Bosh sahifa / Sayt tayyorlash / «Buni WordPressda yasab bo’lmaydi!»

«Buni WordPressda yasab bo’lmaydi!»

Web uchun dasturlash sohasida yetarli tushunchaga ega bo’lmasa ham WordPressni aniq sabablarga ega bo’lmagan holda yoqtirmaydiganlar ko’p uchraydi. Ba’zilar uchun WordPress yetarlicha xavfsiz platforma emasdek ko’rinsa, boshqalar uchun WordPress imkoniyati cheklangan tizim sifatida tasavvur uyg’otadi. Xavfsizlik va boshqa sabablarni hisobga olmaganda sayt yaratishga buyurtma olish jarayonida shunchaki «Buni WordPressda yasab bo’lmaydi!», degan fikrga duch kelamiz. Buyurtmachi, yoki ba’zan dasturchilar ham qaysidir holatlarda WordPressda u yoki bu loyihani umuman yasab bo’lmasligini ta’kidlashadi.

WordPress faqatgina blog uchun mo’ljallangan tizim emas. Qachonlardir u faqat blog uchun yaratilgandir, qachondir WordPress bilan katta saytlar/tizimlar tayyorlay olmagandirmiz. Lekin hozir hammasi o’zgardi. Bugungi kunda WordPress o’zini blogdan boshqa yo’nalishlarda ham namoyon etayapti. WordPress yetarlicha kuchga to’ldi, buni tan olishimiz kerak. Hozirgi vaqtda WordPress bilan istalgan narsani yasash mumkin.

Yo’q, men WordPressni cheksiz imkoniyatlarga ega, deyish fikridan yiroqman. Albatta cheklovlar topiladi. Qaysidir loyiha uchun WordPress emas boshqa narsa, masalan Yii yoki Laravel ishlatish to’g’riroq bo’lishi mumkin. Bu loyihaning kelajakdagi rivojlanishi, hajmi va boshqa jihatlariga bog’liq. Ammo boshqa tizim ishni WordPressdan yaxshiroq uddalaydi, degani «Buni WordPressda yasab bo’lmaydi», degani emas.

Shu kunga qadar WordPress asosida boshqalar fikriga ko’ra «Umuman WordPressga mos emas», deyilgan loyihalarni amalga oshirib ko’rganman. Har xil kataloglar, ko’p foydalanuvchili tizimlar, o’ziga xos chatning qo’shimcha imkoniyatlari, ijtimoiy imkoniyatlar, hatto sodda ko’rinishdagi savdo amaliyotlarini boshqaruvchi narsalar ham yasaganman 😀 Tajribam shuni tasdiqlaydiki, WordPress bilan istalgan narsani yasash mumkin.

Sayt yaratish yoki sayt tayyorlashga buyurtma berish arafasida turgan bo’lsangiz, WordPress tizimidan foydalanishingizni tavsiya etaman. Murakkabroq tizimlar, yoki maxsus boshqa imkoniyatli loyihalarni amalga oshirish haqida gap ketsa, WordPress haqida ham o’ylab ko’rishingiz maqsadga muvofiq, deb hisoblayman.

Abituriyentlar uchun test formulalari

2 ta fikr

  1. men ham bu fikrga 100% qo’shilaman!!!

    • Fikringiz to’g’ri qaysidir ma’noda lekin WordPress ko’proq buyurtmachilar uchun qulay deb hisoblayman chunki buyurtmachilarni ko’pchiligi web dasturlashga oid bilimlarni bilishmaydi.Ularga faqat sayt kerak va ayrim narsalarni bilishsa bo’lgani
      Fikrimcha web dasturlashni o’rganyotganlar birichi html,css,javascript,php dan keyin Wordpresni o’rganishni maslahat berardim.
      Bunga sabab oddiy misol bilan tushuntiraman: Siz hozir Toshkentdasz. siz Termizga ga bormoqchisz borish uchun szda turli tanlovlar bor
      yurib borish,mashinada borish,uchib borish…
      Bilasizki Uchib borish hammasidan tezroq.
      yurib borish ancha qiyin va uzoq vaqt oladi.
      lekin piyoda borishni ancha foydasi bor sz ko’rgan narsalaringizni eslab qolasz,har bir ko’chadan o’tasz,turli odamlar,oshxonalar.
      qisqasi sz hamma narsani bilasz Toshkentdan Termizga borish haqida,keyingi safar biron tanishingiz bilan kelsangiz qayerda yaxshi oshxona,qaysi mehmonhona yaxshiroq hullas uning savollariga aniq javob berasz.
      agar sz samalyot orqali kelsangiz shunchaki shirin tushla ko’rib manzilga yetib kelasz.
      Balki shuning uchun ayrim web dasturchilar wordpressni yoqtirishmas.
      nma bo’lgandayam birinchi qiyin yo’ldan yurib ko’rish kerak.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*