Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Dasturlashda error va exception farqi

Dasturlashda error va exception farqi

Dastur to’g’ri ishlamagan holatda xatolik kelib chiqadi. Muhit dasturning xatolar bilan ishni davom ettirishiga ruxsat bera olmagan holatda error yoki exception yuzaga keladi. Ularning o’rtasida asosiy farq bor va bu farqni PHP dasturlash tili asosida, web dasturlashdagi error va exceptionlar farqi, ularni qanday qilib boshqarish mumkinligini ko’rib chiqamiz.

Error

Error dasturni ishlashdan to’xtatadi. PHP odatda bunday xatoda dasturni xatolik kodning qaysi qatorida ekanligini ko’rsatuvchi yozuvni ekranda ko’rsatish bilan yakunlaydi. Albatta, ko’pincha “warning” va “notice” xatoliklari bilan dasturning ishni davom ettirayotganligini ko’ramiz. Bunday xatolar ishni davom ettirishga imkon beradi. Fatal error sodir bo’lganda esa kod to’xtaydi va ish davom ettirilmaydi.

Exception

Exception dastur ishini davom ettirishi bilan errordan farq qiladi. Exception throw qilinadi va keyinchalik catch qilish maqsadida yaratiladi. Exeption sodir bo’lganda xatolik obyekti kodning catch qismiga yuboriladi va u yerda dastur ishi davom ettirilishi mumkin. Masalan, bazaga ma’lumot yozmoqchisiz va yozish jarayonida xatolik yuz berdi. Xatolikni error boshqarganida dastur ishi shu joyda to’xtaydi. Agar exception bilan ish ko’rsak, xatolik yuz bergan joyda kod xatolikni aniqlaydi va aniqlangan xatolik haqida malumot berish bilan birga o’z ishini davom ettiradi. Misolimizdagi holatda kod ma’lumot bazaga yozilmasa qanday yo’l tutilishi kerak bo’lsa, shu ishni qilib davom etadi.

Xulosa sifatida, error va exception o’rtasidagi asosiy farq kod ishining davom etishida yoki to’xtab qolishida, deb tushunishimiz mumkin.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan