Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Google AdSensedan navbatdagi chek keldi

Google AdSensedan navbatdagi chek keldi

Internet orqali sayt yordamida pul ishlash sohasiga qiziquvchilarga yangi ilhom va rag’bat ulashish maqsadida bugun kelgan Google AdSense chekini rasmga olib, saytda e’lon qilishni joiz topdim. Chekda arzigulik miqdordagi pul bo’lmasa ham, har holda «Rostdan ham internet yoki sayt orqali pul ishlash mumkinmi?» degan savol javobiga shubha bilan qarovchilar o’zlari uchun ma’qul xulosani chiqarishadi, sayt orqali pul ishlash harakatida yurganlar esa yangi ilhomlanish bilan o’z harakatlarini kuchaytirishadi, degan umiddaman.

Chekdagi pulni naqd pulga aylantirish usullari ko’p. Hozircha bu haqida bosh qotirmasdan, AdSense chekini bizgacha kelishiga sabab bo’ladigan saytni boyitish, uni tashkil qilish va samarali yuritish to’g’risida o’ylaganimiz ma’qul.

Saytda reklamalar joylashtirish orqali pul ishlash mumkin. Sayt yordamida avtopilot shaklida pul ishlash va amalda hech qayerda ishlamasdan turib moliyaviy mustaqillikka ega bo’lish juda yaxshi. Agar saytingiz bo’lmasa bugundanoq o’z saytingizni yaratishga harakat qiling. Saytga ega bo’lsangiz, uni rivojlantirish va foyda keltiradigan darajaga yetkazishingizda omadlar tilayman.

Google AdSensedan navbatdagi chek keldi” maqolasida 79 fikr

  1. Jahongir

    Mani ham huddi shu savol qiziqtirdi, yani qanchada shuncha pul topti va qaysi saytingiz|?. Yana bir narsa, Chekni qanday qilib obnalichit qiganizzi to’liq yozvorsez. Bu hammani qiziqtirgan savol

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      AdSense chekini olgan zahotingiz men bilan bog’laning, naqd qilish yo’lini o’rgataman. Hozircha chekni olguncha bo’lgan ishlar haqida bosh qotirganingiz yaxshi.

      Javob berish

  2. Akramxon

    Ушбу маблагни канча вактда тупладингиз ?
    Кайси сайтда ишладингиз Аzamat.uz сайтида реклама куринмаяптику?

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Azamat.uz sayti o’zbek tilida bo’lganligi uchun unga AdSense reklamalarini qo’yib bo’lmaydi. Boshqa saytlarda AdSense reklamalarim qo’yilgan.

      Javob berish

  3. Azam

    1.Chek pochta orqali keladimi? agar pochta orqali kelsa pochtaga xizmat haqiga qancha beriladi?
    2.Mening saytim o’zbek tili da bo’lganligi uchun adsense qabul qilmadi.
    Azamat akka saytimni engliz tiliga tarjima qilib adsense saytimni qabul qilganidan so’ng yana o’zbek tiliga
    tarjima qilib qo’ysam adsense pul to’laydima?

    Javob berish

  4. Ibrohimjon

    Men GoogleAdSense saytida ro’yhatdan o’taman va mening email pochtamga reclama kodi keladi(html ko’rinishda) va men uni saytimga joylayman. Endi kliklar uchun to’lanadigan pul qanday qilib mening webmoneyimga tushadi?

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Noo’rin savol. WebMoney haqida hali hech qanday gap bo’lgani yo’q. Bundan tashqari pul qanday qilib olinishi yuqoridagi maqolada rasmi bilan ko’rsatilgan.

      Javob berish

  5. TeMuR

    Azamat aka shu blogdagi adsense chek rasmi korinmayabdiku.
    Test uchun 2 ta android va 1 ta komp orqali shu blogizga kirdim lekin umuman korinmadi.
    Boshqa bloglarizdagi rasmlarni korsatyabdi.
    Faqat shu blogdagi rasmlarni korsatmayabdi.
    shuni to’g’irlab qo’ysangiz.

    Javob berish

  6. Anvar Jamgirov

    kukariku saytinggizni shablonini sal nazoratdan utkazing chunki komp versiyadan srzi kichraytirilsa maqolalar tushunarsiz bulib qolyapti !!!

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan