Bosh sahifa / Shaxsiy rivojlanish / Elektron pochtalardagi To: , Cc: va Bcc: ma’nolari

Elektron pochtalardagi To: , Cc: va Bcc: ma’nolari

Agar Gmail yoki Yahoo elektron pochta xizmatlaridan foydalangan bo’lsangiz, u yerda xat yozish formasining «TO:», «CC:» va «BCC:» deyilgan joylarini ko’rgansiz:

Ushbu maqolada barcha mashxur pochta xizmatlarida mavjud bo’lgan, yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan bo’limlar haqida fikr yuritamiz. Ularning ma’nolari bilan tanishing:

TO: deyilgan bo’limda xat yuborilayotgan elektron pochta manzili yoziladi. Xabar bu manzilgan birinchi yo’naltiriluvchi sifatida boradi. Demak, Sizning maktubingiz kimdir@gmail.com manziliga yuborilishi kerak bo’lsa, uni aynan shu – TO: bo’limida yozasiz.

CC: deyilgan joydagi harflarning ma’nosi Carbon Copy so’zlari hisoblanadi. Bu yerda yozilgan barcha manzillarga yuqorida yozilgan manzilga qanday ma’lumot yuborilgan bo’lsa, shu ma’lumotning nusxasi jo’natiladi. Ya’ni kimdir@gmail.com uchun yuborilayotgan xatning nuxsasi yoki bir necha nusxalari boshqakishi@gmail.com va yanakimdir@gmail.com manzillariga yuboriladi. Bu usulda yuborilgan xatda kimdir@gmail.com o’ziga kelgan ma’lumot yana ikki kishiga ham yuborilganligini ko’ra oladi. O’z navbatida CC qismida yozilgan manzillar ham ma’lumot asosan kimga jo’natilganligini va uning nusxalari kimlarga yuborilganligini ko’ra olishadi.

BCC: harflari esa Blind Carbon Copy so’zlaridan olingan. Bunda bitta kishiga jo’natilgan ma’lumot huddi CC orqali yuborilgandek boshqalarga ham yo’naltirilishi mumkin, ammo yuborilgan nusxalar hech kimga ko’rsatilmaydi. Ya’ni, asosiy manzilda kimdir@gmail.com yozilgan bo’lsa va BCC qismida 1@gmail.com va 2@gmail.com yozilsa, bu holatda xabar har uch kishiga ham huddi bitta nusxada, hech kimga nusxasi yuborilmagan holatdagidek jo’natiladi. Bunday jo’natish nusxalari boshqalarga ketganligini bildirmaslik kerak bo’lgan ma’lumotlar yuborilishida juda qulay hisoblanadi.

Abituriyentlar uchun test formulalari

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*