Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Email marketing uchun eng yaxshi dastur

Email marketing uchun eng yaxshi dastur

Yaqinda Fledu.uz portali uchun email marketing bo’yicha kichik izlanish olib borishimga to’g’ri keldi. Menga kerak bo’lgan email marketing imkoniyatlari quyidagilarni tashkil etdi:

  1. Tashqi SMTP server (ichki serverda imkon yo’qligi sababli);
  2. CSV orqali manzillar kitobini to’ldirish (bizda excel ko’rinishidagi ro’yxat bor edi);
  3. Hech qanday to’lovsiz, faqat bepul vositalar bilan email marketingni amalga oshirish;
  4. Kompyuter uchun bepul email kliyent;
  5. Imkon boricha ko’proq yangilik email shablonlari;
  6. Personal ruh beruvchi (qabul qiluvchi ismi bo’lgan) email yozish imkoniyati;
  7. @fledu.uz domenli emaildan xatlar yuborish.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda izlanishim eng yaxshi SMTP server Yandex.Mail va eng yaxshi Email kliyent Thunderbird ekanligini ko’rsatdi.

Thunderbird Mozilla tomonidan yaratilgan bepul email kliyent hisoblanadi. Uning menga yoqqan eng afzal tomoni extensionlar yordamida imkoniyatlarining kengaytirilishi bo’ldi. Dasturning o’zida Sizga kerakli qandaydir imkoniyat taqdim etilmagan bo’lsa, extension yordamida bu qulaylikni o’zingiz o’rnatib olishingiz mumkin. Hozirgacha minglab extensionlar yaratilgan, bundan keyin ham necha minglab yangilarini kutish mumkin. Umuman, imkoniyat bo’yicha Thunderbird Siz uchun juda ko’p yangiliklarni va’da qila oladi.

Thunderbirdni eng keng tarqalgan email xizmatlariga ulashingiz mumkin. Bundan tashqari u tashqi SMTP server bilan ham hech qanday muammosiz ishlaydi.

Email yuborish uchun juda qulay bo’lgan bu dastur o’zida ko’p sonli elektron xatlarni navbat bilan yuborish, yuborishni rejalashtirish kami imkoniyatlarni ham taqdim etadi. Bu, o’z navbatida, yangilik xatlarini minglab kishilarga yuborishda juda kerak bo’ladi.

Agar Siz ham saytingiz yoki tashkilotingiz uchun email marketing bo’yicha eng qulay dasturni izlayotgan bo’lsangiz, Thunderbird dasturidan foydalanishingizni tavsiya etaman.

Email marketing uchun eng yaxshi dastur” maqolasiga bitta fikr bildirilgan

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan