Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Eng yaxshi reyting plagini

Eng yaxshi reyting plagini

Bir necha oy avval TvMusic.uz loyihasi uchun reyting imkoniyatini shakllantirish talab qilingan edi. Buning uchun Thumbs Rating plaginidan foydalandik. Bugungi kunga kelib bu ajoyib plaginga yana bir boshqa yangi loyiha doirasida murojaat qilishimizga to’g’ri keldi. Uning talablarimizga to’liq javob berayotganligini hisobga olgan holda Sizga ham tavsiya qilishga qaror qildim.

Thumbs Rating plagini ovoz berish (+) va qarshi munosabat bildirish (-) amaliyotlariga asoslanib ishlaydi. Uning yordamida maqolalaringiz (yoki WordPressdagi istalgan boshqa narsa)ga nisbatan foydalanuvchilarning ovozlari, munosabatlarini bilib olishingiz mumkin. Plagin keng qamrovli sozlanmalarga ega bo’lib, o’zbek tiliga tarjima qilinish imkoniyatiga ham ega.

Plaginni o’rnatish va sozlash deyarli barcha WordPress plaginlaridagidek: plaginni WordPress plaginlar katalogidan yuklab olasiz, saytingizga chiqarasiz va o’rnatasiz! Shundan so’ng sozlanmalar ichida Thumb Rating sozlanmalari paydo bo’ladi. Tanlovingizga ovoz berish tugmalarining shaklini o’zgartirish va boshqa qulay imkoniyatlar havola etiladi.

Bu plaginning menga eng yoqqan jihatlaridan biri – top imkoniyatining mavjudligi. O’zingiz istagan so’rov bo’yicha TOP10, TOP5 yoki boshqa eng yaxshi natijalarni ko’rsatishingiz mumkin. Plagin o’zining eng yaxshi natijalarni ko’rsatadigan vidjetiga ega.

Plaginni istaganingizcha o’zgartirishingiz, saytingiz dizayniga moslashingiz yoki qo’shimcha imkoniyatlar qo’shishingiz mumkin. Juda moslashuvchan bu plagin bilan saytingizning reytingga bo’lgan har qanday talabini qanoatlantirishingiz mumkin.

Thumbs Rating plaginini keyingi loyihangizda sinab ko’ring. Sizga albatta yoqadi!

Eng yaxshi reyting plagini” maqolasida 8 fikr

  1. Mansurjon

    Sayt tez yuklanishi uchun nima maslahat berasiz? Sizni saytingiz darrov ochiladi o’zimni saytim esa juda ham sekin yuklaydi bosh sahifani.

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Har tomonlama optimallashtirish kerak.
      Iltimos, bu kabi umumiy savollarni saytning maxsus Savol-Javob bo’limida yozing.

      Javob berish

    2. Қобилжон Атаханов

      Mansurjon, агар Сизни шундай муаммо қийнаётган бўлса, веб-программалаштириш, веб-дизайнерлик, веб-сайт ва блог яратиш ҳамда бошқа веб соҳасига оид барча дастурлаш воситаларини мукаммал ўзлаштиришни «0 дан бошлаб, то профессионал даражагача» бўлган жараённи барчасини ўргатувчи видеодарсликлар мавжуд. Сизда уларни ўзлаштириш истаги бўлса, марҳамат қилиб менинг qobiljon.ataxanov@gmail.com электрон манзилимга мурожаат қилинг ёки (99) 814-88-98 ва (97) 750-88-98 рақамли мобил телефонимга қўнғироқ қилинг, мен Сизга албатта уларни юклаб олиш манзил ҳаволасини тақдим этаман. Агарда уларни харид қилмоқчи бўлсангиз ўзаро келишувга кўра, маълум бир тўловга асосан беришим ҳам мумкин. Ишларингизга омад тилайман.

      Javob berish

  2. KriPtoN

    Savol tug’ildi shu plagin bo’yicha. Plagin bitta odam bir necha marta ovoz bermasligi uchun nimadan foydalanadi? Agar saytda registratsiya reliz qilinmagan busa. Sessiyadan foydalansa sessiya brovser yopilishi bilan o’chib ketadi. Cookieni esa foydalanuvchi esa o’zi tozalashi yoki umuman cookieni o’chirib qo’yishi mumkin. IP adres esa ko’pchilikda dinamicheski.

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan