Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

CEFR haqida umumiy ma’lumot

CEFR haqida umumiy ma’lumot

CEFR (Common European Framework of Reference for Languages – Umumiy Yevropa Til  Ko’nikmasi Qolipi) tizimi butun Yevropa bo’ylab ishlatiladigan tillarni o’rganish, o’rgatish va baholashga doir masalalarni o’z ichiga oladi. Bugungi kundagi globallashuv va zamonaviy texnologik vositalar yordamida odamlarning bir-birlari bilan oson aloqa o’rnatishlari natijasida CEFR tizimi nafaqat Yevropada, balki Kolumbiya va Filippin kabi davlatlarda ham keng tadbiq etilayapti. O’zbekistonda ham Prezidentning 2012-yildagi Qaroridan so’ng ingliz tilini o’rganish va o’rgatishga bo’lgan talab sezilarli darajada ko’tarildi hamda buning natijasi o’laroq yangi, milliy NSFLA tizimi CEFR asosida tashkil etildi.

Tizimning tashkil etilish tarixi Yevropaga ish izlab keluvchilar sonining ortishi bilan bog’liq. XX asrning o’rtalarida Yevropada ishlab chiqarish taraqqiy eta boshlagan va yangi ish o’rinlari yaratilib, ko’proq ishchi kuchiga talab orta borgan sari, Yevropaga ish izlab keluvchi va bu yerda butunlay yashab qolish niyatida tashrif buyurayotganlar soni ortib bordi. O’sha vaqtda Yevropada Ispan, Nemis, Fransuz va Italiyan tillaridan tashqari Ingliz tili ham keng miqyosda ishlatilardi. Yevropaga yashab qolish uchun kelayotganlar Yevropaning mahalliy aholisi bilan bemalol, muammosiz gaplasha olishlari kerak edi. Shuning uchun Yevropaga ishlash uchun kelayotganlar mahsus imtihonlar topshirishlari kerak bo’lgan. CEFR tizimiga asoslangan imtihonlar dastlab Yevropada amal qiladigan barcha tillar bo’yicha olingan bo’lsa-da, bugungi kunda CEFR tizimidan eng ko’p hollarda ingliz tilini o’qitish, o’rganish va baholashda foydalanilayapti. Chunki butun dunyo ingliz tilida gaplashayapti va bu til birinchi raqamli jahon tiliga aylanib ulgurgan.

CEFR tizimi Yevropa Konsulligi tomonidan 1989-1996 yillarda amal qilgan «Language Learning for European Citizenship» («Yevropa Fuqaroligi uchun Til O’rganish») dasturining tarkibiy qismi sifatida to’liq mukammallashtirilgan. 2001-yilning noyabr oyidan boshlab esa CEFR Yevropa tilllarini bilish darajasini baholashda asosiy me’zon sifatida qabul qilingan.

CEFR tizimi tillarni bilish darajasini uchta: A, B va C guruhlarga ajratgan holda baholaydi. CEFR darajalari sifatida berilgan baho quyidagilarni anglatadi:

  • A1 va A2 darajalar – tilni endi o’rganayotgan, boshlang’ich bosqichdagi foydalanuvchi,
  • B1 va B2 darajalar – tildan erkin foydalana oladigan, o’rtachadan yuqori darajadagi foydalanuvchi;
  • C1 va C2 darajalar – tilni mukammal darajada biladigan foydalanuvchilar

Bugungi kundagi IELTS va hatto O’zbekistonda endigina tashkil etilib, rivojlanayotgan NSFLA tizimlari ham Ingliz tilini Yevropa standarti, CEFR bo’yicha bilish darajasini baholash va aniqlashga asoslangan. Demak, bu turdagi ingliz tilini bilish va egallash darajasini aniqlash, baholash, o’rgatish va o’rganish tizimlari asosan Yevropada tildan foydalanish hamda Yevropa sharoitida muammosiz muloqotga kirisha olish darajasiga asoslangan.

CEFR asosidagi tilni bilish darajasini aniqlash imtihonlari asosan foydalanuvchilarni to’rt yo’nalish: gapirish, o’qish, tinglab tushunish va yozish ko’nikmalarining qay darajada rivojlanganligiga qarab baholaydi. Tizimda bu turdagi imtihonlarning har bir yo’nalishi uchun mahsus yo’riqnomalar, qoidalar va talablar mavjud. Shu bilan bir qatorda ushbu turdagi imtihonlarga tayyorgarlik ko’rish uchun ham alohida yo’nalish va ko’rsatmalar nazarda tutilgan.

Xulosa qilib aytganda, CEFR – Yevropadagi barcha gaplashiladigan, amalda bo’lgan tillarni bilish darajasini aniqlash, o’rganish va o’rgatish usullarini targ’ib qiluvchi til ko’nikmasi qolipi.

CEFR haqida umumiy ma’lumot” maqolasida 87 fikr

  1. Farzona

    Assalom sizga bir savolim bor edi bugun kirish imtihonlarida CEFR hali tasdiqlanmaganligi va agar tasdiqlanganda IELTS ham kiritilishini aytishdi bu togrimi iltimos shu haqida ma’lumot bersangiz

    Javob berish

      1. khan

        Assalomu aleykum. CEFR imtixoni 3 chi yanvar kuni ertalab tugidi deb eshitdim. Shu gap rostmi. Online registratsiya qila olmayabman nsfa.uz dan

        Javob berish

  2. Guli

    Assalomu aleykum. Sizdan CEFR imtihon baholash mezoni haqida so’ramoqchi edim. Maksimal ball – 150. B1 sertifikati uchun 100% hamma savollarga javob berilgan bo’lishi kerakmi yoki qaysidir ball va undan yuqori deb hisoblanami? Oldindan rahmat

    Javob berish

  3. Shahlo

    Asalomalekum sizga savolim bor edi. Anketa tõldirayotgan vaqtimda email adresim va turar joyimni biroz hato yozib yuboribman takror tõgrilab yozsam bõlmadi endi nma qlsam bõladi javob uchun oldindan raxmat.

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Qanday turdagi anketa to’ldirib yuborganingizga bog’liq. Ko’proq ma’lumot bersangiz yordam berishga harakat qilaman.

      Javob berish

  4. Shaxzada

    Assalomu aleykum! Menda ham shu CEFR bo’yicha savollarim bor edi. NSFLA.UZ saytiga kirdim ammo, kerakli ma’lumot topolmadim. Iltimos, siz o’z saytingizda kengroq ma’lumot bera olasizmi? NSFLA.UZ saytida imtixonning qachon bo’lishi haqida aytilgan lekin hujjat va boshqalar haqida hech qanday informatsiya berilmagan. Javob uchun oldindan raxmat!

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      DTM bilan hech qanday aloqam bo’lmaganligi sababli xujjatlar haqida hech qanday rasmiy javob bera olmayman. Ularga qo’ng’iroq qilib so’rashingiz mumkin: +998 71 235 74 85

      Javob berish

  5. Nigina

    Hi, Could you please tell us whether school pupils at 9th grade can take an exam if they haven’t got a passport,thanks in advance!

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan