Clash of Clans o’yinining haqiqiy hayotga yaqinligi

Bu haqida yozishni istamaganligimga ikkita sabab bor: birinchidan, nima demoqchi ekanligimni hamma ham tushunavermasligi mumkin (ayniqsa Clash of Clans o’yinini o’ynamaganlar); ikkinchidan, meni yaqindan taniydigan va ba’zan mulohaza qilishda oshirib yuborishimni biladiganlar yana narsalar mohiyatini talqin qilishda juda chuqurlashib ketganligimni eslatishlari mumkin. Shunga qaramasdan bugun Clash of Clans o’yinining haqiqiy hayotga yaqin jihatlari haqida o’z qarashlarimni bayon qilmoqchiman.
Bilmaganlarga ma’lumot sifatida: Clash of Clans dunyo bo’yicha internet orqali o’ynash mumkin bo’lgan, har bir o’yinchiga bittadan qishloqni boshqarish imkoniyatini beruvchi, o’zaro turli resurslar va imkoniyatlar uchun jang qiluvchi qabilalar kurashiga asoslangan o’yin hisoblanadi. Uni asosan mobil qurilmalarda o’ynashadi. Bugungi kunda Clash of Clans o’yinini millionlab o’yinchilar o’ynashadi. Shu jumladan kamina ham bu o’yinni bir yildan buyon o’ynayotganlar sirasiga kiraman.
Clash of Clans o’yini atrofida shovshuvli mish-mishlar ko’p bo’lgan. Ayniqsa o’yinning musulmonlarga qarshi jihatlari borligi haqidagi gaplar va tahminlar bu o’yinga ortiqcha e’tiborni jalb qildi. SuperCell kompaniyasi tomonidan qayta ishlab chiqilgan o’yinning yangi grafikasi bu kabi diniy aloqadorlikka ega shubhalarga barham berdi.
Clash of Clans o’yini va uning haqiqiy, real hayotimizga mazmunan qanchalik yaqin ekanligi haqida ko’plab maqolalarni o’qishingiz mumkin. Ushbu maqolada o’yinning shaxsiy kuzatishlarimga ko’ra real hayotga yaqin jihatlari haqida yozmoqchiman. Demak, kaminaning fikriga ko’ra Clash of Clans o’yini quyidagi sabablarga ko’ra haqiqiy hayotga mazmunan yaqin:
Yoki tanga yoki daraja
O’yinda ishtirokchilar bir-biriga hujum qilishar ekan, asosan ikkita maqsad bilan jangga otlanishadi: yoki iloji boricha ko’proq o’lja (tanga)ni qo’lga kiritish uchun, yoki raqibini to’liq mag’lub qilgan holda o’z darajasini ko’tarib olish uchun. Odatda o’lja uchun hujum qilayotganlar o’ziga keraklichasini olib bo’lgandan keyin jangni tark etishadi, yoki g’olib bo’lish haqida qayg’urishmaydi. Aksincha, daraja masalasi ahamiyatli bo’lgan o’yinchilar o’ljaga e’tibor qilishmasdan, faqat raqib ustidan g’olib kelishga harakat qilishadi. O’yinning bu holatda tuzilishi menga haqiqiy hayotdagi materializm va ruhiy yuksalishga nisbatan insonlarning guruhlanishini eslatadi. Kimlardir moddiy narsalar uchun kurashsa, kimlardir ruhiy yuksalish va oliy darajalar uchur kurashadi.
Boylik va daraja
O’yin ishtirokchilarining qishloqlarini kuzatsangiz, ko’pincha hashamatli qishloqqa ega, ko’p boyligi bor o’yinchilarning darajasi past bo’lib, daraja uchun o’ynaydiganlarning reytingdagi o’rni ancha yuqorida, ammo qishloqlari avvalgilariga nisbatan sustroq rivojlanadi. Balki faqat menga shunday tuyular, bu masalada xato fikrlayotgan bo’lishim ham mumkin, ammo o’yinda moddiy resurslar va reytingdagi darajaning shakllanishida ikki xil usulda harakatlanish mavjud.
Harakatda – baraka
O’yinchilarning qishloqlarida resurslarni ishlab chiqaradigan konlar bor. Ular ma’lum vaqtda ma’lum miqdordagi resurslarni chiqarib turadi. O’yinchi hech kimga hujum qilmasdan, shunchaki o’yinni harakatsiz kuzatib tursa, resurslar tabiiy holatda sekinlik bilan yig’ilaveradi. Yig’ilayotgan resurslarni boshqa o’yinchilar qishloqqa hujum qilib, olib ketishlari xavfi ham bor. Ammo o’yinchi boshqa qishloqlarga hujum qilsa, resurslarni yig’ish uchun faol harakat qilsa, uning resurslari tezroq ko’paya boshlaydi. Hayotda ham aslida shunday. Yashash uchun harakat qilmaydigan, intilishsiz odam ochlikdan o’lib qolmasligi mumkin, ammo hech qachon harakat qilgan odamchalik farovonlikka erisha olmaydi.
Har narsaning qiymati bor
O’yinda ishtirok etsangiz Clash of Clansda nimagadir erishish uchun qanaqadir to’lov to’lashingiz kerakligini tushunasiz. Ba’zan tanga, ba’zan boshqa biror resurs evaziga nimanidir rivojlantirasiz (qurasiz). Bundan tashqari har bir narsaning qurilish (rivojlantirilish) jarayoni ma’lum vaqt oladi. Arzimas narsalardan boshqa hech narsaga darhol erishmaysiz. Natija olish uchun resurs sarflashingiz, ma’lum vaqt sabr bilan kutishingiz talab etiladi.
Clash of Clans o’yinining men sezmagan yoki bu yerda yozishni ma’qul ko’rmagan hayotiy jihatlari ko’p. Ba’zi personajlarning real hayotiy nusxalaridan boshlab voqelik rivojining eng kichik detallarigacha haqiqiy hayotga mos tushishi o’yinning real hayotga imkon qadar yaqinlashtirib yasalganligida bo’lishi ham mumkin. Bu narsa maxsus shu yo’nalishda tayyorlanganmi, yoki men juda chuqurlashib ketayapmanmi – bilmadim. Xullas, men bu o’yinda haqiqiy hayot bilan bog’liqlikni boshqa o’yinlarga nisbatan ko’proq his qilaman.
Balki Sizda ham shu o’yin xususida fikrlar bordir? Hayotiy tarzda tayyorlangan boshqa o’yinlar haqida fikr bildirmoqchimisiz? Quyida fiklaringizni kutib qolamiz.
Men Stronxild crusader III o`yinini haqiqiy hayotga yaqin deb bilaman bu o`yin ham xuddi clash o`yiniga o`xshaydi faqat farqi strategiyaning o`zgarishida menga maqolarlaringiz yoqadi sizdan iltimos internetda pul ishlash haqida sahifalaringizni kutib qolaman va yana youtubda qanday qilib pul ishlashni ham yozsangiz!!!
Bu uyin musulmonga emas chnkim yangilangan versiyada shaytoni yashirgan. Man uzim uynayotganda kurdim rasmi ham bor blganimdan kegin õchirib yubordim kegin ma’lumot qidirdim
Shu gapga umuman ishonmayman bunday bulishi mumkinmas chunki õzim ham bu õyinni anchadan beri õynayman lekin bunaqa barsalarni hali uchratmadim. Menga maqolangiz yoqdi
Hech qaysi o’yin reyal hayotga o’hshamaydi
Reyal hayotdagi yetolmagan narsalarni o’yinda erishgande bo’lasanu lekin bari befoyda bo’lib chiqadi hamma ham o’yin o’ynedi kimdir vaqt o’tgizgani kimdir esa shunchaki omadini sinagani
O’yinni deb reyal hayotan ajirab qolish bu tirik murdadek na maqsad na orzusi bo’ladi odamni
Shuni uchun barchaga maslahatim o’ynamang demayman o’ynang lekin atrofingizdagi reyal hayotni unutmay o’ynashni maslahat beraman
Bazan ko’rdimki bitta o’yinni deb atrofdagilarga nisbatan jiZAKI asabiy bo»lish bu to’g’ri kelmaydi
Eng yahshi o’yin bu farzandingni erkalaganingdagi quvongani bunday g’alabaga erishishni barchaga tilayman
Bu oʻyinda hech narsaga erishmaydi deganlar adashadi. Chunki bu oʻyinni ishli odamlar ham oʻynab pul topisha oladi. Oʻz qishlogʻini qurgach uni oliy darajaga va 11 txga yetkazgan va oʻlja boʻyicha oʻz davlati boʻyicha 10 yalikka kirgan oʻyinchilarning qishlaqlari 500 $ dan kam mablagʻga sotilmaydi…
AGAR JAVOBIMDA IMLOVIY HATOLAR BOʻLSA MENI MANZUR TUTASIZ…
Meni fikrim boshqa!Men o’yinni Doimgidek biznesga o’xshataman!Kimdir itallib Baza qurib kuchayadi_Kimdir esa osongina sotib oladi biroz topda oynab xoxlasa sotvoradi!Yoki klesh full soxta oyinlar bor unda kristal vip boladi va hujumdan zerikib ketasz!Men ham 2yillik tajribam ichida bazamni 9dan_11 fullgacha ko’tarib zerikdim va òóyinni tark etdim.Zarar sabablar køp oyinni lekin tushunganda kech bolarkan!MEN CLASH OF CLANS asoschilariga ta»m beraman talabdan zor taklifga javob qaytarishadi-de!Baribir puxxuylarga puxxuy ekanligini ham blaman kop joylarda bot bot oyin oynash yaxshimas deyishadi,lekin hamma ishonaversa oyin asoschilari boyimiy qoladiku togrimi.Men bir narsaga doim etibor beraman activ bu chontagizga siz ishlamasaiz ham keladigan pul yani shaxta,passive esa siz itallib pul topasz va yana ishlatvorasz va yana qarabszki pul yo yana soglikni amini chiqarib oz ustida yo birov qol ostida ishlash kere.Ming millioner bosaiz ham odamlarga oyin bermay tovar bering siz virtual olma bilan tabiiy olmani farqiga borasz.QISQASI OYINNI FOYDASI SOGLIKKA ZIYONLIKDAN BOSHQA NARSA EMAS!OYIN BU OYIN REAL BU REAL!BARIBIR OZI BILADIGAN BAROBIR TAN OMAYDIGAN VA BARIBIR ISHONMAYDIGANLARGA KATTA RAHMAT!CHUNKI MEN SLAR HICH KIM MASMAN,sababi osha oyinlaring Meni gapimdan ustun kelib szni boshqarvottiku B-)
Tori uni oynab foyda kormisila undan kora foydali kitob olib oqisanglar osha foyda
Art of war 3 uynab kuring maslaxatim grafikasi norm
Toʻppa toʻgʻri oka
Men sayt ochib pul ishlamoqchiman orgatinglar
meni qishloqim clash tomonidan block bolib qoldi ochib boladimi yoki qachon ochiladi iltimos yordam berila… Hali bugun sodir boldu…
Qishlogizzi hacerlar ob ketgan qaytarb olomis
Ocolmaysan
Oka Vaqtincalik ban yegan bazayz
E bu uyinni uynab nima qilasilar man ham 3.5yildan buyon uynayman uyinni uynash uchn mb kerak . Mb uchn pul kerak . Men bazan yemay ichmay paynet qib shu uyinni uynadim . Xozi uzimga savol beraman nimaga uynadim deb . Tugri bazani sotaman pul iwlayman deysiz lekin usha bazani 500-600 mingga sotish uchn bazangiz kamida 11tx full bulishi kerak . A uni uchn kamida 20oyla uynash kere yana deyarli ertadan kechgacha onlayn bulgan holda bulmasa 2-2.5yilda 11tx bolasiz . Uziz oylab kuring uyin uchn oyiga 25-30 ming sarf qilasiz endi uynagan vaqtizga kupaytiring qani . Bu yerda kim foyda qiladi xop kuchaytirdiz ham deylik. Uni kimga sotasiz oladigan odamiz bormi . Shuni uchn uyinni uynashga maslaxat bermayman ular bizlar orqali chuntagini boyitmoqda .
Ha meni brvaqtlari sevip oynagan oyin 4yillik stajm bor bu oyinda brovni bazasini sindrp buzp olip blaman qarasam undan foyda yoq shujcaki onda sonda oynasa boladi . Unga yoqotkan vaqtingizni bir ilm oling foydasi bor maslahatm ozroq oynanglar hadep 10soatlap onlayn bolp soglk ketp qolafi . Azamataka klaningiz qaysi meniyam klaningizga oling nomini yozip koyon baza 12 tx 196 lvl
He oyin yaxshiyu onda sonda kirib uynesez boldi birov unga kirib kunu tun oyna demayabdiyu
Yuqorida aytilgan Fikrlarga qoshilaman. Koʻpchilik bu oʻyinni Islomga zid deydi, Menimcha unday emas….
Bollar meninng maslahatim bu oyinni oynamanglar waktingiz zoya ketadi.
O’yinni o’ynash kerak faqat baribir normanli teli bor inson boshqa bo’lsa ham o’yin oynediyu mg kelsa aytarli mg yemaydi yaxshi o’yin faqat vaqtida zerikkanda 30min yoki 1 soat o’ynasa bo’ladi qanday qabul qilish odamni o’ziga bog’liq
clash zo’r o’yin lekin o’ynash ekan deb yotvolib o’ynash shartmas o’ynasa bo’ladi faqat 1
kunda 1 yoki 1 yarim soat
hayot igradan olinmaydi igra hayotdan olinadi
To’g’riku amo olmos masalasi qiyin.
Clash of Clans uyinini obnovloniya qilinglar yana day zo’r bulson umumam boshqacha bo’lsin
To’g’riku amo olmos masalasi qiyin. Bu fikir noto’g’ri u shundog’m zo’r. Unga pul va olmos masalasini yanada yaxshi qiling.
Administrator b. N gaplawmoqchiman katta muammo bor hal qiberoladigan odam k. K
O’zbekcha da
Bilmadim bu o’yin zararlimi yoki foydalimi lekin bir narsa malum bu bolalarga salbiy tasir ko’rsatadi
Clash of clans harom deyilgan bu to’grimi
CLASH OF CLANS DA BAZI BIR SOZLAR O’TA G’ALATI ESHITILADI MASALAN ADSIKAYA BASHNIY UZB. GA O’GIRGANDA DO’ZAX MINORASI KELIB CHIQADI U NOM ATALAB QOYILGANMIKAN SHUNGA. HAYRONMAN
Clash of clans ga yangi odamlar kiritingla
Men uchun zo’r.
SiZdan iltimo yuqorida aytganizday supercell qayta ishladi dediz bu anniqmi agar aniq bolsa qyerdan bildiz bazi narsalar osha osha ku agar isboti bolsa samsunguz1331@gmail.com ga yozing
Man bu o’yinga qarshiman u haromi yo’ki yo’q buni hudo biladi lekin shuni bilamanki vaqtni bekor ketkazishiyam jovobi bor
Meni savolim shundan iboratki clash of clans o’yini xarommi yo’qmi
11 ratusham bor edi tiklab beriylar
oynayverinlar zor oyin
Ey dostim san gunoxga qol urib shaytonni yulida ketyapsan Bu yoldan qayt vaqti kelib qiyomatda seni jannat eshigi emas duzax eshiklari ochiladi
Salom. Bazi bir qishloqlarni kòrganimda himoyachilar (koldun, pushka,mortir…) bòlmaydi. Shuni tushuntirsangiz. Iltimos.
Men bilaman
Meni bazam bor edi yangilangandan kiyin olsam boshidan boshlandi shunga yordam kerak.
Bu oynni oynama dostim
Qöshilaman Google dan Clash of clans öyini harommi db yozsela chiqadi video ushani körib özila uchun xulosa qivolurila yoki Terri Jons pastor deb yozsela körasla.maslahatim öymamela
Tog‘ri hayotning qaysidir joylariga oxwab ketadi ustalar bilan resurslani qurib boriw jarayonini sabr bilan kutuw o‘z davlatini nomini belgisini qoyib bowqa davlatlardan yuqoriroq pog‘onada turiwini xoxlaydi luboy o‘yinchi. Lekin bu o‘yin o‘qimiwli fan bilan wug‘ullanuvchilaga umuman tog‘ri kelmaydi hayot yuliga tuwgan iwda ko‘pro vaqti buladigan zerikiwdan o‘ynasa boladi man o‘ynadim brorta o‘yinni bunchalik ko‘p o‘ynamaganman o‘yinladan tez zerikardim o‘yin juda qiziq bazani kuchayib boriwi odamni yanada qiziqtradi.
Nimaga o‘ynama deyapsiz sizga yoqmagan yeri bormi
Oyin yaxshi lekin nima uchun musulmonlarga to’g’ri kelmasligini haligacha chunib yetmadim. Mayli kimgadir yoqmas lekin Menga yoqadi bu oyin bu oydinda klanga kirib yangi fo’stlar ortirasiz shu taraflama Menga yoqadi
Bu o’yin juda qiziqarli lekin hech qachon akkaunting parolini hech kimga aytma
Davlat bu öyinni öynamen sizgayam Mukhtarov ga etgan gapim
Google dan yozin Mukhtarov Clash of clans harommi db yozin keyin bilvolas
Maslahatim PUBG MOBILE öynela zör öyin
Ongli ravishda gapirdizmi clash harom pubg oynelar deb . Clashda porno yoq lkn aynan pubgda boru ochiq sochiq narsalar juda kulguli boldiyu gapiz
Gapingiz togri
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Do’stlar yaqinlar, hamda aziz dindoshlarim. Agar bilsangiz musulmon ahli uchun vaqtini bekorchi narsalarga sarflash ham og’ir gunohlardan biridur. Va har bir bekorchilikka sarflangan vaqtni ham javobi bor. Shunday ekan bunday bekorchi o’yinlarni o’ynashni bas qilib real hayotga qarang. Agar siz hozir real hayotga qaramas ekansiz, ushbu yaqin kelajakda (albatta o’lmasingizdan oldin) virtual hayitga kirib bo’lamiz…
Shunday ekan har bir daqiqamizni g’animat bilib, boshqa davlatlardan rivojlanishda o’tib ketishga harakat qilaylik do’stlar. Bu bekorchilikka sarflagan vaqtimizni o’qishga sarflasakkina kelajakda o’z o’rnimiz bo’ladi va oilada ham hurmatimiz bo’ladi. Shunday ekan faqat va faqat rivojlanish uchun harakat qilaylik.
clash of clansni kim yaratgan iltimos etivorilar
Bozo ogirlash
Bu o’yinning maqsadi islom dinidagi insonlarni dindan chiqarish ishonmasangiz o’yinda shaytonning surati bor tekshirib ko’ring surat buttalar atrofida bor
Safsata
Men clashni tashladim bular safsata emas
Bazani superseldan chiqarishni kim biladi
Bu qanaqa oyin
Aytganlariz tugri men xam bir yildan beri uynayman
clash oynamanglar vaqt qaymaydigan boylik boshida hamma oyinga qiziqasiz keyin afsuslanasiz clash oyinini o’ynagandan kora bilim olmoq kk ekan clashdan baribir pul topish qiyin topsayam1-2 yilda 1 yoki 500000ming topsa buladi ha 1-2 yilda boshqa joyda ishlasa qancha pul topsa buladiyu hamma ozi xulosa chiqarsin
Clashni asoscsi km va nmaga asoslanb bu uynni ishlab cqqan va nega uyn burcaklarda shaytonni belgisi bor
surati bn tasvirlangchi
Men bu oyinni 5oydan beri oyniman bu o’yinga gap yoq
Menga Clash of Clash ohini kk emas,menga KnightClash oyini kk qaydan topsam boladi.
salom aka ogirlashni orgating men clashni 6yildan beri oynayman ogirlashniikta yoly bar 1njisi gmail kod oni bilaman 2njisi belolmayapman yozwaring
Bazani supercelldan chiqarish kerak