Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Guest blogging sayt SEOsiga yordam beradi

Guest blogging sayt SEOsiga yordam beradi

O’z blogiga ega bo’lganlar ba’zan boshqa saytlar uchun maqola yozishadi. Ular o’zlarining saytlarida chop etmaydigan, alohida maxsus yozilgan maqolani mavzuga doir boshqa bir saytda chop etishadi. Bu guest blogging, deyiladi. Ingliz tilidan tarjima qilganda «Mehmon sifatida blog yozish», ma’nosini beruvchi ushbu faoliyat saytning SEOsiga yaxshi ta’sir qilishi mumkin.

SEO guest blogging bilan qanday bog’liq?

Google yoki boshqa qidiruv mashinalari saytlarni qanday indeks qilishini bilasiz. Webda kontent sifatida yozuvli ma’lumot qidiruv mashinalari tomonidan rasm, audio yoki vizual boshqa ma’lumotga nisbatan yuqoriroq baholanadi. Blogging esa maqolalar sababli SEO uchun eng kuchli qurollardan biri hisoblanadi.

Saytingiz qidiruv natijalarida ko’proq uchrashi, yuqoriroq o’rinda ko’rsatilishi uchun qidiruv mashinalari va saytlari nazdida saytingiz «ishonchli» bo’lishi kerak. Ular ishonchni ko’plab faktorlarga ko’ra aniqlashadi. Eng keng tarqalgan faktor esa boshqa saytlarning sizning saytingizga qanchalik e’tibor qaratishi bilan o’lchanadi. Boshqa bloglar sizning blogingizga qancha ko’p link bersa, boshqa saytlarda sizning ma’lumotlaringizdan qanchalik ko’p foydalanishsa, saytingizning ishonchlilik xususiyati shuncha ortadi.

Bloger boshqa saytlarda maqola yozganda o’zining saytiga link beradi. Maqola oxiridagi «Muallif haqida» bandida o’z blogi haqida aytib o’tadi. Qidiruv robotlari uchun shu link saytning SEOsini oshirish uchun yetarli hisoblanadi. Bir blogerning qanchalik ko’p saytlarda maqolalari bo’lsa, uning o’z sayti Googleda shuncha ko’p e’tibor qozona oladi.

Nima qilish kerak?

Agar saytingiz bo’lsa va qidiruvda asosiy kalit so’zlaringiz bo’yicha yaxshiroq natijaga ega bo’lishni istasangiz, imkon boricha mashxur saytlarda maqolalaringiz bilan qatnashishga harakat qiling. O’z saytingizda chiqarilmagan maqolalarni, sifatli ma’lumotlarni boshqa hamkor saytlar bilan baham ko’ring.

IT sohasi bo’yicha o’zbek tilida men biladigan saytlardan Texnoman guest blogging uchun yaxshi sharoit yaratgan. Boshsa saytlar ham bo’lishi kerak.

Medium o’zining keng qamrovli yo’nalishdagi maqolalari bilan mashxur. Ba’zi o’zbek blogerlarning ham o’zbek tilidagi maqolalarini bu saytda uchratganman. Ingliz tilida yoki ko’p tilli kontent qabul qiladigan boshqa mashxur saytlarni ham topishingiz mumkin.

Saytingiz SEOsi qancha rivojlansa, saytingiz orqali yuritadigan tijoratingiz ham shuncha rivojlanadi. Saytingizdagi sotuvlarni yanada kuchaytirishingiz mumkin. Boshqalarning sayti uchun mehnat qilib yozgan maqolalaringiz o’zingizning saytingiz uchun juda katta foyda keltirishi mumkin.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan