Bosh sahifa / WordPress / Ma'lumot / Google Translate yordamida saytni ko’ptilli qilish

Google Translate yordamida saytni ko’ptilli qilish

Albatta, ko’ptilli saytning har bir tildagi ma’lumotlari inson tomonidan yozilgan bo’lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ammo buning imkoni bo’lmaganda Google Translate saytining avtomatik tarjimalaridan foydalanishimiz ham mumkin. WordPress asosida ishlaydigan saytga Google Language Translator plaginini o’rnatish orqali saytdagi ma’lumotlarni avtomatik ravishda boshqa tillarga tarjima qilishni yo’lga qo’yish mumkin. Yaqindan boshlab Google Translate saytida o’zbek tilining ham paydo bo’lishi esa bu plagin imkoniyatlarini yanada oshirdi va O’zbekiston web ustalari uchun ko’proq qulayliklarni keltirib chiqardi.

Bu plagin barcha boshqa plaginlar singari oson o’rnatilishi va sozlanishi mumkin. Plaginni yuklab, aktivlashtirganingizdan so’ng saytingiz ma’lumotlari nechta tilga avtomatik tarjima qilinishi kerakligini sozlashingiz mumkin bo’ladi:

Bundan tashqari plaginda Google logosini ko’rsatish yoki ko’rsatmaslik kabi bir necha kichik sozlanmalar ham bor.

Eslatib o’tmoqchiman, WordPress asosida ishlaydigan saytlarni ko’p tilli qilish yo’llari ko’p. Masalan, WPMU plaginidan foydalanib saytni ko’p tilli qilish mumkinligi haqida mana bu maqolada bir oz to’xtalib o’tgan edik. Bundan tashqari WPML plagini yordamida ham saytni ko’p tilli qilish mumkin. Bu haqida keyingi maqolalarda.

Abituriyentlar uchun test formulalari

4 ta fikr

  1. bu plaginni DLE dvijokiga o`rnatish ham mumkinmi ?

  2. Salom, sizi saytizga habar qoldirganda har bir odamning fikridan oldin rasm turadi. Usha rasmni wordpressda qanday o’rnatiladi? Admindi avatarichi?

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*