Bosh sahifa / Internetda pul ishlash / Google Trends qulayliklari

Google Trends qulayliklari

Agar internetga oz bo’lsa ham ta’luqli tijorat bilan shug’ullanayotgan bo’lsangiz, Google Trends platformasi haqida chuqurroq o’rganishingiz kerak. Chunki aynan shu foydali platforma orqali keyingi harakatlaringizni to’g’ri rejalashtirishingiz, yangi mijozlar topish bo’yicha manfaatli qarorlar qabul qilishingiz mumkin.

Google Trends odamlar internetda (Google orqali) nimalarni izlayotganlari haqida umumiy tasavvur beradi. Uni butun Google qidiruvining statistikasi, deb atashimiz mumkin. Bu katta statistikada butun dunyo bo’yicha bir necha shartlarga ko’ra saralash mumkin bo’lgan qimmatli ma’lumotlar jamlangan.

Google Trends qanday ishlaydi?

O’zingizga eng kerakli qidiruv iboralari, so’zlarni izlab ko’rishingiz, natijalarni hudud bo’yicha, yoki vaqtga ko’ra saralashingiz mumkin. Google Trendsdan foydalanish juda oson. Platformaning juda sodda va tushunarli interfeysi bor. Izlagan ma’lumotingiz diagramma ko’rinishida vaqt chizig’i bo’ylab o’sib boruvchi yoki tushuvchi shaklda ko’rsatiladi. Siz qiziqayotgan kalit so’zning qaysi davlat (shahar yoki hududda) necha martalab izlanishiga ko’ra kuzatishingiz ham mumkin.

Trends yordamida bir nechta kalit so’zlarni (qidiruv iboralarini) o’zaro taqqoslash ham mumkin. Bu kuzatuvchiga qaysi so’z boshqasiga nisbatan qaysi davrda qay holatda bo’lganligi haqida tasavvur beradi. Solishtirilishi mumkin bo’lgan so’zlarning cheklanmaganligi esa bir vaqtning o’zida bir nechta so’zni taqqoslash imkoniyatini yaratadi.

Qidiruv iboralarini nafaqat Google qidiruviga ko’ra, balki YouTube, Yangiliklar, Haridlar bo’yicha saralash ham mumkin. Odamlar qaysi mavzuga ko’proq qiziqishayotganini, qaysi turdagi yangiliklarni ko’proq o’qib, qanday mahsulotlarni ko’proq harid qilishayotganini o’rganib chiqishingiz mumkin.

Fikrimcha, tijorati internet bilan uzviy bog’liq bo’lmagan kishilar ham o’z mahsulot va xizmatlari kelajagini rejalashtirishda Google Trends ma’lumotlari bilan hisoblashishsa zarar qilishmaydi. Chunki u yerdagi ma’lumot doim yangilanib turadi va har doim real qidiruvlar, jarayonlar holatini aks ettiradi.

Platforma tijoratdan tashqari boshqa yo’nalishlar uchun ham qo’l kelishi mumkin. Masalan, ilmiy ish qilayotgan, izlanayotgan kishilar uchun tirik qidiruv statistikasi kerak bo’lsa, uni aynan Google Trends orqali olishlari mumkin.

Google qidiruvi imkoniyatlarini o’zingiz uchun yangi bosqichga olib chiqing. Google Trends bilan qiziqib ko’ring.

Abituriyentlar uchun test formulalari

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*