Dasturchi qanday qilib millionerga aylanadi?

Yaqinda Facebookda «Millionerman desam xorijliklar ishonmayapti», deb qisqa post yozgandim. Albatta, bu million so’mga ega bo’lgan kishining xorijliklar tasavvuridagi million dollarga ega bo’lishi bilan bog’liq hazil edi. Ammo bu hazil ortidan «Dasturchi qanday qilib million dollarga ega millionerga aylanishi mumkin ekan?», degan qiziq savol paydo bo’ldi. Bu haqida bir oz o’yladim va quyidagicha xulosaga keldim.
Dasturchi bittagina dastur (loyiha) bilan millioner bo’la oladi!
Biz har kuni ishlatadigan dasturlar bor. Ular juda oddiy g’oyaga tayanib yaratilgan. Ba’zan bir qarashda ularning bajaradigan ishi ham juda oddiy bo’lib ko’rinadi. Bu dasturlardan har kuni millionlab oddiy odamlar foydalanadi. Shunday ahamiyatsizdek tuyulgan sodda qulaylik olib keluvchi dasturlarning har biri ortida uning muallifi, qaysidir dasturchi turishi haqida o’ylasak, har qanday dasturchi bittagina dasturi, muvaffaqiyatli loyihasi bilan millionlar e’tiboriga tushishi mumkinligini payqashimiz qiyin bo’lmaydi.
Tahlil nuqtai nazaridan o’zim biladigan dasturlar faoliyatiga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Bu dasturlardan birinchisi – WordPress muhitida ishlaydigan Advanced Custom Fields plagini. Uni WordPress rasmiy statistikasiga ko’ra bir milliondan ortiq faol saytlar ishlatishadi. Bu plagin millionlab saytlardagi Siz ilg’amaydigan qulayliklarni yaratib, ko’plab foydalanuvchilar uchun sayt funksiyalarini boyitib berishiga qaramasdan ko’proq dasturchilarning og’irini yengil qilishga yo’naltirilganligi sababli hozircha uni boshqa tillarga tarjima qilishga shoshilishmayapti. Balki plaginning o’zbek tilidagi tarjimasi boshqa tarjimaga ega bo’lmagan tillarga nisbatan ertaroq taqdim etilar.
ACF plagini men uchun WordPress plaginlari ichida o’z mukammalligining cho’qqisiga chiqa olgan dasturlardan biri hisoblanadi. Plaginning bepul ko’rinishi WordPress asosida ishlaydigan saytlarni shakllantirishda katta imkoniyatlar yaratib beradi. Ammo uning pulli ko’rinishida bundan ham ko’proq imkoniyatlar eshigi ochiladi. Plagin narxnomasiga ko’ra ACF Pro plaginini bitta saytda ishlatish uchun 25 Avstraliya dollari, cheklanmagan saytlarda ishlatish uchun 100 Avstraliya dollari to’lash talab etilar ekan. Plagin faqat bir kishi tomonidan (jamoaviy tarzda emas) yaratilganligini hisobga oladigan bo’lsak, bir kishining mehnati sifatida dasturning ommalashish darajasini ham, daromad keltirish istiqbollarini ham ijobiy baholash mumkin.
Endi ACF plagini misolida asosiy savolimizga qaytamiz: qanday qilib ACF plagini muallifi bitta shu plagini yordamida millionerga aylanishi mumkin? Plaginning ashaddiy muxlisi sifatida aytishim kerakki, muallifning bu darajaga ko’tarilish uchun barcha imkoniyatlari bor. U plaginining hozirgi holatida ham yetarlicha daromad olayotganligi aniq (plaginning Pro ko’rinishi necha marta sotilganligi haqida ma’lumotga ega emasman). Albatta, buni plagin sifati va millionlar tomonidan ijobiy baholangan holda ishlatilishidan kelib chiqib aytayapman.
ACF hozirgi shiddat bilan rivojlansa, yangi versiyalarida bundan ham ko’proq imkoniyatlar taqdim etilib, pulli ko’rinishi narxini to’laligicha qoplaydigan sifatini oshirib boraversa bu plagin o’z muallifini millionerga aylantirishini oldindan aytish qiyin emas. Bu esa qanday qilib bir oddiy dasturchi bittagina dasturi bilan millionerga aylanishi mumkinligini tasdiqlaydi.
Dasturchi orzusi
Bu imkoniyat mening har doimgi orzularimdan biri bo’lgan: hech kim uchun ishlamasang, boshliq yoki nazoratchi bo’lmasa, o’zing istagan vaqtda o’zing xohlagan joydan ishlasang va mehr berib tayyorlaydigan, har kuni rivojlantiradigan dasturing davomli tarzda millionlab daromad keltirib tursa! Kimlar uchundir bu orzu emas shunchaki sarob bo’lishi ham mumkin. Ammo men uchun rejaga ancha yaqinlashib qolgan orzu!
Dasturlar ichida yana bitta misolni Clash of Clans o’yini timsolida ko’rsatishimiz mumkin. Bu o’ying SuperCell kompaniyasi tomonidan tayyorlangan. O’yin ustida bitta dasturchi emas, katta bir jamoa mehnat qilgan. SuperCell jamoasining bugungi kundagi daromadi, faoliyati va boshqa dasturlari haqida Wikipedia orqali o’qishingiz mumkin.
Termiz davlat universiteti qoshidagi akademik litsey talabasi bo’lganimizda kursdoshlarim bilan birga kelajakda jamoa bo’lib ishlashni orzu qilar edik. Orzuimizdagi ish o’zimiz yoqtirgan bitta yo’nalishda bir-birimizdan ajralmagan holda kompaniya shakllantirib ishlash edi. SuperCell jamoasiga havas qilaman, chunki ular biz erisha olmagan orzuga yetishishgan. Bitta jamoaning har bir a’zosini yetarlicha mablag’ bilan ta’minlab, ularning sevgan ishi bilan shug’ullanishlariga ilhom beradigan dastur ham o’z muallifini millionerga aylantirivchi dastur sarasiga kirishi mumkin. Chunki bitta dasturchimi yoki dasturchilar jamoasimi – ahamiyatsiz. Muhimi bitta dasturning o’z mualliflariga katta daromad keltira olishidir.
Biz har kun foydalanadigan Facebook saytini ham muallifiga katta daromad keltirib, butun kelajagini ajoyib ish bilan ta’minlab bergan dastur sifatida belgilashimiz mumkin. Alisher Usmonov sarmoya kiritgan Odnoklassniki, Mail.Ru guruhi va boshqa onlayn bizneslarni ham yakka kishi yoki jamoaviy tarzda muallifiga daromad keltirayotgan, ularni millionerlarga aylantirishda davom etayotgan dasturlar sifatida qabul qilish mumkin.
Siz ham uddalay olasiz!
Agar dasturlashni bilmasangiz, uni bugundan o’rganishga kirishing. Darvoqe, boshlanayotgan yangi yil o’z oldingizga dasturlashni o’rganish maqsadini qo’yib olg’a intilishni boshlash uchun yaxshi sabab bo’lishi ham mumkin π Agar dasturchi bo’lsangiz, bor mahoratingizni ishga solib o’z sevgan yo’nalishingizda boshqalar og’irini yengil qiladigan, boshqalar uchun foydali va kerakli bo’ladigan dastur yaratishga kirishing. Bilim yoki tajribangiz yetmagan holatda uni har doim oshirishingiz va hammasi o’z qo’lingizda ekanligini unutmang!
Siz kim uchundir oylik maosh evaziga emas, balki faqat o’zingiz uchun, kejalakda Sizni iqtisodiy mustaqillikka olib chiqib, katta kompaniyaga asos solish darajasiga yeta oladigan mukammal dastur uchun ishlashingizni xohlayman. Rejani katta qiling, maqsadingiz o’zingiz qo’rqib ketadigan darajada ulkan bo’lishi kerak. Tasavvuringizga kuni kelib Sizni millioner qila oladigan dastur kelgan zahoti reja tuzib oling va har kuni bosqichma-bosqich o’z ustingizda shu reja asosida ishlang. Bir necha yil o’tishi mumkin, yaqin kelajakda, kunlardan bir kun Siz avtopilot tarzida ishlaydigan biznesga ega bo’lasiz. Siz yaratgan, qachonlardir boshqalar ishonmagan bo’lsa ham Siz ishonib mukammallashtirgan dastur Siz va oilangiz uchun yetarlicha daromad keltira oladi. Shunda Siz ishga bormaysiz. Hech kimga xisobot topshirmaysiz. O’zingiz sevgan ish bilan shug’ullanganligingiz uchun hech kimdan dakki eshitmaysiz. Kun tartibingizni o’zingiz rejalashtirib, o’zingizga qulay bo’lgan vaqt va joyda ishlaysiz!
Bitta dastur, kuchli g’oyaga ega bo’lgan bittagina loyiha Sizning butun kelajagingizni Siz kutmagan darajada yuqoriga olib chiqishi mumkin. Men bunga ishonaman. Siz ham ishoning!
Sanamiy tilaklar uchun rahmat
Azamat aka fikringizga 100% qo’shilaman. Sababi HTML&CSS bilan chiroyli dizaynlarni tayyorlab yaxshigina daromad olayotganlarni yoki Java dasturlash tilini Junior darajasida o’rganib ham katta maosh olayotganlarni bilaman.
Mening fikrimcha hamma gap qiziqish va o’sha qiziqishni qondira olishda. Sababi orzu qilish bilan rejalashtirish orasida katta farq bor. Agar har bir dasturchi bo’lishni oldiga maqsad qilgan kishi kelajagini puxta rejalashtira olsa, albatta yaxshi natija oladi!
man // ODDIYGINA DASTURCHIMAN// LEKIN SZGA MASLAHATIM ENG AVVALO O`ZIZI HUDUDIZGA MINTALETITIZGA MOS JOYNI TOPIB ILOJI BORICHA 1 C++ KEGN JAVA KEGN COUTLIN DGAN DASTURLASH TILLARINI O`RGANING BULARDI INTERNETDAN VIDEODAN KO`RIB O`RGANSEZ BULADI.BULARDI BITIRGANDAN KEGN QIZIQISH BUSA O`ZIZI KUCHAYTIRIB ISHONCH BILAN BIRORTA BOSHLANISHIGA ODDIY PRILOJENIYALR YARATIN KEGN YOSHIZ TO`LGACH MODDIY AHVOLIZ YAHSHIROQ BO`LSA O`ZIZ BIRORTA ASSOBIY KICHIKROQ KAMPANIYA OCHING YOKI GOOGL YOKI AMAZONGA IWGA KIRING ZO`R DASTURCHI BO`SEZ YILLIK MAOSHIZ ENG PAST TARAFI 90.000$$$ IWIZGA QARAB KO`TARILADI
uz ΡΠ°ΠΉΡ ΠΎΡΠΌΠΎΠΊΡΠΈΠΌΠ°Π½ Π°Π³Π°Ρ Π₯ΠΎΡΡΠΈΠ½Π³ Π±ΠΎΡΠΊΠ° Π΄Π°Π²Π»Π°ΡΠ½ΠΈΠΊΠΈ ΠΌΠ°ΡΠ°Π»Π°Π½ Π ΠΎΡΡΠΈΡ ΡΠΊΠΈ ΡΠ΅Ρ Π΄Π°Π²Π»Π°ΡΠ½ΠΈΠΊΠΈ Π° Π΄ΠΎΠΌΠ΅Π½ ΡΠ·ΠΈΠΌΠΈΠ·Π½ΠΈΠΊΠΈ UZ ΠΊΠΈΡΠ°ΠΌ ΠΊΠ°Π½Π°ΠΊΠ° Π±ΡΠ»Π°Π΄ΠΈ ΡΠ°ΠΉΡ ΡΡ ΡΠΈ ΠΈΡΠ»ΠΈΠ΄ΠΈΠΌΠΈ ΡΠΊΠΈ Ρ ΠΎΡΡΠΈΠ½Π³ Ρ Π°ΠΌ ΡΠ·ΠΈΠΌΠΈΠ·Π½ΠΈ Π£Π·Π±Π΅ΠΊΠΈΡΡΠΎΠ½Π΄Π°Π³ΠΈ Ρ ΠΎΡΡΠΈΠ½Π³ Π±ΠΎΠ»ΡΠΈ ΠΊΠ΅ΡΠ΅ΠΌΠ΅ ΠΌΠ°ΡΠ°Π»Π°Π½ ahost.uz ΡΠΊΠΈ ΡΠ°ΡΠΊΠΈ ΡΠΌΠΈ Π±ΡΠ½ΠΈ?
Sayt o’zbekistonliklar uchun mo’ljallangan bo’lsa hostingni aHostdan olganingiz ma’qul.
Π’Π΅ΠΌΡΡΠ³Π°
ΠΠΎΠΌΠ΅Π½ Π£Π·ΠΈΠΌΠΈΠ·Π΄Π° ΠΎΠ»ΠΈΠ± Π₯ΠΎΡΡΠΈΠ½Π³Π½ΠΈ Π ΠΎΡΡΠΈΡΠ΄Π°Π½ ΠΎΠ»ΡΠ°Π½Π³ΠΈΠ· Π±ΡΠ»Π°Π΄ΠΈ
Π‘Π°ΠΉΡ ΡΠ΅Π· ΠΈΡΠ»Π°ΡΠΈ ΡΡΡΠ½ ΡΠ΅Π· ΠΈΡΠ»Π°ΠΉΠ΄ΠΈΠ³Π°Π½ CMS Π½ΠΈ ΠΈΡΠ»Π°ΡΠΈΡ Π·Π°ΡΡΡ Π±ΡΠ»Π°Π΄ΠΈ. ΠΠΊΠΈ WordPressΠ½ΠΈ ΠΎΠΏΡΠΈΠΌΠΈΠ·Π°ΡΠΈΡ ΠΊΠΈΠ»ΠΈΡ ΠΊΠ΅ΡΠ°ΠΊ. Π―Π½Π° Π±ΠΈΡ ΠΉΡΠ» ΠΈΠ»ΠΊ ΡΠ°Ρ ΠΈΡΠ°Π½ΠΈ ΠΠ ΠΊΠ°ΠΌΡΠΎΠΊ ΠΊΠΈΠ»ΠΈΡΠ³Π° Ρ Π°ΡΠ°ΠΊΠ°Ρ ΠΊΠΈΠ»ΠΈΡ ΠΊΠ΅ΡΠ°ΠΊ. Π¨ΡΠ½Π°ΠΊΠ° ΡΠ°ΠΉΡΠ»Π°Ρ Π±ΠΎΡ WordPress Π΄Π° ΠΈΠ»ΠΊ ΡΠ°Ρ ΠΈΡΠ°ΡΠΈ ΡΠΌΡΠΌΠ°Π½ ΠΊΠΎΠ»Π³Π°Π½ ΡΠ°Ρ ΠΈΡΠ°Π»Π°ΡΠΈ Ρ Π°ΠΌ 300-500 ΠΠ Π°ΡΡΠΎΡΠΈΠ΄Π° ΠΆΡΠ΄Π° ΡΠ΅Π· ΠΈΡΠ»Π°ΠΉΠ΄ΠΈ.
ΠΠ΄Π°Π°Π° ΡΡΡΡΠ½Π°ΡΠ»ΠΈ
Azamat aka assalomu aleykum! doim sizni maqolalaringizni o’qiganda odam ilhomlanib tezroq dasturchilkni boshlagisi keladi, maslahat bersangiz nimadan boshlasam bo’ladi birinchi navbatda yaxshi o’qituvchi kerakmi yoki mustqil o’rgansam bo’ladimi?
Birinchi navbatda ingliz tilini yaxshi o’rganishingizni tavsiya qilaman. Til bilsangiz internet orqali o’zingiz o’rganishingiz mumkin, o’qituvchi shart emas. Codecademy yoki Udemy saytlari bilan qiziqib ko’ring, yaxshi darslar topishingiz mumkin.
Assalomu alaykum Azamat aka .
Savol?
Playmarketga o’zim yaratgan dasturlarni qanday qilib joylashtirsam bo’ladi.
Biror bir video qo’lanman yoki biror bir saytda ko’rsatib o’tilgan bo’lsa silkasini tashlab yuboring.
Javobiz uchun oldindan rahmat
Dokumentida batafsil yozilgan. Google orqali izlang, o’qing.
Azamat aka menda bir savol bor edi.Telegram asoschisi Pavel Durov qanday miliarder bo’lgan yani unga bu programma orqali qanday pul tushadi,u hech qanday reklama qo’ymaydiku.O’zbekistonda ham shunday ish qilish mumkinmi?Iloji bo’lsa bir maqola yozing batafsil.Oldindan rahmat
Eey uzing dim zo’r bilsang bowqoloni mozgisini o’ynama, xom xayollar bilan. Uzing millioner bo’lip yurivar. Xayolparast.
Assalomu alaykum Azamat aka, men mobil dasturlashni (Android) o’rganmoqchi edim. Dasturlashni o’rganishda qaysi manbalardan foydalanishni maslahat berasiz? Javob uchun oldindan rahmat!
https://www.youtube.com/playlist?list=PLAwxTw4SYaPnMwH5-FNkErnnq_aSy706S
Assalom. men Uz sayt yaratmoqchiman nima qilishim kerak.
O’rganib, o’zingiz yaratishingiz mumkin. Yoki pulli xizmat asosida buyurtma berib saytga ega bo’lish mumkin.
telegramda pul ishlasa boladimi. Bilsangiz o’zgating
Termiz davlat universiteti qoshidagi akademik litsey talabasi boβlganimizda kursdoshlarim bilan birga kelajakda jamoa boβlib ishlashni orzu qilar edik.
Deb yozgan ekansiz sir bo’lmasa nechinchi yil o’qigansiz kimlar bilan birga o’qigansiz???
Bularni so’raganimni sababi hozirda men ham xuddi shu dargohda taxsil olmoqdaman..!!!
2004-2007.
Xozir ha Termizda yashaysizmi?
Dasturlashni o’rganish uchun Ingiliz tilini bilish qanchali muhim
Salom Azamt aka, yordamiz kerak edi. WordPress da sayt ochdim va unga domen qo’shmoqchiman. Bepul domenni oldim freename.com sayti orqali faqat uni wordpressda ochgan saytimga bog’lab ololmayapman. Nima qilsam bo’ladi?
Domenni birinchi navbatda hostingingizga ulaysiz. Domen ishga tushgandan keyin WordPressning asosiy domenini umumiy sozlanmalar orqali yangi domenga o’zgartirib saqlaysiz.
assalomu alekum Azamat aka men html cssda xabarim bor html css orqali men mobil ilova yaratolamanmi keyin Agar termizda yashasiz men sizdan dars omochiman albatta tolovini asosida agar shunaqa niaytiz bosa emailda javobizni kutardim
HTML va CSS bilan mobil ilova yaratish mumkin, ammo ularga JavaScriptni ham qo’shishingiz kerak bo’ladi. JavaScriptda yoza olmasangiz faqat HTML/CSS bilan mobil ilova yarata olmaysiz. Mana bu ma’lumotni o’qib chiqishingizni tavsiya qilaman: https://www.valuecoders.com/blog/technology-and-apps/top-javascript-frameworks-for-mobile-app-development/
Pul yechib olish uchun nimalar qilish kerak qanda proggramma kerak
Dunyoda 10 milliondan ziyod dasturchilar mavjud. Bularning atiga 2 millioni professional dasturchilar hisoblanadi. Qolganlari havaskor dasturchilardir. Professional dasturchi darajasiga erishish uchun asosan qanday ishlar bilan shug’ullanish kerak? Javobingiz biz uchun juda ham muhim.
Fikrimcha, hammasi tajribaga bog’liq. Shunday ekan, tajribangizni oshiradigan har qanday ish bilan shug’ullansangiz, Siz uchun foydali bo’ladi.
Salom Azamat aka!
Men dasturlashga juda qiziqaman. HTML ni oz bilaman. Pascal va xml niyam. Hozir ko’pincha Sketchware dasturi orqali android uchun dastur, ilovalar, kitoblar va oddiy o’yinlar yaratyapman. Ha, aytgancha, yoshim 15 da. Kompyuterga ham qiziqishim katta, ammo uyimizda kompyuter yo’q bo’lgani uchun, hozir ko’proq shunaqa Android dasturlash yo’llarini o’rganyapman. «Ammo bu bilimlarim bilan qanday pul ishlasam bo’ladi» degan savol bilan sizga murojaat etmoqchi edim! Xullas, menga maslahat bering..!
Azamat Xodjakovga savol: «Men yaxshi dasturchi bolishim uchun qoshimchaga borishim shartmi?»
Yo’q, shart emas. Ingliz yoki rus tilini bilsangiz YouTube orqali o’zingiz istagan dasturlash tilini bepul o’rganishinigiz mumkin. Yaxshi dasturchi bo’lishning mustaqil o’rganishga juda katta bog’liqligi bor. Agar mustaqil ravishda ilm olishni uddalay olmasangiz hech qachon yaxshi dasturchi bo’la olmaysiz.