Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Gutenberg yangilanishidan qanday o’zgarishlarni kutish kerak?

Gutenberg yangilanishidan qanday o’zgarishlarni kutish kerak?

Agar WordPress atrofida bo’layotgan o’zgarishlarga oz bo’lsada e’tibor qaratgan bo’lsangiz, hammamiz WordPressning 5-versiyasini kutayotganimizni sezgan bo’lishingiz kerak. Gutenberg yangilanishi WordPress bilan ishlashga odatlangan har bir kishining tizimga ta’luqli odatiy qarashlarini o’zgartirmasdan qolmaydi. Gutenberg  WordPress asosiga qo’shiladi. Bu bilan WordPress dasturchilari, yozuvchilar, blogerlar va WordPress atrofidagi har bir kishi maqolalar chop etish sohasida o’zgacha yangilanish qulayliklarini his etishadi.

Gutenberg nima?

Hozircha Gutenberg alohida plagin sifatida tanilgan. U odatiy matn muharriri o’rnida ishlaydi. Odatiy matn muharririda matn, rasm va shortkodlar qo’shib yozilsa, yangi muharrir bilan bularning har biri alohida blokka aylanadi. Har bir blok matn, rasm yoki shortkod o’rnini belgilab beradi. Visual Composer yoki shunga o’xshash boshqa sahifa quruvchilarini ishlatgan bo’lsangiz, yangi muharrirda bloklar asosida ishlash qanday bo’lishini tasavvur qila olasiz. Bu yangilanish bilan barcha WordPress foydalanuvchilari maqolalarni bloklar qurilishi asosida yozishadigan bo’lishadi.

WordPressning 5-versiyasidan boshlab tizimning odatiy matn muharriri o’rnida Gutenberg muharririni ko’ra boshlaymiz. Bu yangi muharrir WordPress ichida asosiy muharrir sifatida ishlay boshlaydi. Demak, 5-versiyadan e’tiboran hammamiz Gutenbergga o’tishga majbur bo’lamiz.

Nega bu katta ahamiyatga ega?

Tizimda asosiy matn muharrir almashsa WordPressning barcha shablonlari, plaginlari va ular bilan ishlovchi kishilar ish uslubida ham o’zgarishlar bo’ladi. Millionlab saytlar WordPressdan foydalanadi. Butun internetning 35% dan ko’proq qismiga ta’sir ko’rsatuvchi bu o’zgarish haqli ravishda hozir hammaning diqqatini o’ziga qaratgan.

Katta yangilanish yuz bergandan so’ng ko’pchilik saytlarning ma’lum qismi ishdan chiqadi. Juda ko’p saytlarga texnik yordam kerak bo’lib qoladi. Avvaldan ishlatilayotgan shablonlar va plaginlarga katta o’zgartirishlar kiritilishi zarur bo’ladi. Sayt ishi to’xtamasligi kerak bo’lgan tashkilotlar, blogerlar va tijoratlar aynan shu sababga ko’ra ham bu yangilanishga jiddiyroq yondoshishlari kerak.

WordPress foydalanuvchilariga tavsiya

Agar saytingiz WordPress asosida ishlasa, yangi 5-versiyani kutib olishdan oldin texnik sinovlarni amalga oshirishingiz kerak. Birinchi navbatda saytingizdan to’liq backup oling.  Imkon qadar lokal muhitga ishlat turgan saytingizni ko’chirib olib yangilashga harakat qiling. Nimadir buzilib qolsa, sayti ishdan chiqsa, internetda turgan saytingiz faoliyati to’xtab qolmasligi kerak. Hech qachon ishlab turgan saytning o’zida yangilamang!

Yangilashdan so’ng sayt ishdan chiqsa uni o’zingiz sozlashingiz yoki texnik yordam uchun dasturchiga murojaat qilishingiz mumkin. WordPress asosida dasturlash va PHP bo’yicha tajribangiz yetarli bo’lmasa, ishdan chiqqan shablon va plaginlaringizga tegmasligingizni tavsiya qilaman. Chunki keyinchalik dasturchiga murojaat qilganingizda uning ishini yanada qiyinlashtirib qo’yishingiz mumkin.

Eng so’nggi versiyadagi shablon va plaginlardan foydalaning. Agar plagin va shablonlaringiz eski versiyada bo’lsa, tizimni 5-versiyaga o’tkazishdan oldin ularni yangilang. Bunday qilishdan maqsad – avvaldan yangilangan va Gutenberg uchun moslangan shablon hamda plaginlarga ega bo’lish. Ko’p ishlatiladigan mashxur plagin va shablonlar yangi muharrir uchun oldindan tayyorgarlik ko’rishadi. Sayt ishdan chiqishini kutmasdan ularni oldindan yangilab qo’ygan ma’qul.

Barchaga WordPressning yangi versiyasiga o’tish og’riqsiz kechisini tilab qolaman. Saytlar uchun texnik yordam kerak bo’lsa, kamina har doim aloqada:

Telefon: +998 93 798 22 00

Telegram: @getOver

Gutenberg yangilanishidan qanday o’zgarishlarni kutish kerak?” maqolasiga bitta fikr bildirilgan

  1. Ахмат

    Ассалому алайкум Азамат ака. Мени саволим бор эди. Вордпрессда маколаларни ёзгандан кейин туппа-тугри асосий старничкага утиб колаябди. Лекин узим очган, масалан «Рус тили» страничкасига ёзган маколамни утказиб бумаябди. Уни кайси плагин билан тугирлаш мумкин?

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan