Eng kuchli 10 ta o’zbek tilidagi bloglar

Bloggerlik, yoki “blogging” o’zbek internetida nisbatan yangi soha bo’lishiga qaramasdan so’nggi bir necha yil davomida tobora yangi kuch bilan rivojlanib borayapti. Biz bu yerda o’zbek internetining eng ko’p foydalanuvchilarini jalb qila olayotgan universal portallar haqida fikr yuritmayapmiz. Balki, aynan eng kuch, ma’no va maqsad jihatidan sevimlilar qatoriga qo’shib qo’yishimizga arzirli bo’lgan bloglar haqida aytayapmiz.
Shaxsiy fikrimcha, o’tgan 2014-yilning oxiri holatiga ko’ra o’zbek tilida yuritiladigan eng kuchli bloglar o’ntaligi quyidagilarni o’z ichiga oladi. Eslatib o’tmoqchimanki, bloglarning quyida keltirilgan tartibi ularning kuchlilik darajasini belgilamaydi – ularni tasodifiy tartibda joylashtirilgan:
1. XUSHNUDBEK.UZ – bloggerning shaxsiy qiziqishi va yo’nalishiga asoslangan yaxshi blog: foydali ma’lumotlarga boy, yorqin va ko’p sonli muxlislariga ega. Blogda asosan qonunchilikka oid maqolalar jamlangan. Huquqshunoslik sohasiga qiziquvchilardan tashqari bu blogdan boshqa soha vakillari ham foydali ma’lumotlarni olishlari mumkin.
2. ORBITA.UZ – ilmiy maqolalarga boy bo’lgan bu blog ko’proq ilmiy portal shaklidagi saytga o’xshash tartibda tuzilgan. Shaxsan menga bu blogning ilm bilan bog’liq ekanligi yoqadi. Aniq va tabiiy fanlarga qiziquvchilarning ushbu blogni kuzatishlari foydadan holi bo’lmaydi.
3. SANJARRIZAYEV.UZ – har sohada muallifning shaxsiy qiziqishlariga asoslangan maqolalar. Blogning toza ko’rinishga ega ekanligi, boshqaruvning soddalashtirilganligi va maqolalarga mos fotosuratlarning e’lon qilinishi unga alohida originallik bag’ishlagan.
4. AYOL.UZ – oila, ayol va farzandga oid foydali maqolalar, ma’lumotlarni o’z ichiga olgan ushbu blogda har bir ayol uchun qiziqarli ma’lumotlar jamlangan. Saytning “.UZ” domeni milliy internet-festivalida “Davlat tilidagi eng yaxshi sayt” yo’nalishida birinchi o’rinni , 2010 yilda esa ”Ayollar va bolalar reproduktiv salomatligi va sog’lom turmush tarziga bag’ishlangan eng yaxshi sayt” nominatsiyasi bo’yicha uchinchi o’rinni olishga muvofiq bo’lganligi ham bejiz emas.
5. ISLOM.UZ – muqaddas dinimiz – Islom ta’limotiga asoslangan, foydali ma’lumotlarga boy blog. Ushbu blogga tashrif buyurgan har bir foydalanuvchi o’zi uchun foydali ilmga ega bo’ladi. Islom.uz saytining rasmiy blogi sifatida faoliyat yurituvchi bu blogda ustozlar, domlalar va boshqa, din yo’lida xizmat qilayotgan insonlarning foydali maqolalari jamlangan.
6. FURKAT.UZ – futbol ihlosmandlari uchun ajoyib blog. Ushbu blog orqali futbol olamining eng so’nggi yangiliklaridan va qiziqarli maqolalardan bahramand bo’lishingiz mumkin.
7. NOTIQ.UZ – boshlovchilik va suhandonlik sohasiga qiziquvchilar uchun yaxshi blog. Shaxsan o’zim omma oldida nutq so’zlash borasida ko’p qiyinchiliklarga duch kelganman. Bu blogda o’zim uchun foydali bo’lgan ma’lumotlarni olganman.
8. DAFTAR.UZ – ilm, ilm, ilm! Yoshlar ilmini oshirshga qaratilgan yana bir ajoyib blog. Hozircha blogda ba’zi texnik xatolar kuzatilayapti, ammo umid qilamizki tez orada ko’pchilik uchun foydali ma’lumotlarni o’z ichiga olgan bu sayt to’la kuch bilan ishlashni davom ettiradi.
9. AKMX.UZ – axborot texnologiyalari mavzusiga bag’ishlangan blog. U sayt tayyorlashni o’rganayotgan, web ustalik sohasida bilimini oshirmoqchi bo’lgan yoshlar uchun juda foydali. Sayt tayyorlashni o’rganmoqchi bo’lganlarga ushbu blog darslarini tavsiya etaman.
10. MEHROB.UZ – diniy mavzudagi ajoyib blog. Ushbu blogning menga yoqqan jihati – unda blog muallifi Rahmatulloh Sayfuddinov tomonidan tayyorlgangan media manbalarning mavjudligi bo’ldi.
Siz shaxsiy blogingizni qachon ochmoqchisiz?
Nimaga bu ro’yxatga o’z saytingizni qo’shmadiz?? :)Man sizzi saytizziyam qo’shgan bo’lardim..)))
muhrim.livejournal.com ham qiziqarli va anchadan buyon yuritiladigan blog.
Haqiqatdan ham Azamat.uz saytini shu ro’yhatga qo’shish kerak edi 🙂
Balki 2015-yilda eng yaxshi 10 talik bo’lgandir, lekin hozir teng yarmi faoliyatini to’xtatgan.
Sizzi saytiz 1-raqamli men ishonaman
Men ham maqola yozmoqchiman lkn WordPress rus tilida o’zbek tilida yozilsa bo’lmaydimi
Salom yaxshimisiz sizga shogirt tushmoqchiman olazizmi
Assalomu aleykum sizga iltimosim bor edi menga xam bloggerlikni o’rgating boshlolmayapman iltimos
Rahmat