Bosh sahifa / WordPress / Ma'lumot / Contact Form 7 uchun reCAPTCHA

Contact Form 7 uchun reCAPTCHA

WordPress asosida ishlaydigan saytda turli holatlarda katta imkoniyatlar taqdim eta oladigan Contact Form 7 plaginiga Googlening reCaptcha xizmatini ulashingiz mumkin. Bunda Sizga Really Simple Captcha plagini yordam beradi. Ushbu plagin nafaqat forma orqali yuboriladigan ma’lumotlarni spam va boshqa avtomatik jo’natilishlardan asraydi, balki Contact Form 7 plagini bilan ajoyib mutanosiblikda ishlay oladi.

reCAPTCHA nega kerak?

Internetda saytingiz orqali turli reklama matnlari, linklar va media fayllarni bazaga yozishga harakat qiluvchi botlar bor. Ularni oddiy tilda «virus» deb atashimiz mumkin. Forma foydalanuvchilardan ma’lumotlarni qabul qilib, uni bazaga saqlaydi (yoki pochta orqali yuboradi). Botlar huddi foydalanuvchilardek ma’lumotlarni forma orqali yubora olishini hisobga olsak, formani faqat haqiqiy foydalanuvchilar (odamlar) ishlatishi va botlar ishlata olmasligi kerak, degan vazifa paydo bo’ladi. reCAPTCHA bu vazifani a’lo darajada uddalaydi.

reCAPTCHA Contact Form 7 da qanday ishlaydi?

Captcha turli sinovlar orqali odamlarni botlardan farqlay oladi. Sinovlar rasmlar tanlash, ma’lum joyga belgi qo’yish, hisob-kitob, harflar yoki kabi amaliyotlarni o’z ichiga oladi. Google reCAPTCHA formaga ma’lumot joylayotgan manba (xoh u bot bo’lsin, xoh odam) sinovdan o’tsagina formani yuboradi. Ungacha formani yuborishning boshqa imkoniyati yo’q. Tabiiy ravishda odamlar sinovdan o’tadi, botlar esa spam xabarni jo’nata olishmaydi.

Contact Form 7 uchun reCAPTCHA imkoniyatini beruvchi Really Simple Captcha plagini o’rnatsangiz, formani shakllantirish muharririda maxsus reCAPTCHA qisqa kodi paydo bo’ladi. Bu kodni formaning istalgan joyida ishlatishingiz mumkin (odatda formaning quyi qismida, yuborish tugmasinda oldin joylashtiriladi).

Contact Form 7 bilan reCAPTCHA ishlashi uchun Google orqali reCAPTCHA API kodini olishingiz kerak bo’ladi. Kodni olish va saytingizga joylashtirish juda oson. Uni plagindan foydalanish jarayonida amalga oshirasiz.

Saytingizda Contact Form 7 plaginidan foydalansangiz va formalaringiz xavfsizligiga jiddiyroq yondoshmoqchi bo’lsangiz, Really Simple Captcha plaginidan foydalanib ko’ring.

Abituriyentlar uchun test formulalari

2 ta fikr

  1. hammasi oldi qochdi uydurmagaplar, Azamat xodjakov, odamlarni qulog’iga lag’mon ildiradigan, hatto bu gaplarga o’zingiz ham iwonmaydigan, bunaqa gaplarga hech kim tushunmaydi deb o’tlaydigan- maqolalaringizni yoziwniqachon bas qilarkaniz-a. Odamlarni aldab saytingizga jalb qilib yuravering. Omad… Kamina… e-mail im wo’tta.

  2. Маколага гап йук, шундай давом этинг.
    Нима иш килманг, хар бир килган ишингизни гапирадиганлар топилади.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*