Google AdSense puli qayerdan, qanday qilib olinadi?

Googlening AdSense dasturi orqali saytda reklamalarni ko’rsatish yordamida ishlab topiladigan pul qanday qilib va qayerdan olinishini so’rab menga ko’p web ustalar murojaat qilishadi. Ushbu maqolamda shu yo’nalish bo’yicha menga berilgan barcha savollarga javob sifatida Google AdSense dasturi orqali men qayerdan va qanday qilib pul olganligimni batafsil yozmoqchiman. Bu yerda beriladigan ma’lumotlar faqat AdSense orqali yetarli darajada pul ishlab topib, uni bank orqali olish istagida bo’lganlar uchun. AdSense dasturi bilan endi tanishayotganlar va pulni yechib olishgacha bo’lgan darajadagilar avval dasturning boshqa jihatlari haqida bosh qotirishlari kerak.
Men 2007-yil o’rtalarida o’zbek milliyligini targ’ib qiluvchi ingliz tilida yoziladigan oddiy blog ochgan edim. Unda (qiziqish va pul ishlab topish maqsadida) AdSense reklamalarini joylashtirdim. Bu blogga qiziqishim shunchalik darajaga yetdiki, har bir milliy taomimizning tayyorlanish jarayonini rasmga tushirib, ular haqida maqolalar yozish uchun fotoapparatim bilan mahalliy oshxonalarda izg’ib yurardim. Bir necha oydan keyin blogim orqali AdSense reklamalarini ko’rsatishdan ishlab topgan pulim yechib olish darajasiga yaqinlasha boshladi. Shundan keyin to’satdan blogimga joylashtirilgan reklamalar ko’rinmay qoldi. AdSense admin paneliga kirganimda esa u yerda “Sizning ishlab topgan pulingiz ma’lum miqdorga yetdi, endi manzilingizni tasdiqlashingiz talab etiladi” ma’nosidagi e’lonni ko’rdim. Dastur talabiga ko’ra uy manzilimni (davlat, viloyat, shahar, ko’cha nomi va uy raqami, telefon raqami, ism-sharifim, pasport raqamim va hokazo) boshqa ma’lumotlarim bilan birga admin panelda qayta tekshirib chiqdim va barchasi to’g’ri ekanligiga ishonch hosil qildim. Shundan so’ng admin panel orqali “Mening yuqorida ko’rsatilgan barcha ma’lumotlarim to’g’ri va manzilimni tasdiqlovchi xatni menga yuborishlaringizga roziman” degan bo’limni belgilab, yuborish tugmasini bosdim.
Googledan xat juda kechikib keldi. Aniq eslay olmayman, lekin tahminan ikki oydan ko’proq vaqt o’tib uyimizga pochta orqali Google kompaniyasidan xat keldi. Xatda “Mana shu raqamni admin panelga kirib, shunaqa shunaqa joyida yozing va manzilingizni tasdiqlang” ma’nosidagi gaplar yozilgan edi. AdSense admin paneliga kirdim va ko’rsatilgan joyga xat orqali olgan raqamlarimni yozdim. Shundan so’ng manzilim tasdiqlandi va men pul ishlashda davom etdim.
Birinchi marta ishlab topgan pulim 100 dollarga yetganda esa men uni yechib olishim mumkinligi haqida xabar berishdi. Buning uchun nima qilishim mumkinligi/talab etilishi haqidagi uzundan uzoq yo’riqnomani o’qib chiqqanimdan so’ng Termiz shahridagi Tashqi Iqtisodiy Faoliyat Milly Bankiga bordim. Bankda tashqi davlatlar valyutasi bilan ishlaydigan “valyutniy otdel” degan bo’limi bor ekan. Men u yerga borib “AdSense dasturida pul ishlab topaman, menga xalqaro valyutniy xisob raqam kerak ekan, shuni qanday ochsam bo’ladi?”, deb so’radim. Boshlanishiga bankdagilarga AdSense nima ekanligi haqida bir qancha ma’lumot berishimga to’g’ri keldi π Ular hamma gap nima haqida ketayotganligini to’liq tushunishgach men uchun bankdan “valyutniy omonat xisob raqam” ochib berishdi. Qo’limga bir necha turdagi uzun raqamlar va harflar yozilgan qog’oqni berishdi. Tushunishimcha bu mening xalqaro pul o’tkazish mumkin bo’lgan “valyutniy xisob raqamim” edi. Men bu raqamni olib, Google AdSense admin paneliga kirdim va bank tomonidan menga berilgan xisob raqamni ko’rsatilgan joyga kiritdim. Shundan keyin menga “Xisob raqam tekshiruvdan o’tkazilib pulingiz 5 bank ish kuni ichida ko’rsatilgan xisob raqamga o’tkaziladi”, ma’nosidagi xabar ko’rsatildi. Kutdim. Bir haftadan keyin bankka borib menga berilgan xisob raqamni tekshirtirdim. Google kompaniyasi tomonidan 100 AQSh dollari mening xisob raqamimga o’tkazilgan ekan. Bir nechta qog’ozbozlik va qo’shimcha xujjatlarga imzo chekishdan keyin avval xisob raqamdagi pulni qanaqadir omonat kitobgacha o’tkazishdi, keyin u kitobchadan chiqim qilib kassa orqali naqd pul (dollar) ko’rinishida menga berishdi. Keyingi to’lovlarni olishim tayyor xisob raqam va hozirgacha ham menda saqlanib qolgan valyuta omonat to’lovlari kitobchasi bilan juda oson kechdi. Shu vaqtga qadar bir necha marta xisob raqam orqali pulni olganman.
Hozirgi vaqtga kelib AdSense to’lovlarini olish yanada osonlashdi. Hozrigi paytda Google kompaniyasi AdSense orqali ishlab topilgan pullarni elektron pul o’tkazmalari (Electronic Funds Transfer), chek (bizda ishlashi yoki ishlamasligini bilmayman), Western Union o’tkazmalari (biz uchun hozirgi vaqtda eng qulay usul) va bank xisob raqamiga o’tkazish (Wire Transfer – men yuqorida tasvirlagan usulda pul olish) orqali web ustalarga yetkazib bermoqda. Pullarni (agar to’lov uchun minimal miqdor – 100 dollarga yetkazgan bo’lsangiz) har oyda olishingiz mumkin. Agar minimal miqdor ishlab topilmagan bo’lsa, masalan bu oyda faqat 50 dollar ishlab topgan bo’lsangiz, bu pul kelasi oyga qo’shiladi va kelasi oyning ishlab topiladigan 100 dollariga qo’shilib 150 dollar miqdorida Sizga to’lanadi.
Shaxsiy fikrimcha O’zbekiston sharoitida Wester Union o’tkazmalari orqali pul olish boshqalariga nisbatan ancha qulay va oson. Shuning uchun agar Siz AdSense dasturi orqali pul yechib olishni xohlasangiz, har doim Wetern Union xizmatini tanlashingizni maslahat beraman.
Yangi yilda barcha yangi AdSense foydalanuvchilariga omad va daromad tilab qolaman!
Saytlarni hozir adsensga qo’shib bo’lmay qolganmi deyman hech qo’sholmadim o’zimnikini
Bo’ladi. Menimcha nimanidir xato bajarayapsiz.
Unfortunately, our records indicate that you’re not eligible to participate in AdSense at this time. Please be sure to review our
————————————-
Mana shunaqa yozuv chiqarayapti Terms and Conditions.
Ma’lumotlarga qaraganda Siz AdSense dasturida ishtirok eta olmaysiz. Sizning saytingiz yoki boshqa ma’lumotlaringiz dasturga to’g’ri kelmaydi.
Assalomu Alaykum aka yahshimisiz,
Men YouTube kanal ochtim, mantizatsyaga kirdim kirganimda adsensega kiradigon nachat kurinmayapti, kup videolar kurdim, yangi kanalda ham nachat bosip kirip ketishyapti mantizatsayaga, Menda Nimaga kurinmayapti chiqmayapti nachat tugmasi
ΠΠ·Π°ΠΌΠ°Ρ Π°ΠΊΠ°, ΠΌΠ΅Π½ ΡΠ°ΠΉΡ ΠΎΡΠΌΠΎΠΊΡΠΈΠΌΠ°Π½, ΡΠ°ΠΉΡΠ³Π° AdSense Π½ΠΈΠ½Π³ ΠΎΠ΄Π΄ΠΈΠΉ ΡΠ΅ΠΊΠ»Π°ΠΌΠ°ΡΠΈΠ½ΠΈ ΠΆΠΎΠΉΠ»Π°ΡΡΠΈΡΠΌΠΎΠΊΡΠΈΠΌΠ°Π½. Π Π΅ΠΊΠ»Π°ΠΌΠ°Π½ΠΈ ΠΆΠΎΠΉΠ»Π°ΡΡΠΈΡΠ΄ΠΈΠΌ Ρ Π°ΠΌ Π΄Π΅ΠΉΠ»ΠΈΠΊ. ΠΠ΅Π½ΠΈΠ½Π³ 2 ΡΠ° ΠΊΠΎΠΌΠΏΡΡΡΠ΅ΡΠΈΠΌ Π±ΠΎΡ.
ΠΠΈΡΠΈΠ΄Π° ΡΠ°ΠΉΡΠ½ΠΈ Π±ΠΎΡΠΊΠ°ΡΠΈΠ±,ΡΠ΅ΠΊΠ»Π°ΠΌΠ° ΠΊΡΠΉΡΠ°ΠΌ,
ΠΈΠΊΠΊΠΈΠ½ΡΠΈ ΠΊΠΎΠΌΠΏΡΡΡΠ΅ΡΠΈΠΌΠ΄Π°Π½, Π±ΠΈΡΠΈΠ½ΡΠΈ ΠΊΠΎΠΌΠΏΡΡΡΠ΅ΡΠ΄Π° ΠΊΡΠΉΠΈΠ»Π³Π°Π½ ΡΠ΅ΠΊΠ»Π°ΠΌΠ°Π»Π°ΡΠ³Π° ΡΠ·ΠΈΠΌ ΠΊΠΈΡΡΠ°ΠΌ. Π¨ΡΠ½Π΄Π° Ρ Π°ΠΌ ΠΏΡΠ» ΠΈΡΠ»Π°Π± Π±ΡΠ»Π°Π΄ΠΈΠΌΠΈ?
Bo’ladi, lekin bu AdSense qoidalariga zid. Bir necha marta bir xil IP manzildan reklamalarga bosilaversa AdSensedagi a’zoligingiz o’chirilish xavfi ostida qoladi.
Agar qo’yilgan reklamaga telefon orqali kirsa ham pul hisoblab boriladimi yoki faqat kompyuterdan bosilganini hisoblaydimi?
Hammasi uchun hisoblanadi.
Farqi yo’q xoh telefon xoh kompyuter xoh pilanshet u reklamani kurlsa buldi
Payee Name ga nima yoziladi?
To’lanuvchi, ya’ni Siz.
Sub domendagi saytga adsense ni o’rnatsa bo’ladimi misol uchun hostinger.ru da ochilgan saytga?
Bo’ladi.
ΠΡΠ»ΠΌΠ°ΠΉΠ΄ΠΈ! 3-Π΄Π°ΡΠ°ΠΆΠ°Π»ΠΈ Π΄ΠΎΠΌΠ΅Π½(ΡΡΠ±Π΄ΠΎΠΌΠ΅Π½)Π»Π°ΡΠ½ΠΈ Π°Π΄ΡΠ΅Π½Ρ 2012 ΠΉΠΈΠ»Π΄Π°Π½ Π±ΠΎΡΠ»Π°Π± ΠΊΠ°Π±ΡΠ» ΠΊΠΈΠ»ΠΌΠ°ΠΉ ΠΊΡΠΉΠ³Π°Π½. 4 ΠΉΠΈΠ»Π΄Π°Π½ Π±Π΅ΡΠΈ ΡΠ°ΠΊΠ°Ρ ΠΏΡΠ»Π»ΠΈ Ρ ΠΎΡΡΠΈΠ½Π³Π»Π°ΡΠ΄Π°Π³ΠΈ ΡΠ°ΠΉΡΠ»Π°ΡΠ½ΠΈ ΡΡΠΉΡ Π°ΡΠ³Π° ΠΎΠ»ΡΠΏΡΠΈ.
Azamat aka men saitni ochtim lekin qattan bilib olsam bo’ladi sait ochilganligini??Ochganimdan song ular yozishincha sizga sovollar bolsa sizga murojat qilamiz deshgan edi.Men siatimni qatan bilsam boladi??
Savolingizni aniqlashtiring.
Salom Azamat aka!
AdSensedagi reklamalarga bir marta kirilsa sayt qancha daromad ko’radi?
Bu haqida yozilgan, o’qing.
Agar Berilgan URLga har xil proxy serverlar orqali kirsachi?
Bu usuldan foydalanganlarning dasturdagi a’zoliklari yopilganligi ma’lum.
Azmat aka o’ziz Wester Union orqali yechganmisiz agar xa bo’lsa to’liq chuntirib bering iltimos
AdSense dasturidagi pulingiz yechib olish uchun yetarli miqdorga yetgan bo’lsa menga qo’ng’iroq qiling, yordam beraman: +998937982200
Subdomendagi saytga AdSense reklamalarini joylashtirib bo’lmaydiku, to’g’rimi. Nega bo’ladi deb javob bergansiz
Bo’ladi.
https://support.google.com/adsense/answer/2784438?hl=ru mana shu yerda subdomenga cheklov borligi yozilgan.
Tog’ri, ammo bu yerda “Subdomendagi saytga AdSense reklamalarini joylashtirib boβlmaydi” deb yozilmagan. Subdomen saytga AdSense o’rnatish mumkin. Faqat saytning subdomenini emas, asosiy domenini ko’rsatish kerak.
Asosiy domen deganda nimani nazarda tutdiz.
http://www.asosiy-domen.uz
Qanaqa sayt u, ishlamayaptiku, to’liqroq yozing.
Salom saytim medicalsuz.ru shu sayt orqali pul topyapman !
Qanday qilib pulni yechib olaman ! Webmoney tizimiga yechib olishni iloji bormi
Hozircha yo’q. Google orqali qidirib ko’ring.
Yana qaysi yo`l orqali pulni olsa bo`ladi !
Chekda kelsa qancha mudatda keladi
Javob berilgan.
Manda muammo borde chek keldi , lekin qaysi bankka bormay bizda bunday xizmat yo`q deyadi π
Milliy bankka borib xalqaro xisob raqam (SWIFT) haqida so’rang.
Assalomu aleykum Azamat aka. Men ham yaqinda google adsense orqali pul ishlab topishni boshlagandim. 2 kun oldin adsense profilimda xabar paydo bo’ldi. Unda mening pulim yechib olish chegarasiga yetgani va buning uchun profilim aktivlashtirilishi kerak ekanligi yozilgan edi. Google mening profilimdagi uy manzilimga “pin kod” yozilgan xat jonatgani yozilgan ekan. Sizga ham shunday pin kod jonatilganmi va u oz vaqtida yetib kelganmi?
Bir oyda kelgan. Ichida pin kod yozilgan. Mana rasmi:
epayservices.com dan foydalanib ko’rganmisiz pul yechib olish uchun agar xa bo’lsa chuntirib bersangiz
Yo’q, hech qachon ishlatmaganman.
salom,men saytimni google adsense ga joylashtirmoqchidim,ammo xato deb yozuv chiqyapti iltimos javob bersangiz
Xatolik nimada ekanligini aniqlang, shuning o’zi savolingizga javob beradi. Ko’p holatda saytingiz o’zbek tilida bo’lganligi sababli dasturga qabul qilishmaydi.
Salom Azmat aka google adsene qande reg qilish haqida maqola yoza olasizmi?
uy manzilimni qande yozaman 3chi tor Ko’cha nomi 3-uy va pochta kodi
Azamat aka bu juda juda qiyin ekan. Batafsil o`qidim. Bizdak yoshlar bu saytda ishlay olmas ekan. Ammo Google`ni to`lashi aniq!
Shu biz voyaga yetmagan yoshlar ham pul ishlab topadigan yaxshi hamda ishonchli tizim haqida kontent yozsangiz zo`r ish bo`lar edi!
Azamat bir narsaga yaxshi chunmadim naqt pul qilib berishdi dedingizmi ? Qacon bo’lgan edi bu narsa hozirda visa ga o’tkazib berishadiku adashmasam naqt muammoku
google uchun pul muommo emas! ammo u pul bu yerda naqt qilish biroz qiyin bo’ladi! shuning uchun xalqaro pul o’tkazishdan foydalanish mumkin(Π΄Π΅Π½Π΅ΠΆΠ½ΡΠΉ ΠΏΠ΅ΡΠ΅Π²ΠΎΠ΄ deyiladi)
Xa lekin juda ajoyib maqolalar yozasiz raxmat!
Menxam adsenseda emas oΔdiy wap sayt orqali oyiga 100$ topib otiribman
Avval bu pullarni ozbda naxd qilishga urundim va juda oson ekan webmoneyda western union va unistream shu kabi pul otkazish kompaniyalari orqali pul oladigon servisi bor ekan shu tarixa kapitalbankdan birinchi marta 9$ ni naxd qilib oldim
http://cash.exchanger.ru
Salom Azamat aka. Bu maqolani o`qib to`g`risi juda quvondim! Endi saytimni ishga tushirish vaqti keldi deb o`ylayman. Lekin bitta savolim bor edi. Pulni qabul qilish joyiga Western Unionni bossam men bankdan pul olamanmi yoki elektron xamyongami (misol uchun webmoney)?
Adsense ni saytga ulash uchun eng kamida sayitga kuniga qancha odam kirishi kerak
Salom Azamat aka men bugun sayt ochdim ajoyib .uz degan lekin haliham nimani targib qilishni qanday qilib saytni yurgizishni bilmayabman iltimos shu togrisida yetarlicha malumot bersez oldindan Rahmat
Assalomu aleykum Azamat aka Bank xizmat haqqi uchun necha foiz olib qoladi ?
Bankdan so’rasangiz aniq javob olishingiz mumkin.
Azamat aka bankga bordim (NBU) bank hodimlari, Google adsense bilan tuzilgan shartomani so’rashyabdi. shartnomasiz hisob raqami ochilmas ekan.
Google shartnoma bermaydi. AdSense orqali pul olmasligingiz uchun bizni banklar shartnoma so’raydi. Xullas, qonuniy yo’l bilan pulni olib bo’lmasligi mumkin. https://epayservices.com/en/ kabi aylanma yo’llar bor.
adsense dan tez orada chek kelishi kerak lekin epayservices ham chek bilan ishlamas ekan
ΠΠ΄ΡΠ°Π²ΡΡΠ²ΡΠΉΡΠ΅, ,
Π ΡΠΎΠΆΠ°Π»Π΅Π½ΠΈΡ, ePayService Π² Π΄Π°Π½Π½ΡΠΉ ΠΌΠΎΠΌΠ΅Π½Ρ Π½Π΅ ΠΎΠ±Π½Π°Π»ΠΈΡΠΈΠ²Π°Π΅Ρ ΡΠ΅ΠΊΠΈ, ΠΈ ΠΌΡ Π½Π΅ ΠΌΠΎΠΆΠ΅ΠΌ Ρ ΡΠ²Π΅ΡΠ΅Π½Π½ΠΎΡΡΡΡ ΡΠΊΠ°Π·Π°ΡΡ, ΡΡΠΎ Π΄Π°Π½Π½Π°Ρ ΡΡΠ»ΡΠ³Π° Π² Π΄Π°Π»ΡΠ½Π΅ΠΉΡΠ΅ΠΌ Π±ΡΠ΄Π΅Ρ Π²ΠΎΠ·ΠΎΠ±Π½ΠΎΠ²Π»Π΅Π½Π°.
Π£ΡΠΎΡΠ½ΠΈΡΠ΅, ΠΏΠΎΠΆΠ°Π»ΡΠΉΡΡΠ°, ΠΆΠ΅Π»Π°Π΅ΡΠ΅ Π»ΠΈ Π²Ρ ΠΏΡΠΎΠ΄ΠΎΠ»ΠΆΠΈΡΡ ΠΏΡΠΎΡΠ΅Π΄ΡΡΡ Π²Π΅ΡΠΈΡΠΈΠΊΠ°ΡΠΈΠΈ?
Chek tez kunda keladi Iltimos maslahat bering !
Siz bilan qanday boglansam boladi
shartnomani qanday olish mumkun
Azamat aka owdengi.site Dan qanaqib pulni yecvosam boladi
PayPal va BitCoin bor ekan
Faqat
salom men Google AdSense ga respublikani rassiya qilib qo’ydim lekin boshqa viloyat tuman nomer shunga o’xshash joylariga o’zbekistonni yozdim o’zim yashab turgan joyimni va yubordim pin kod kelmadi va rassiyadagi tanishimga uy manzilini yozgizdim respublika ham viloyat hamm hamma hammasi rassiya yozildi yana yubordim lekin pin kod kelmadi. xozirda
Google AdSense da 220$ pulim bor yecha olmayapman ishlab topdim. vaqt o’tib pin kod kirit dedi kiritolmadim va Google AdSense reklama bo’limi ishlashni to’xtatdi pin kod kiritmaganligim sababli. Endi nima qilishga xayorman miyya qotgan pin kod ololmayapman. Pin kod kiritsam olib pulimni ham yechib olaman va yana pul ishlashni davom ettiraman
Azamat aka Google adssiz ham YouTube pul ishlasa buladimi yoki shunga bog’liqmi YouTube
Google dan yutuq kelsa IPhone yutinggiz den shunday yutuq keldi
Shu q yutuqni qanday olishim mumkin
Aytib yuboring iltmos