Bosh sahifa / TOEFL va IELTS / CEFR haqida umumiy ma’lumot

CEFR haqida umumiy ma’lumot

CEFR (Common European Framework of Reference for Languages – Umumiy Yevropa Til  Ko’nikmasi Qolipi) tizimi butun Yevropa bo’ylab ishlatiladigan tillarni o’rganish, o’rgatish va baholashga doir masalalarni o’z ichiga oladi. Bugungi kundagi globallashuv va zamonaviy texnologik vositalar yordamida odamlarning bir-birlari bilan oson aloqa o’rnatishlari natijasida CEFR tizimi nafaqat Yevropada, balki Kolumbiya va Filippin kabi davlatlarda ham keng tadbiq etilayapti. O’zbekistonda ham Prezidentning 2012-yildagi Qaroridan so’ng ingliz tilini o’rganish va o’rgatishga bo’lgan talab sezilarli darajada ko’tarildi hamda buning natijasi o’laroq yangi, milliy NSFLA tizimi CEFR asosida tashkil etildi.

Tizimning tashkil etilish tarixi Yevropaga ish izlab keluvchilar sonining ortishi bilan bog’liq. XX asrning o’rtalarida Yevropada ishlab chiqarish taraqqiy eta boshlagan va yangi ish o’rinlari yaratilib, ko’proq ishchi kuchiga talab orta borgan sari, Yevropaga ish izlab keluvchi va bu yerda butunlay yashab qolish niyatida tashrif buyurayotganlar soni ortib bordi. O’sha vaqtda Yevropada Ispan, Nemis, Fransuz va Italiyan tillaridan tashqari Ingliz tili ham keng miqyosda ishlatilardi. Yevropaga yashab qolish uchun kelayotganlar Yevropaning mahalliy aholisi bilan bemalol, muammosiz gaplasha olishlari kerak edi. Shuning uchun Yevropaga ishlash uchun kelayotganlar mahsus imtihonlar topshirishlari kerak bo’lgan. CEFR tizimiga asoslangan imtihonlar dastlab Yevropada amal qiladigan barcha tillar bo’yicha olingan bo’lsa-da, bugungi kunda CEFR tizimidan eng ko’p hollarda ingliz tilini o’qitish, o’rganish va baholashda foydalanilayapti. Chunki butun dunyo ingliz tilida gaplashayapti va bu til birinchi raqamli jahon tiliga aylanib ulgurgan.

CEFR tizimi Yevropa Konsulligi tomonidan 1989-1996 yillarda amal qilgan «Language Learning for European Citizenship» («Yevropa Fuqaroligi uchun Til O’rganish») dasturining tarkibiy qismi sifatida to’liq mukammallashtirilgan. 2001-yilning noyabr oyidan boshlab esa CEFR Yevropa tilllarini bilish darajasini baholashda asosiy me’zon sifatida qabul qilingan.

CEFR tizimi tillarni bilish darajasini uchta: A, B va C guruhlarga ajratgan holda baholaydi. CEFR darajalari sifatida berilgan baho quyidagilarni anglatadi:

  • A1 va A2 darajalar – tilni endi o’rganayotgan, boshlang’ich bosqichdagi foydalanuvchi,
  • B1 va B2 darajalar – tildan erkin foydalana oladigan, o’rtachadan yuqori darajadagi foydalanuvchi;
  • C1 va C2 darajalar – tilni mukammal darajada biladigan foydalanuvchilar

Bugungi kundagi IELTS va hatto O’zbekistonda endigina tashkil etilib, rivojlanayotgan NSFLA tizimlari ham Ingliz tilini Yevropa standarti, CEFR bo’yicha bilish darajasini baholash va aniqlashga asoslangan. Demak, bu turdagi ingliz tilini bilish va egallash darajasini aniqlash, baholash, o’rgatish va o’rganish tizimlari asosan Yevropada tildan foydalanish hamda Yevropa sharoitida muammosiz muloqotga kirisha olish darajasiga asoslangan.

CEFR asosidagi tilni bilish darajasini aniqlash imtihonlari asosan foydalanuvchilarni to’rt yo’nalish: gapirish, o’qish, tinglab tushunish va yozish ko’nikmalarining qay darajada rivojlanganligiga qarab baholaydi. Tizimda bu turdagi imtihonlarning har bir yo’nalishi uchun mahsus yo’riqnomalar, qoidalar va talablar mavjud. Shu bilan bir qatorda ushbu turdagi imtihonlarga tayyorgarlik ko’rish uchun ham alohida yo’nalish va ko’rsatmalar nazarda tutilgan.

Xulosa qilib aytganda, CEFR – Yevropadagi barcha gaplashiladigan, amalda bo’lgan tillarni bilish darajasini aniqlash, o’rganish va o’rgatish usullarini targ’ib qiluvchi til ko’nikmasi qolipi.

Abituriyentlar uchun test formulalari

62 ta fikr

  1. Cefr imthoni qachon tugaydi oxrgsi qachon

  2. Cefr faqat 2-3 blokgami yoki buning axamiyati yuqmi

  3. Diplomatiya universitetiga b1 darajadagi sertifikat otmaydimi?B2darajasidagi sertifikat otadi deb eshitgandim.Shu togrimi?

  4. Salom. Savolim bor edi. Oqituvchilar topshiradigan oylik ustama haqqi uchun imtihon ham cefr deb ataladimi?

  5. Juda yaxshi dastur ishlab chiqibsiz, bemalol uyda o’tirib ingliz tilini o’rgansa bo’ladi. Ingliz tili grammatikasini o’rganishga oid tayyorlagan dasturingizni davomini tez kunlarda ishlab chiqishingizga omad tilab intizorlik bilan kutamiz. Thank You!

  6. How can I pass listening part in Cefr? and Which documents is need for passing Cefr?

  7. Assalomu Alaykum shu saytning boshqaruvchi Admini sizga savolim bor edi va u shundan iborat yani 2019-yil 1-avgust test imtihonigacha CEFR imtihoni nechchi marta boladi va bu yilgi oladigan CEFR sertifikatimiz 2019-oquv yiliga otadimi

  8. Cefr testini qayerda topshiradi? qayerda registratsiya qilib, qayerdan koproq ma’lumot olsa boladi, nomerligimi, officimi?

  9. Cefr B1 sertifikatini olish uchun qanday darajada bolish kerak misol uchun Intermediate darajasidagi oquvchi sertifikatni olish qolidan keladimi?

  10. Moliya insitutiga CEFRning qaysi darajasi kerak….?

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*