Bosh sahifa / Abituriyentga / Fransuz tilini o’rganing: bepul, o’zbek tilidagi video darslar

Fransuz tilini o’rganing: bepul, o’zbek tilidagi video darslar

«O’zbekistonda xorijiy tillar» elektron jurnali va internet portali homiyligida o’zbek tilida o’rgatiladigan bepul fransuz tili video darslari foydalanuvchilar e’tiboriga havola etildi. Endi internet orqali fransuz tilini ham o’rganishingiz mumkin. Yuqori sifatdagi video darslar TAS-IX tarmog’ida joylashtirilganligi sababli o’rganuvchilar uchun bepul bo’lishi bilan birga sekin ishlaydigan internet tezliklarida ham muammosiz ko’rsatiladi.

Bugungi kunga qadar 4 ta video dars Fledu Media saytida e’lon qilindi. O’rganishni ilk darsni ko’rish bilan boshlashingiz mumkin.

Eslatib o’tamiz, Fledu Media saytida fransuz tilini o’rganuvchilar uchun alohida bo’lim ochilib, fransuz tiliga oid ma’lumotlar uchun asosiy menyudan joy ajratildi. Fransuz tilidagi tarjimasiz filmlar, multfilmlar va qo’shiqlardan bahramand bo’lishingiz mumkin.

Bundan tashqari Fledu Media saytida ingliz tilidagi tarjimasiz mulftfilm va filmlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Abituriyentlar uchun test formulalari

6 ta fikr

  1. salom siz juda savobli ishga qo’l uribsiz ,rahmat men fransuz tilini o’rganmoqchiman

  2. Fransuz tili darsini ko’chirib olsa bo’ladimi?

  3. fransuz tili darslarini yuklab bo’lmayabdi qanday yuklash mumkin http://media.fledu.uz/ bu saytdan ham yuklolmadim

  4. ….bellles statues ornent ce parc.

    … o’rniga nima qo’yish kerak

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*