Bosh sahifa / Shaxsiy rivojlanish / Haqiqiy hayotni chetga surib qo’ying

Haqiqiy hayotni chetga surib qo’ying

Bu maqolam pessimistlar va bir ish boshlashdan avval yuz berishi mumkin bo’lgan qiyinchiliklarni o’ylayverib, rejalarini amalga oshira olmay qoladiganlar uchun. Siz barcha rejalaringizni amalga oshirishdan avval uning oqibatlari, amalga oshirishdagi qiyinchiliklarini haqiqiy hayot o’lchovlari asosida tahlil qilasiz va rejangiz haqiqiy hayotda umuman amalga oshmaydiganday bo’lib tuyuladi. Shu kunga qadar amalga oshirilgan eng buyuk ishlar, kashfiyotlar, yangiliklar haqiqiy hayotni chetga surib qo’ygan holda – faqat tasavvur va orzuga ergashib amalga oshirilgan.

Haqiqiy hayot juda zerikarli va tushkunlikka boy muhit. Siz unda hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmaysiz. Atrofdagilar Sizga doim «Bu ishni qilma, uddalay olmaysan, buning imkoni yo’q» deyishdan to’xtamaydi. Ularning gaplarisiz ham haqiqiy hayot o’lchamlari haqidagi fikrlar har qanday rejalaringizni barbot qilishga tayyor turibdi. Pessimistlarning «Buning iloji yo’q» degan o’lchovlari ular uchun hayot haqiqati bo’lishi mumkin, lekin Siz bu o’lchov qoidalari bo’yicha yashashga majbur emassiz. Shunday ekan, biror yaxshi natijaga erishish uchun haqiqiy hayotni chetga surib qo’yishga majbursiz.

Bugungi kunda erishib bo’lmaydigan va amalga oshirib bo’lmaydigan ishning o’zi yo’q. Mening fikrimcha, Siz o’zingiz xohlagan barcha narsaga erisha olasiz. Farqi yo’q – Siz qaysidir sohada chempion bo’lishni xohlaysizmi, behisob boylikka erishishni istaysizmi, imkonsiz bo’lib tuyulayotgan nimagadir ega bo’lmoqchimisiz – istagingiz qanday bo’lishidan va qanchalik katta bo’lishidan qat’iy nazar Siz unga erisha olasiz! Buning uchun Sizdan faqat bitta narsa talab etiladi: haqiqiy hayotni chetga surib qo’yish va tasavvuringizdagi natijaga – orzuingizga ergashish!

Behisob pul mablag’lariga ega bo’lish orzusida yurganlarga: Siz o’zingiz xohlaganday katta boylik egasi bo’lishingiz mumkin, faqat bu uchun haqiqiy hayot o’lchamlarini chetga surib qo’ying. Haqiqiy hayot yuzasidan fikr yuritsak, hammamiz Sizning Bill Geytsdan ham boyroq bo’la olmasligingizni yaxshi bilamiz. Ammo buning Sizga nima qizig’i bor? Hozirgi vaqtda pul topishning sanoqsiz usullari va yo’llari bor. Pul orttirish uchun qadim zamonlardagidek erta-yu kech konda ishlashingiz ham shart emas. Fikrlang va haqiqiy hayot cheklovlarini e’tiborsiz qoldirgan holda maqsadingizga erishishning milliardlab usullari borligini ko’rasiz.

Yaxshi daromad keltirishi mumkin bo’lgan biznes boshlash niyatida yurganlarga: ko’proq pul ishlab topish uchun «Qanday biznes boshlasam ekan?» degan savolingizning javoblarini haqiqiy hayotdan izlamang. Biz ko’rib turgan hayotdagi biznes turlari allaqachon kashf qilib bo’lingan. Tasavvuringizni ishga solib yangi, aql bovar qilmas, hech kimning hayoliga kelmagan, eshitganlar «Bunday ishni amalga oshirish mumkin emas!» deyidigan darajadagi biznes turini kashf qiling. Uni amalga oshirish haqida o’ylaganingizda hech narsadan qo’rqmang. Bugungi kunda har qanday ishni bundan ellik yil avvalgiga nisbatan oson uddalash yo’llari bor: hozirda birgina internet imkoniyatlaridan foydalansangiz, Sizga idora uchun joy ham, biznesingizni yuritish uchun qo’shimcha haq to’lashingiz kerak bo’ladigan ishchi-xizmatchilar ham kerak bo’lmay qolishi mumkin. Mablag’lar va ortiqcha kuch sarflashni tejaydigan yana qanchadan-qancha zamonaviy texnologiyalar bor. Ulardan ustalik bilan foydalaning.

Bugungi yashab turgan kunimiz biz uchun juda katta imkoniyatlarni taqdim etadi. Biz yuz yil avval yashab o’tgan ota-bobolarimizdan ko’ra ko’proq imkoniyatga egamiz. Ularda bizdagidek qulayliklar va imkoniyatlar bo’lmagan. Demak, biz ulardan ham buyukroq ishlar qilishga qodirmiz.

Yashab turgan yurtimiz – O’zbekiston esa har qanday yangiliklarni kashf qilish uchun juda qulay mamlakat. AQSh yoki Yevropa mamlakatlarida deyarli barcha turdagi bizneslar kashf qilinib bo’lingandek. Ammo ularning sharoitiga nisbatan O’zbekistonning yangi biznes maydonchasi sifatidagi imkoniyatlarini hisobga olsak, bizda hali qilinmagan ishlar, ochilmagan yangiliklar va kashf etilmagan ajoyib biznes g’oyalar milliardlab topilishini ko’rishimiz mumkin. Yangi g’oyalarni amalga oshirish yoki shunchaki rejalashtirish uchun esa haqiqiy hayot chegaralarini e’tiborsiz qoldirishga to’g’ri keladi.

Xullas, haqiqiy hayot aslida muhit emas, oddiygina bahona, xolos! Haqiqiy hayot kuchsiz odamlarning «Bu narsaning imkoni yo’q» deyishlari va harakat qilmasliklari uchun oddiy bahona. Bu bahona Sizga ta’luqli emas. Orzu qilishda davom eting. Hammasi yaxshi bo’ladi.

Abituriyentlar uchun test formulalari

6 ta fikr

  1. Yangi biznesni nimadan boshlay? (ko’pchilik yo’l qo’yayotgan xato)

    Davomi: http://aql.uz/articles.php?cat=22
    http://www.aql.uz

  2. Ajoyib maqola ekan.

  3. Siz judayam saxiy odam ekansiz! Chunki boshqalar o’ziga daromad keltirayotgan biznesni hech kimga bildirmaslikka harakat qilardi.

  4. Raxmat Maslahatlariz u.n..!

  5. Man pessimistman wunga oid køp adabiyotlani 6qiganman dardlashadiganla b6lsa pastdagi adresslaga yozsin maza qilib yig’lashamiz Odnoklassniki.ru/bumashrab
    ok.ru/bumuhammad
    facebook.com/mookhammaad

  6. Assalomu aleykum sayt boshqaruvchisi. Sizning bu saytga joylashtirgan maqolalaringiz orqali men va menga o’xshash ko’p yoshlar yanada bilimga ega bo’lib hayotidagi maqsad sari yanada ilhomlanib oldinga harakat qilmoqda. Ayrim Maqolalaringi insonga ruxiyat kuch bag’ishlaydi. Agar iloji
    bo’lsa ingliz tili darsliklarini ko’paytirsangiz. Gramatika va IELTS. Ishlaringizga omad, Kelayotgan Ramazon Hayiti bayramlari muborak bo’lsin.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*