Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Fotoshop bilan internet orqali pul ishlash

Fotoshop bilan internet orqali pul ishlash

Yaqinda dizaynerimiz Shavkat aka internet orqali DVD muqovalarini sotishga yo’naltirilgan dvdbox.xyz saytini ishga tushirdilar. Saytda rang-barang DVD muqovalarini harid qilishingiz mumkin. Muqovalarning barchasi Fotoshop dasturida tayyorlangan, JPG formatda.

Sayt bevosita kamina ishtirokida tayyorlangan. Saytni tayyorlash jarayonida hayolimdan «DVD muqovalarini sotib olisharmikan?», «Fotoshopda tayyorlangan JPG rasmlarni sotishdan foyda ko’rish mumkinmi?», degan savollar bir necha marta o’tgan. Mana, sayt tayyor bo’lib ishga tushirilganiga ko’p vaqt bo’lmasdan Shavkat aka sayti orqali ilk daromadni ola boshlaganliklari haqida xabar berdilar.

Bu saytning ish bergani, shu usulda pul ishlash mumkinligi ko’pchilik Fotoshop ustalari uchun yaxshigina ruhlantirish, turtki bo’lishi mumkin, deb hisobladim. Tajribamizga suyangan holda aytishim mumkin-ki, agar Fotoshopda chinakam professional mahsulotlar tayyorlay olsangiz, uni internet orqali sotishingiz va daromad ko’rishingiz mumkin.

DvdBox.xyz sayti WordPress asosida ishlaydi. To’lov tizimlaridan faqat Webmoney integratsiya qilingan. Sayt mahsulotlari faqat Rossiya va hamdo’stlik davlatlari uchun mo’ljallanganligi bois rus tilidan boshqa tillarni yaratishni lozim topmadik. Saytda savdo to’liq avtomatlashtirilgan: foydalanuvchi o’ziga yoqqan mahsulotni tanlaydi, unga Webmoney orqali onlayn to’lov qiladi, to’lov muvaffaqiyatli o’tgandan so’ng o’z email manzilini kiritadi va email orqali 5 soniya ichida o’zi harid qilgan muqovani qabul qilib oladi. Saytni boshqarish ham, nazorat qilish ham kerak emas. Sayt egasi faqat ijod bilan shug’ullanib, saytga yangidan-yangi dizaynlar kiritadi va saytni boyitish haqida o’ylaydi. Savdo esa o’z holicha avtomatik davom etaveradi.

Webmoney nima? Webmoney – bu bepul ochishingiz mumkin bo’lgan elektron hamyon. Webmoney.ru sayti orqali o’zingizga hamyon ochishingiz mumkin. Hamyonga istagan Webmoney foydalanuvchisi pul o’tkaza oladi va Siz ham boshqalarga o’z hamyoningiz orqali pul o’tkazishingiz mumkin.

Webmoney puli qanday qilib naqd qilinadi? Webmoneyga talab katta. Agar Webmoney hamyonda pulingiz bo’lsa, uni naqd qilib olish qiyin bo’lmaydi. Misaol uchun, wm-torg(nuqta)com sayti orqali Toshkent shahrida Webmoney pullaringizni almashtirish to’g’risida ma’lumot olishingiz mumkin.

Avtomatik savdo qaysi plagin yordamida o’rnatilgan? DvdBox sayti uchun tayyor plagin ishlatmadik. Saytni Webmoneyga moslab, avtomatik savdo uchun tayyorladik. To’lov tizimi va mahsulotni avtomatik jo’natish to’liq qo’lda yozilgan.

Agar Sizga ham aynan shunday savdo sayti kerak bo’lsa +998937982200 raqami orqali buyurtma berishingiz mumkin.

Elektron tijorat va savdo imkoniyatlari juda ko’p. Muhimi – pul sarflab sotib olishga arzirli mahsulot tayyorlay olishingiz! DvdBox sayti g’oyasi, aynan shu usulda mahsulot sotish haqida nafaqat Fotoshop dasturi ustalari, balki boshqa elektron mahsulot yaratuvchilar ham o’ylab ko’rishlari maqsadga muvofiq. Fotokamerada rasm olasizmi, qo’lda rasm chizasizmi, asarlaringiz yoki she’rlaringizni sotasizmi, kod yozib dasturlar tayyorlaysizmi – hammasini aynan shu, DvdBox sayti usulida, o’z saytingiz orqali onlayn sotuvga chiqarishingiz mumkin.

Fotoshop bilan internet orqali pul ishlash” maqolasida 15 fikr

    1. Azamat Xodjakov

      Aynan shu saytga joylashtirolmaysiz. Lekin o’zingiz alohida sayt ochib mahsulotlaringizni sotsangiz bo’ladi.

      Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Aynan DvdBox.xyz saytidagidek funksiyali saytni (tahminan) 1 200 000 so’mga tayyorlab beramiz (bir yillik .uz domen va TAS-IX 200 mb hosting ichida).

      Javob berish

  1. Jamshid Toshpo'latov

    Salom! Azamat aka maqola uchun rahmat! Sababi ancha vaqtdan beri o’bek dizaynerlari ishlarini izlab yurgan edim. Yuqoridagi sayt esa ayni muddao bo’ldi.
    Men ham Adobe Photoshop va boshqa ba’zi dizayn tayyorlovchi va redaktorlovchi dasturlarda yaxshi ishlay olaman. Bitta sayt ochib o’zim tayyorlagan mahsulotlarimni internetda sotmoqchiman.
    Lekin muammo uni qanday sotishda: Men internetda hech nima sotib olmaganman va sotmaganman. Shuning uchun bu biznesimni yo’lga qo’yishda qiynalyapman.
    WordPress cms da yaxshi ishlay olaman. Ammo ment uchun HTML5 va CSS3 da tayyorlangan template ma’qul.
    Men hosting va domen sotib olib unga wordpressni o’rnatib woocommerce plagini yordamida online do’kon tayyorlab va unga Reklama sifatida dizaynlarini joylaganimdan so’ng men yana qanday ishlarni amalga oshirishim kerak?
    Javobingiz uchun oldinda rahmat! Keyingi ishlaringizda omad tilayman!!!

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      PHP tilida yaxshi yoza olmasangiz to’lovni avtomatlashtirish bo’yicha hech narsa qilolmaysiz. To’lovni buyurtma berib tayyorlatganingiz ma’qul.

      Javob berish

  2. Abdumurod

    Bu yo’nalishdagi saytlarni seo orqali qanday qilib rivojlantiradi? Ma’qolalar umuman qo’shilmasa. Yoki faqat reklama yo’li bilan amalga oshirladimi?

    Javob berish

  3. KriPtoN

    ishlataolmabdilar shekilli hozirda ishlamayapti. dvd oblojka sotishni mohiyatini tushundim. lekin jpg formatda? psd formatda bo’lishi kerak emasmi? o’zining rasmi yoki tabrik so’zi ni qo’yib bo’lmagan dvd oblojka kimga kerak bo’lar ekan

    Javob berish

  4. LeoMax

    Internet orqali istalgan mavzuda daromad qilishni istasangiz yordam berishim mumkin
    Xar bir xarakatingiz baxolanadigan tizimga azo bo’lsangiz istalgan mavzuda daromad qilishingiz mumkin
    Bu tizim reklamaga muxtoj bo’lmagani tufayli ko’pchilik bu tizim xaqida xechkimga so’z ochmaydi
    Tizim ishlayotganiga 10 yil bo’ldi U shunday ximoyalananki istalgan payt ko’rinishini o’zgartirishi mumkin.
    Tizim qonunda ruxsat berilgan mavzular asosida ish olib boradi xech qanday buzg’unchilik bilan daromad qilinmaydi Agar qiziqish bo’lsa Telegram @leomaxuz

    Javob berish

  5. Isroil

    Men yana bir saytni taklif etaman. freepik.com
    Bu saytda ham dizaynerlar pul topishlari mumkin. Shaxsan o’zim dastlabki $ nibishlab toptim. Azamat.uz saytidan juda juda minnatdorman

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan