Gerund

Gerund – bu fe’lning shaxssiz shakli hisoblanadi. Gerund infinitiv shaklidagi fe’lga «-ing» qo’shimchasini qo’shish orqali yasaladi. Ingliz tilida gerund shaklida bo’lgan fe’l o’zbek tiliga «-ish» yoki «-ash» qo’shimchasi orqali tarjima qilinadi. O’z-o’zidan ma’lumki, bunday holatda fe’lning otlik xususiyati kuchliroq bo’ladi.
Masalan: Reading is useful – O’qish foydalidir.
Gerund quyidagi hollarda ishlatiladi:
- Maxsus fe’llardan keyin;
- Predloglardan keyin (on, at, of, in, about va h.k.);
- Egalik olmoshlaridan keyin.
Gerundning gaplarda ishlatilishiga quyidagi misollarni ko’rib chiqamiz. Bu gaplarda yuqoridagi Gerund ishlatilishining uchta holatiga e’tibor bering:
- I can’t afford buying a car – Mening mashina sotib olishga qurbim yetmaydi (afford – o’zidan keyin gerund keladigan maxsus fe’llardan biri);
- Tom is interested in playing computer games – Tom kompyuter o’yinlari o’ynashga qiziqadi (in predlogidan keyin gerund ishlatilgan);
- I like his singing – Menga uning kuylashi yoqadi (his – egalik olmoshi).
Yuqoridagilar Gerund mavzusi haqida eng qisqa va tor qamrovli ma’lumot edi. Mavzuni o’rganishda davom eting. Hammamiz ham o’rganayapmiz. Muhimi ilm olish yo’lida charchamaslik! Gerundga oid savollaringizga javob berishdan har doim xursandman!
Gerund bilan Infinive ning asosiy farqlarini tuwuntirib bering iltimos
Gerund va infinitivning shakliy farqlari bu – infinitivda fe’lning sof shakli yoki «TO» yuklamasi bilan, yoki yuklamasisiz keladi; gerundda fe’lga ING qo’shimchasi qo’shiladi.
Maqsadiga ko’ra asosiy farqlari: infinitivda fe’lning ish-harakat xususiyat ko’proq bo’ladi. Gerundda esa fe’lning otlik xususiyatlari ustunlik qiladi.
Infinitiv va gerund gapda qanday vazifalarda keladi?
Infinitiv ish-harakatning nomini bildiradi. Tabiiyki, infinitiv gapda kesim vazifasida ishlatiladi. Kesimdan tashqari infinitivning ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi yoki hol bo’lib kelish holatlari ham bor. Ammo asosan ish-harakat nomini anglatgani uchun infinitiv eng ko’p hollarda kesim vazifasida keladi.
Gerund ham ish-harakatni ifodalaydi, ammo infinitivdan farqli ravishda, gerundda otlik xususiyati ko’proq bo’ladi. Bundan kelib chiqqan holda gerundning gapda ega vazifasida yoki ot-kesim tarkibida kelish holati ko’proq uchraydi.
Assalom alekum sizning telegram kanalingiz yoki grupangiz bolsa, yozing bu bz uchun ancha qulayroq.
Assalom alekum. Sizning tg grupa yoki kanalingiz bolsa iltimos yozib qoldiring. Szni tg grupa kanalingizni topa olmadim.
savolim shuki quyidegi maqolezda predloglardan keyin kelgan gerundni tshunmadm. ya’ni : «Tom is interested in computer games » gapida predlog «in»dan so’ng -ing qo’shimchasini olgan felni ko’rmayapman. javob uchun oldindan rahmat
Ingliz tilida predloglardan keyin gerund ishlatiladi. Maqolada «interested in» iborasidan keyin «playing» fe’li yozilmay qolibdi, yozuvdagi xato uchun uzr so’rayman. Maqoladagi kamchilikni topib, uni bartaraf etishga yordam berganingiz uchun raxmat! Xatoni tuzatdim. Saytimizning muakammal bo’lishida o’z hissangizni qo’shganingiz uchun tashakkur!
Men ingliz tilida gapirishda ko`p xatolarga yo`l qo`yyapman. Bartaraf etishimga yordam bering Oldindan rahmat
Asosiysi yana Gerund va Infinitive ba’zi fe’llardan keyin qo’llanganda gapdagi ma’nolar o’zgarishiga ham e’tibor berish kerak, masalan:
stop- felidan keyin gerund ham infinitive ham ishlatilishi kuzatiladi , lekin bunda ikki hil ma’noni bildiradi
yani agar stop fe’lidan keyin gerund ishlatilsa biror ish harakati qilishdan to’htash nazarda tutilsa yani o’sha ish harakatini bajarishni tashlash ni anglatsa, infinitive ishlatilganda biror ishzarda tutiladi:
I stopped smoking- Men chekishdan toh’tadim ( yani chekishni tashladim)
I stopped to smoke – men chekishga to’htadim yoki to’htagandim
gerundiy va infinitivga oid testlar orqasidagi javoblar bilan mos kelmayabti. iltimos siz to’g’ri javoblarni belgilab bering.
1. i went to the airport …. to meet her , but she didn’t arrive.
a) to have expected b)to expect c)expecting
2 the police are looking for a man with dark hair. a …. man is being sought by the police.
a) dark hair b) dark-haired c) having dark hair
3 excuse me. would you mind…? it makes it impossible for me to enjoy my meal.
a)my smoking b) not smoking c) not to smoke
4) per capita GNP is just a rough way of …. the ability of different countries ….goods and services …. into account the fact that they have different populations.
a) comparing/producing/to take b)comparing/to produce/taking c)compared/producing/taking
5. I … to get on the bus when the doors closed and i was left behind
a) was going b) had gone c) was gone
iltimos 4-5-gaplarni tarjimalrini ham yozsangiz
6/ i was disappointed with my birtday present , it wasn’t exactly… i expected.
a) that b) which c)what
7. the twins look almot alike. none of us can … the difference between them.
a) say b)tell c)make d)prove
1-C, 2-B, 3-B, 4-D javob (agar bo’lsa, ING-ING-ING bo’lishi kerak, oxirigisi «NOT TAKING»), 5-A, 6-C, 7-B.
Tarjimasi:
4-GNP per capita – aholisining turlicha ekanligini hisobga olmagan holda turli mamlakatlarning maxsulot va xizmatlar ishlab chiqarishini taqqoslashning qattiqqo’l usuli.
5-Avtobusga chiqmoqchi bo’lganimda eshiklar yopildi va men ortda qolib ketdim.
rahmat. faqat 1 va 2 savollarning javobiga tushunmadim. hair ot b/sa qanday qilib sifatdosh bo’lib qoladi. 1 sida esa qaysi qoidaga asosan gerundiy bo’ladi.
Reading is useful – Ishlash foydalidir. Yoki O’qish faydalidirmi?
Bu yerda READ deb berilganku.
Yozuvda xatolik bo’lgan ekan, to’g’rilab qo’ydim 🙂
Sayt xatosini topib, uni tuzatishimga imkon berganingiz va azamat.uz saytining mukammalroq bo’lishida o’z hissangizni qo’shganingiz uchun Sizga minnatdorchilik bildiraman!
O’qish
Salom kitoblarni yuklab bo’lmayapti
Yuklanayapti, o’zim tekshirib ko’rdim. Yuklab olish tugmasini bosganingizda dir.uz sayti ochiladi, o’sha saytdan faylni “Skachat” (yuklab olish) tugmasini bosish orqali yuklab olishingiz mumkin.
Uyali telefonlar orqali kirilganda dir.uz orqali yuklab olishi mumkinmi, yo’qmi hozircha bilmayman. Agar mobil qurilma orqali yuklab olgan bo’lsangiz, iltimos tajribangiz haqida yozib qoldiring.
Salom Azama aka,saytis menga juda yoqdi
Azamat aka ieltsda aynan qaysi ingliz tili grammatikasi kerak bo’ladi??? Javobini kutib qolaman
IELTS Britaniya ingliz tili asosida olinadi. Iltimos, keyingi savollaringizni mahsus Savol-Javob bo’limida yozing.
salom men ingiliz tilini hechkimni yordamisiz endi organyabman. «ing» xozirgi davomli zamonda ishlatilganini ko’rdim gerundda ham «ing» ishlatilar ekan. ikkalasida qanday farqi bor.
Salom men Mirsharofman. Bu ikkalasining farqi shundaki gapda fe’llardan keyin ishlatiladi. Gerund dan odin kelgan fel qaysi zamonda ishlatilsa ham undan keyin gerund kelib, felga -ing qushib yoziladi.
Hozirgi zamonda esa zamonni ifodalab keladi.
Fellardan keyin shunda V+ing bolib keladi dmoqchimisiz
Undagi farqi shundaki , o’zbek tilida majhul nisbat bilan gerund yasaladi.
«-ing» Present Continius va Gerundda ishlatiladi uziz ham bilasiz.
Continiusda masalan: I am reading book. Bunda ot bilan yasalyabdi.
Gerundda: Doing homework kabidir
«Uyga vazifani qilish» manosini beradi.Bunda egasiz ya’ni majhul nisbat bilan yasalyabdi.
Salom , infinitive va gerund ning barcha darslarini o‘rganmoqchiman . Menga o‘rganishda yordam bering
Present perfectda yordamchi fellar yordamida yasaladi lekin gerundda esa yordamchi fel kelaolmaydi
Continuous zamonlarida to be ta’lim ishlatiladi va yonidagi said it fe’lga ing qo’shiladi. Gerund esa ko’proq ot kesim bo’lib keladi.
Assalomu alaykum ING ning bazi holatlarini yahshi tushuna olmayapman. Kecha bunday gapni eshitib qoldim: «What’s your hobby?» dedi «My hobby is watching TV/ dancing/ reading a book» huddi shunday javoblar berildi. Savolim shuki ING Present Simple da ham ishlatilyaptimi? Continuisga ham o’hshab ketyabdi To be+ ing bolganidan keyin biroz chalg’iyapmanda iltimos savolimga javob bersangiz?
OLDINDAN RAHMAT!!!
Mana bu maqolani o’qing: https://azamat.uz/ing-qoshimchasining-turli-holatlarda-ishlatilishi/
hozirgi davomli zamonda qo‘shislgan da asosiy manoni ifodalaydi .ving esa asosiy manoni anglatmaydi
Hozirgi davom zamondagi ing bn gerundiydagi ingning asosiy farqi to be da (am,is,are)
Assalomu alaykum men gerundnimaga zamonlarila tushunmayapman
Assalomu aleykum gerund va infinitive qaysi paytlada ishlatiladi javob uchun oldindan rahmat
Assalomu alaykum, menda bir savol bor fe’lga «ing» qo’shganimizda ba’zi so’zlarda o’zgarish bo’ladi. masalan oxirgi harfi e bilan tugaydigan so’zlarda e tushib qoladi.masalan: make-making. read, play so’zlarida esa reading, playing bo’ladi hech qanday o’zgarishsiz. hop lekin so’zning oxiri one vowel + consonant holatida bo’lsa oxirgi undosh harf ikkilanib qoladi. masalan run,sit so’zlari huddi shu holatga tushadi running, sitting SAVOLIM SHUKI, PLAY SO’ZIDA HAM ( ONE VOWEL + CONSONANT ) HOLATI BOR HUDDI RUN SO’ZIDEK LEKIN PLAY SO’ZIDA OXIRGI HARF IKKILANISH HOLATI YUZ BERMAYDI. SHU SAVOLINGA JAVOB BERA OLASIZMI ? Oldindan rahmat
Oka Betta geround fe’llari yoqu geroundi tushuntirganszu faqar
Assalomu alykum !
Sifatdosh1 va gerund o`rtasida qanday farqlar bor? misollar orqali tushuntirsangiz yaxshi bo`lardi. Javob uchun oldindan raxmat!!!