Dasturchilikda frontend va backend farqi

Avvalo “frontend” va “backend” so’zlarining o’zbek tilidagi ma’nolari bilan tanishib chiqaylik. “Frontend” (front end, front-end) o’zbek tilida “Oldindagi (ustki) tomon” degan ma’noni anglatadi. Biz bu so’z bilan u yoki bu narsaning tashqi, hammaga ko’rinib turadigan qismini nazarda tutamiz. Backend (back end, back-end) esa Frontendning aksi hisoblanib, qaysidir narsaning ichki, yoki orqa tomoni degan ma’noni anglatadi. Bu bilan biz qaysidir narsaning hammaga ko’rinmaydigan, yashiring, ichki yoki orqa tomonini nazarda tutgan bo’lamiz.
WordPressni o’rganishga oid maqolalarimizning ko’pchiligida backend va frontend so’zlarini ko’p uchratgansiz. Bu so’zlar WordPress tizimiga nisbatan ishlatilganda tizimning ustki va ichki (old va orqa) tomonlari nazarda tutiladi. Demak, WordPress uchun frontend va backend so’zlari ishlatilsa, quyidagilarni tushunishimiz kerak:
Frontend – WordPress tizimi asosida ishlaydigan saytning manzilini brauzerda yozib, unga tashrif buyurganimizda ko’rinadigan qismi. Bu saytning asosiy sahifasi, maqolalar sahifasi, qidiruv sahifasi va hokazolar bo’lishi mumkin. Har qanday foydalanuvchi saytga tashrif buyurganda saytning frontend qismini ko’radi.
Backend – WordPress tizimining admin panel qismi. Bu qismga faqat saytga a’zo bo’lgan foydalanuvchilar yoki administrator kirishi mumkin. Backend qismda saytni boshqarish ishlari amalga oshiriladi. WordPress tizimida “Subscriber” mansabidagi foydalanuvchilar saytning backend qismida o’zlarining profil ma’lumotlarini o’zgartirishdan boshqa amaliyotlarni bajara olishmaydi.
WordPress tizimidan tashqari, umuman saytlar tayyorlash sohasidagi web dasturchilikda ham saytlarning frontend va backend qismlari farqlanadi. Bunda asosan frontend usta va backend usta degan yo’nalishda ishlovchi kishilar farqlanadi.
Frontend usta (frontend developer) saytning HTML, CSS va JavaScriptda tayyorlanishi uchun mas’ul bo’ladi. Zamonaviy sayt tayyorlash texnologiyalari bilan bugungi kunda frontend ustalar ishlari faqat bu bilan cheklanib qolmayapti. Bugun frontend ustalar kechagi oddiy verstka qiluvchilar emas. Ular endilikda saytlarning responsive (moslashuvchan) bo’lishi, barcha ekranlarda bir xil ko’rinishi, saytdan foydalanishdagi qulayliklar haqida o’ylashlari kerak bo’ladi. Demak, kechagina dizayner chizib bergan sayt rasmiga HTML, CSS va JavaScript yordamida jon bag’ishlagan frontend ustalar bugungi kunda saytning ko’proq jihatlari ustida ishlashmoqda va backend ustalar ishidan hech ham qolishmaydigan qiyinchilikdagi vazifani bajarishmoqda.
Backend ustalar (backend developer) esa asosan server tomonda ishlaydigan dasturlash tillari bilan ishlashadi. Sayt foydalanuvchilari saytning frontend qismida yuborgan ma’lumotlarning serverga jo’nalishi, ularning qayta ishlanishi va foydalanuvchiga qaytarib jo’natilishi – bularning barchasi backend usta mehnati natijasi ro’yobga chiqadigan jarayonlar hisoblanadi. Backend ustalar saytning ko’rinishi, tashqa tomoni haqida qayg’urmay, uning faqat ichki, “parda ortida” ishlashi to’g’risida bosh qotirishadi.
Xulosa qilib aytganda, front end – saytning tashqi ko’rinishi va uni front end ustalari tayyorlashadi. Back end – saytning ichki, yoki orqa tomoni va uni back end ustalar tayyorlashadi.
Assalomu aleykum Azamat aka. Mani savolim bor edi shu daryo.uz wordpress da ochilgana ? Agar shunaqa bulsa sayt wap/web tizimiga 1 ta wordpress örnatganmi yoki 2 ta ?
Bitta.
salom menga maqolalariz juda yoqadi men ham shablon yaratishga juda juda qiziqdim lekin hali hech narsani bilmayman öz ustimda ishlasam qölimdan kelarmikan siz ancha narsani bilib shablon yaratolmayapsiz men qilaolarmikanman lekin hech taslim bölgim kelmayapdi
Albatta uddalaysiz. Faqat o’rganishdan to’xtamang. Men sizga ishonaman!
Assalomu alaykum!
shablon tayyorlash fikridan hali ham qaytmadingizmi ?
sizga yordam berishim mumkin. chunki o’zim ham shablon tayyorlashni endi o’rganayapman. 🙂
Men shablon yaratishni anchadan beri bilaman. Eng zo’r yoli bu ozingiz yaratganingiz yaxshi. Artisteer va boshka proglar bilan ishlamagan yaxshi. Shablon yaratish uchun HTML, CSS va PHP oz’gina bilish kerak
sayt yaratishni o’rganish juda oson. Faqat qiziqish va intilish bo’lsa bas. O’rganishda ikki asosiy narsaga e’tibor bering va esdan chiqarmang! darslarni o’qing va ularni boshqacharoq qilib amalda yaratishga harakat qiling. Lekin hech qachon faqat darslik bilan cheklanmang….
Dastlab html, css, js va php ni o’rganing va har doim sayt yaratish va uni dizayni bo’lsin. Aslo pul haqida o’ylamang. toki professional bo’lmaguncha.
Gapizga qõshilaman!
sayt yaratishda ishni birinchi b-b nimadan boshlash kerar?
Agar shaxsiy saytingizga ega bo’lishingiz kerak bo’lsa eng birinchi o’rinda domen va hosting harid qilishingiz, yoki bepulidan foydalanishingiz kerak.
Salom Azamat aka, saytizga gap yuq zur! Men bir oddiy sayt ochmoqchi edim. “ru” domenida uzbek tilida smartfonlar haqida, shunga biron ruxsatnoma olish kerakmi yuqmi bilolmayapman?
Ruxsatnoma olish kerak emas.
Assalom aleykum Azamat aka. Men qayerdan tekinga domen va hosting olsam buladi?
Siz https://www.freenom.com/ru/index.html?lang=ru saytoga kirib yangi domen nomini bepul registr qilishingiz mumkun.
Back-end gafaqat php bo’lishi kerakmi? Js ni o’zidan foydalansa bo’larmikan 🙂 ?!
PHP bo’lishi shart emas. Boshqa tildan foydalanishingiz ham mumkin 🙂
Selamun Aleykum! Uzur, Backend developer likni õrganish uchun qaysi dasturlash tillarıni bilish zarur, javobni kutaman, oldindan rahmat!
I Yana bir savol?! Fronted developer bõlish uchun “HTML, CSS, JS hamda PHP” ni bilish kifoyami? yoki yana biror bir tilni bilish kerakmi?!
Frontend usta (frontend developer) saytning HTML, CSS va JavaScriptda tayyorlanishi uchun mas’ul bo’ladi.
Backend ustalarichi qaysi dasturlash tillari bn ishlashadi
bekent ni o’rganish uchun ingliz tilini bilish talab qilinadimi
Albatta. Lekin agar ingliz tilini bilmasangiz, boshlanishiga rus tili bilan o’rgansangiz bo’ladi.
Assalom alekum meni yoshim 30 da, dasturlash haqida yaqindan buyon qiziqib qoldim, savolim quyidagicha mukammal dasturchi bo’lish uchun mendan qancha vaqt va mablag’ talab qilinadi?
Dasturlashni internet orqali o’zingiz mustaqil o’rganishingiz mumkin. Bunda hech qanday mablag’ talab etilmaydi. Faqat, rus yoki ingliz tilini o’qib tushunish darajasida bilishingiz kerak.
O’rganish qancha vaqt olishi sizning mantiqiy fikrlashingiz darajasiga bog’liq. Ba’zilar 6 oyda o’rganib olgan narsalarni kimlardir 3 yilda ham o’rgana olmasligi mumkin. Hammasi o’zingizga bog’liq.
Assalomu alaykum biz yaqida intellect-club.uz online dasturlashni o’rgatuvchi platformani ishga tushuryapmiz. Sizni qiziqtirsa marhamat:)
Salom, men dasturlashga qiziqaman
Buning uchun dasturlashni bepul orgatadigan manbalardan bir nechta ayta olmaysizmi
YouTubeda dasturlash bo’yicha video darslar juda ko’p.
Assalomu alaykum
Men back endga qiziqaman
Qaysi tildan boshlasam bo’ladi?
Assalomu alaykum
Azamat aka .
Backend dasturiy tillari qaysilar birinchi bb qaysi til urganan maqul shuni aytvorsangiz