Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Google AdSensedan navbatdagi chek keldi

Google AdSensedan navbatdagi chek keldi

Internet orqali sayt yordamida pul ishlash sohasiga qiziquvchilarga yangi ilhom va rag’bat ulashish maqsadida bugun kelgan Google AdSense chekini rasmga olib, saytda e’lon qilishni joiz topdim. Chekda arzigulik miqdordagi pul bo’lmasa ham, har holda «Rostdan ham internet yoki sayt orqali pul ishlash mumkinmi?» degan savol javobiga shubha bilan qarovchilar o’zlari uchun ma’qul xulosani chiqarishadi, sayt orqali pul ishlash harakatida yurganlar esa yangi ilhomlanish bilan o’z harakatlarini kuchaytirishadi, degan umiddaman.

Chekdagi pulni naqd pulga aylantirish usullari ko’p. Hozircha bu haqida bosh qotirmasdan, AdSense chekini bizgacha kelishiga sabab bo’ladigan saytni boyitish, uni tashkil qilish va samarali yuritish to’g’risida o’ylaganimiz ma’qul.

Saytda reklamalar joylashtirish orqali pul ishlash mumkin. Sayt yordamida avtopilot shaklida pul ishlash va amalda hech qayerda ishlamasdan turib moliyaviy mustaqillikka ega bo’lish juda yaxshi. Agar saytingiz bo’lmasa bugundanoq o’z saytingizni yaratishga harakat qiling. Saytga ega bo’lsangiz, uni rivojlantirish va foyda keltiradigan darajaga yetkazishingizda omadlar tilayman.

Google AdSensedan navbatdagi chek keldi” maqolasida 79 fikr

  1. HappyR

    Azamat aka salom
    Google Adsense dan xat keladi degan edingiz, uni o’rniga xat kelmasdan, paypal va websumlarga o’tkazish iloji bormi?

    Javob berish

          1. Azamat Xodjakov

            Naqd qilish haqida saytimda yozishga haqli emasman. Saytimdagi ma’lumotlar hech qaysi jihatdan biror qonunga zid kelib qolishini xohlamayman. Chekni olgan kuningiz xabar bersangiz uni Sizga naqd qilishni albatta o’rgataman. Va’da beraman.

  2. davron

    azamat aka chek sizgacha yetib kelmasa nima buladi ? masalan sizga kelguncha yo’lda yo’qolsa?
    2-savolim bu pulni qaysi saytingiz orqali ishlab togansiz?

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Chek nega yetib kelmaydi? Pochta xizmati ishlab turganda yo’qolishi mumkinmi?
      Agar mobodo yo’qolsa bu haqida Googlega email yozasiz. Ular aniqlashtirib, eski chekni haqiqiy emas deb topadi va Sizga yangi chek yuboradi!

      Javob berish

  3. Sherzod

    Azamat aka uzobmen.ru sayti haqida eshitganmisiz?
    Webmoneydagi pulni naqt qilsa bo’larkan
    Agar o’sha sayt haqida sizda ma’lumot bo’lsa aytingchi ular ishonchlimi?

    Javob berish

  4. Azamat

    To’g’risi men uchun bu juda muxim, xozir menda aniq bir (taxminiy bo’lsa xam) raqam yo’q 1 oyda o’rtacha qancha foyda olish mumkinligiga. shunga aniqlik kirita olsam mendaham yaxshigina g’oyalar bor edi.

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan