Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Changelog – o’zgarishlar ro’yxati

Changelog – o’zgarishlar ro’yxati

Web texnologiyalarda, umuman dasturchilikning barcha sohalarida, u yoki bu dasturning yangi versiyagacha yangilanishi bilan unga qo’shimcha imkoniyatlar qo’shiladi, mavjud kamchiliklar bartaraf etiladi, dasturning qaysidir qismi o’zgartiriladi. Bu o’zgarishlarning ro’yxati «changelog» [cheynjlog] deb yuritiladi. Changelog navbatdagi versiyagacha yangilangan dasturda yangilash natijasida amalga oshirilgan o’zgarishlar ro’yxatini ifodalaydi.

Har qanday dasturning eng so’nggi versiyasini ishlatishingiz tavsiya etiladi. Ammo ba’zan muhitingiz qaysidir dasturning eskiroq versiyasini talab qilishi mumkin. Bunday holatda muhitingizga eng mos bo’lgan dastur versiyasi qaysi ekanligini aynan changelog orqali bilib olasiz.

Changelogni o’qiyotganingizda dasturning versiya raqami, shu versiyaning qaysi sanada iste’molga chiqarilganligi va bu versiyada dasturning qaysi tomonlari o’zgarganligiga e’tibor qarating.

Quyidagi Akismet plaginining o’zgarishlar ro’yxati – changelogiga qarang. Boshqa plagin, shablon, tizim yoki dasturlarda ham aynan shu shakldagi ro’yxatni ko’rishingiz mumkin.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan