Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Google indeksi qanday ishlaydi?

Google indeksi qanday ishlaydi?

Google qidiruv mashinasining indeks qilishi – Sizning saytingizdagi barcha ma’lumotlarni (matn, rasm, audio, video…) o’zining bazasida «yo’l ko’rsatkich» sifatida nusxalashidir. Misol uchun, Sizning saytingizda pandaning rasmi bo’lsa, bu rasm saytingizda chop etilgan vaqtda Googlening robotlari tomonidan Google bazasiga nusxalanadi va foydalanuvchilar Google orqali «panda» deb qidirganda Sizning saytingizga to’gridan-to’g’ri link bilan natija sifatida ko’rsatiladi. Googleda sayt ma’lumotlarining indeks bo’lishi uch bosqichdan iborat bo’lgan umumiy indekslash amaliyotining ajralmas va eng asosiy qismi hisoblanadi. Ularni quyidagicha tushunishimiz mumkin:

1. Saytingizda yangi ma’lumot joylashtirilgan vaqtda Google robotlari (googlebot, robot, spider) bu haqida xabar topadi va saytingizga kirib «o’rmalab» chiqadi (crawl – o’rmalamoq). Bu o’rmalash davamida saytingizdagi mavjud indeks qilingan ma’lumotlar baza bilan solishtiriladi hamda yangi, indeks qilinishi kerak bo’lgan ma’lumotlar saralab olinadi.

2. Saytingizdagi barcha o’zgargan ma’lumotlar – yangi qo’shilganlari va o’zgartirish kiritilganlari Googlening ma’lumotlar bazasiga nusxalanadi. Mana shu jarayonini o’zini indekslash deb tushunishimiz mumkin.

3. Foydalanuvchi Google orqali ma’lum bir ma’lumotni qidirsa va bu ma’lumot yuqoridagi ikki bosqich natijasida Google bazasida zahiralangan Sizning ma’lumotlaringiz bilan mos tushsa, Google uni foydalanuvchiga ko’rsatadi. Bu so’nggi bosqich yetkazib berish, deb ataladi.

Google indekslashida saytingiz ma’lumotlarining nusxalanishini to’g’ri tushunib olishimiz zarur. «Nusxalanadi» deganda Google saytingizni nusxalab, uning klonini tayyorlaydi va saytingizdan boshqa manzilda yana bitta huddi shunday sayt ochadi, degani emas. Google faqat qidiruvda qo’l kelishi mumkin bo’lgan, saytning asosiy ma’lumotlarini o’zida jamlay oladigan darajadagi ma’lumotlarnigina nusxalaydi. Bu nusxalar qidiruvda ma’lumotlarning tez topilishiga yordam beradi. Foydalanuvchi ma’lum bir so’z yoki iborani qidirganda Google o’z bazasidagi zahira ma’lumotlarni izlaydi. Mos kelgan ma’lumotlarni natijalar ro’yxatida ko’rsatadi. Bu ro’yxatda ko’rsatilgan ma’lumotlar Google zahirasidagi ma’lumotlar hisoblanadi, saytdagilar emas. Qidirgan foydalanuvchi ro’yxatdagi natijalardan birini tanlaganda esa Google uni ma’lumotning asl vatani bo’lgan saytga yo’llaydi. Demak, bundan ma’lumki, Google indeks qilingan ma’lumotlarni faqat qidiruvni tezlashtirish maqsadida saqlaydi. Natijalar ro’yxati esa har doim foydalanuvchilarni indeks qilingan saytlarga – misol uchun, Sizning saytingizga yo’llaydi.

Google indeksida imkon qadar ko’proq joy olish va natijalar ro’yxatida imkon boricha yuqoriroq ko’tarilish saytingizning mashxur bo’lishi, foydalanuvchilaringizning ko’payishida muhim rol o’ynaydi. Saytlarning qidiruv mashinalarida, xususan Googleda yaxshiroq topilishi, ko’proq natija ko’rsata olishi uchun tayyorlash, optimallashtirish sohasi SEO (Search Engine Optimization – Qidiruv Mashinasiga Moslash) deb ataladi. SEO haqida rus va ingliz tilida ma’lumotlar juda ko’p, ularni o’rganib olish uchun Google orqali qidirishning o’zi kifoya. Google indekslashida saytingiz yaxshi o’rin egallashini istasangiz, foydalanuvchilar uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlar bilan boyitilgan saytingizni optimizatsiya qilish haqida o’ylab ko’ring.

Google indeksi qanday ishlaydi?” maqolasida 2 fikr

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan