. Nega present simple ni noaniq zamon deb atashadi?
Present simple Nega noaniq zamon deyiladi?
Kechirasiz menga presnt simplning uchta soroq gap tashavoring iltimos
Mening fikrim juda zo’r bu darslar bo’yicha hammasi o’zimga kerakli narsalarni oldim rahmat kattakon
Hozirgi noaniq zamonda faqat 1-shaxs birlik va 3-shaxs birlik uchun qoida mavjud bo’lsa , 2-shaxsda birlikda qanday bo’ladi?. Ko’plikdagi barcha shaxslardachi? Ularda o’zgarish bo’lmaydimi?