Fe’l (Verb)

Fe’l har qanday til grammatikasida eng muhim o’rinni egallaydi. Fe’l – bu ish-harakatning nomidir. Demak, fe’l ish-harakatni ifodalaydi. Masalan, work – ishlamoq, speak – gapirmoq, listen – tinglamoq, learn – o’rganmoq.
Ingliz tilida fe’l ikki hil: to’g’ri fe’l va noto’g’ri fe’l. Biz to’g’ri va noto’g’ri fe’llarni ularning o’tgan zamon shakllarining yasalashiga qarab farqlashimiz mumkin.
To’g’ri fe’llarning o’tgan zamon shaklini yasash uchun fe’lga «-ed» qo’shimchasi qo’shiladi.
Masalan: worked – ishlagan edi, listened – eshitgan edi.
Noto’g’ri fe’llarning o’tgan zamon shakli fe’l o’zagining o’zgarishi orqali, noto’g’ri fe’llar jadvalining ikkinchi ustuniga ko’ra yasaladi.
Masalan: speak-gapirmoq (hozirgi zamon) – spoke-gapirgan edi (o’tgan zamon), learn-o’rganmoq (hozirgi zamon) – learnt-o’rgangan edi (o’tgan zamon).
Fe’l o’tgan zamonda tuslanganda, ya’ni unga qo’shimcha qo’shilganda yoki fe’l o’zagi o’zgarganda, fe’l infinitiv holatda bo’lmaydi. Fe’lning infinitiv holati haqida Infinitiv mavzusida o’qishingiz mumkin.
Salom Azamat aka.Men BOND.UZ saytiga róyhatdan ótolmayapman qanaqa qilib róyhatdan ótish mumkin?
Saytda yangi foydalanuvchilarning ro’yxatdan o’tkazilishi vaqtincha to’xtatilgan.
kop narsani o`rgandim yana ham o`rganmoqchiman gaplashishni bilmasdim hozir ancha yahshi tushunib qoldim sizga rahmat
Assalomu Aleykum Azamat Xodjakov! Saytingizda ro`yhatdan o`tishni qachon yu`rg`izasiz?
Yaqin orada, yangi savol-javob tizimini to’liq ishga tushirganimdan keyin.
iltimos quyidagilarda yordam berib yuboring:
our factory is being … over by an American company.
a) taken b) bought c) sold d) run
they can’t help us … the house.
a) move b) moving c) moved d) move to
can’t help dan so’ng gerundiy bo’lardi, ammo kitob ortida a javob ekan . shu to’g’rimi?
i went to the airport … to meet her , but she didn’t arrive.
a) to have expected b) expecting c) to expect d) to be expected
a document which lists your personal and professional details is a(n)….
a) applicant b) cv c) application d) retirement
ushbu javoblardagi ‘cv’ nima degani.
we called ann. she came to…
a)our b) us c) we d) ours
everyone is responsible for …. own composition.
a) his b) their c) nobody’s d)all their
she behaves … every day
a)good b) strange c) bad d)worse fe’ldan so’ng ravish bo’lishi kerakmasmi.
ann fails all of her history exams. she … passes them.
a) ever b) never c) often d) seldom
look at these shoes. they are brand new, and the heel’s fallen off already.
…. them…. and change them, then.
a) put/away b) find/out c) put/out d) take/ back
i don’t mind your baking a cake, but just make sure you… everything… when you’ve finished.
a) put/away b) clear/up c) put/out d) take/back
1-A, 2-A (helpdan keyin +to yoki +ing bo’ladi, ma’nolarida farq bo’ladi), 3-B, 4-B (Curriculum vitae – Tarjimai hol degani), 5-B, 6-B, 7-D (worse fe’l emas, bad sifatining qiyosiy darajasi!), 8-B, 9-D, 10-B
javoblar uchun katta rahmat. savol- javob degan sahifa ham bor edi . qani u
Red murphy Raymond kitobini 16-17ni javoblari kerak bormi oka bo’sa tashang