Bootstrap haqida

Bootstrap hozirgi kunda eng ko’p ishlatilayotgan front end development framework hisoblanadi. Unda HTML, CSS va JavaScript to’liq joylashtirilgan va ushbu framework yordamida o’zingiz istagan sayt ko’rinishini bir necha daqiqalarda, qiyinchiliklarsiz tayyorlab olishingiz mumkin.
Frameworkning rasmiy getbootstrap.com sayti orqali uni to’liq yuklab olishingiz va hech qanday cheklovlarsiz ishlatishingiz mumkin. Agar tizim bilan ishlashni hali bilmasangiz, Google orqali qidirishda Bootstrapga oid minglab darslarni, maqolalarni topishingiz mumkin. YouTube, Vimeo kabi video saytlarda esa Bootstrap to’g’risida tayyorlangan video darsni juda ko’plab topish mumkin.
Bootstrap ilk “mobile first” framework hisoblanib, unda birinchi e’tibor tayyorlangan sahifalar mobil qurilmalarda qanday ko’rinishiga qaratiladi. O’zining moslashuvchangili sabab Bootstrapda tayyorlangan sahifalar barcha hajmdagi ekranlarda bir xil chiroyli ko’rinadi. Bootstrap haqiqatdan ham front end ustalarining ishini bir necha o’n barobarga osonlashtirdi. Bir necha yil avval HTML va CSS kodlarni to’liq qo’lda yozib sayt tayyorlayotgan kishilar Bootstrapning qanchalik qulay tizim ekanligini bir necha bor ishlatib ko’rgandanoq bilib olishlari mumkin.
Bootstrap haqida to’liq ma’lumotni tizimning rasmiy saytidan olishingiz mumkin. U yerda framework ishlatilishi haqida yetarlicha tushuncha berilgan. Agar u yerda o’rganish Siz uchun qiyinlik qilsa, Bootstrapning eng sodda darslarini w3schools saytining Bootstrap bo’limidan topishingiz mumkin.
Bootstrap bilan ishlash ko’nikmasini yaxshi o’zlashtirganingizdan so’ng u orqali sahifalar tayyorlab, internetda yaxshigina pul ishlab olishingiz mumkin. To’g’ri, juda ko’p to’lashmaydi, ammo 1-3 kunda bajarsa bo’ladigan har bir loyiha uchun 50-100 dollar atrofida ishlab olishingiz mumkin. Bootstrap tizimini yaxshi o’zlashtriganingizdan so’ng qanday ishlar topishingiz mumkinligini mana bu sahifadan ko’rib xulosa qilishingiz mumkin.
Bugundan boshlab Bootstrapni o’rganishingizga hech narsa halal bermaydi: uni o’rganish uchun sayt ham, domen ham, hosting ham kerak emas. Shunchaki Bootstrapni kompyuteringizga yuklab oling, darslarda ko’rsatgandek saytlar ko’rinishini tayyorlashga kirishing.
Salom Azamat aka maqola uchun raxmat mana bu video darsliklarni tortgan edim shu yetadimi?
http://alltor.me/viewtopic.php?t=47938
O’rganishingiz mumkin, yaxshi tushuntirilgan.
wordpress uchun ham tayyorlash mumkinmi?
Mumkin. Masalan, mana bu yerdagi shablonlarning hammasi Bootstrap bilan tayyorlangan: http://themeforest.net/search?utf8=%E2%9C%93&term=bootstrap&view=list&sort=&date=&category=wordpress&price_min=&price_max=&sales=&rating_min=
Misol keltira olasizmi mana shunda yaratilganm saytlarga
http://ironsummitmedia.github.io/startbootstrap-shop-homepage/
xackerlar saytni buzmaydi gan qilib ochsak bo`ladimi
Har qanday saytni ham buzish mumkin. Har qanday hacker xujumidan ham himoyalanish mumkin.
Siz ham jamoa tuzib shablon yaratmoqchi edingiz.Siz ham bootsrapdan foydalanasizmi
Albatta.
Assalomu alaykum !
InshoAlloh kelajakda envato bozoridan umidim katta, u bozor yo’qolib hech narsa sotilmaydigan bo’lib qolmaydimi ishqlib ? 🙁
Hozirgi rivojlanishida yo’qoladiganga o’xshamaydi )))
Bootstrap programmasi orqali shablonni to’laligicha tayorlasa bo’ladimi ?
HTML shablonni tayyorlash mumkin.
Azamat aka. yozganlaringiz to’liq ko’rinmayapdi
envato zo’r bozor… Chunki meni o’zim allaqachon 3 ta php va 4 ta html, 5 ta js shalonlarini yaratib sotayapman. Biroq ularning o’zlari narx qo’ygani yomonda. :(. Lekin ishlasa zo’r va mukammal qilinsa narxi ham baland bo’ladi….
Assalomu alaykum!
agar sir bo’lmasa aynan qaysi progerammalar orqali tayorlagansiz ?
mumkin bo’lsa o’sha Envato bozorida sotayotgan shablonlaringiz manzilini bersangiz
Sahbloningizga qo’yilgan narxlardan noroziga o’xshaysiz do’stim 🙂
Envato bozorida yana nimalar sotiladi iltimos aytvoring.
https://azamat.uz/bir-oyda-232-000-dollargacha-daromad-olish-sari-yol/
Yo’q men narxlardan norozi emasman faqatgina aytmoqchi bo’lganim narxlarni istagancha qo’yish imkoni yo’q.
Endi tayyorlashga kelsak. php dagi saytlarni phpstorm va netbeans IDE orqali tayyorlayman.
html va css, js larni oddiy bloknotda. Chunki bular qiyin emas va natijani olish juda oson. PHP da esa buni iloji yo’q. Shu sababli yuqoridagi dasturlar yashiroq… Albatta bu meni fikrim kimgadir boshqacha menga shu qulay.
sotilayotgan materiallarim codecanyon.net da biroq ularni uch xil nik ostida sotaman….
Iltimos, CodeCanyondagi har uchta nik ostidagi mahsulotlaringizga link bering. Envatoga chiqishga harakat qilayotganlar, shu jumladan men uchun ham juda qiziq.
Sizchi ?. Envato bozorida biron narsa sotayapsizmi ?
iltimos SLKAsini tashlang bir ko’raylik,
men juda qiziqaman Envato bozoridagi maxsulotlarni ko’rishni ayniqsa tanish insonlarning mahsulotlarini.
Va iloji boricha shablon tayorlash hamda Envato bozori haqida ko’proq Maqolalar yozsangiz degandim. Har kuni necha bor kirib shu haqida yozilganmi deb tekshirib chiqaman, kutaverib ko’zlar to’rt bo’ldiku AZAMAT akaaaaaaaaaaaa !
Hozircha Envatoda mening hech qanday mahsulotim yo’q. Nimadir chiqarsam, albatta saytimda bu haqida maqola yozib, qiziquvchilarga qanday qilib mahsulotni Envatoga chiqarish haqida axborot bermoqchiman.
Lekin manabu http://mimax.uz/ manzildagi saytni to’liq o’zim tayyorlaganman. classic uslubdagi saytlar menga yoqadi shu sababli shunga yaqinroq qilganman. biroq joomlaga shablon yaratish wp ga qaraganda osonroq. Biroq CMS lar saytni qolib qilib qo’yadi shu sababli ba’zida pluginlar yoki modullardan emas oddiy kodlardan foydalanishga to’g’ri keladi bunda albatta webdasturlashni bilish lozim….
Uzur so’rayman! ammo bu sir. Ammo agarda shu bozorda mahsulotini sotmoqchi yoki pulini qabul qilib olmoqchi bo’lganlarga qo’limdan kelganicha yordam beraman.
Assalomu alaykum!
Siz Envato bozorida mahsulotlarini sotmoqchi bo’lganlarga qo’lingizdan kelgancha yordam bermoqchisiz. albatta bundan keyin menda savollar tug’uladi, aytingchi. Envato.com ning bir o’ziga gina ro’yxatdan o’tadimi yoki har-biriga bitta-bitta danmi ? masalan: codecanyon.net Videohive.net Graphicriver.net Themeforest.net va hokazo…
Azamat aka , sizga bir kichik iltimosim bor, shu manzilga kirsangiz “Amancer” deb yozilgan rasm chiqadi o’sha bitta katta rasmmi yoki mayda-mayda bir joyga to’plaganmi ajrata olmayapman, iltimos aytib yuboring. graphicriver.net/item/a-letter-logo/13825768
Assalomu alaykum do’stlar, mana bu manzildagi videolarni ko’rib chiqsangiz WordPress uchun Bootstrap da shablon tayorlashni o’rgatadi videolar darsligi 7 qism va undan ham ko’proq.
Make a WordPress theme with Bootstrap 3 – Tutorial #1
Make a WordPress theme with Bootstrap 3 – Tutorial #2
Make a WordPress theme with Bootstrap 3 – Tutorial #3
Make a WordPress theme with Bootstrap 3 – Tutorial #4
Make a WordPress theme with Bootstrap 3 – Tutorial #5
Make a WordPress theme with Bootstrap 3 – Tutorial #6
Make a WordPress theme with Bootstrap 3 – Tutorial #7
va boshqalari .
shunchaki xursandchiligimni baham ko’rmoqchiman 🙂
manzil:
v-s.mobi/make-a-wordpress-theme-with-bootstrap-3-tutorial-1/
Yaxshi videolar ekan.
Yaqinda men ham shu mavzuga oid 20 qismlik video darslik tayyorlayapman. Hudo hohlasa yaqin kunlarda youtube va mover kabi saytlarga qo’yaman. Barcha ham ingiliz tili yoki rus tilini yaxshi bilmaydi shu sababli bu darslik o’zbek tilida. Biroq biznes qilish niyatida bo’lganlar ingiliz tilini bilishlari kerak menimcha…
Indeed, Upwork va boshqa freelance platformalarda Bootstrap developer bo’lib tirikchilik qilish uchun ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Uni ustiga ustak u yerda hindlaru pokistonliklar sizga non berarmikan. Klientlar ishlarini endigina a’zo bo’lgan developerlardan ko’ra yillar davomida u yerda ishlab kelgan profi’larga berishni maqul ko’radi. Qisqasi, bu platformalarda ko’tarilish uchun yillar kerak bo’ladi.
Qaysi saytdan WordPress haqidagi ma’lumot va videolarni to’liq yuklab olish mumkin, iltimos yordambering
Etgancha, Bootstrap 4 is coming soon. Sizni 20 qismlik kurslaringiz esa Bootstrap 3 asosida bo’lishi aniq. Version 4 chiqqandan keyin, sizning kursingizga talab qisqaradi. Shunga maslaxatim, biroz kuting va Bootstrap 4 ni ham qamraydigan kurs qiling. Bu yangi versiya ancha davom etadi. Iloji bo’lsa timeless, yani vaqt o’tishi bilan update talab qilmaydigan narsalar (afsus CSS frameworklar hammasi update bo’laveradi) haqida kurs qilganingiz ma’qul. Omad.
Salom
Azamat aka, maqola zo’r chiqibdi, raxmat, sizdan bir necha savolim bor edi.
1)Shablon yasash juda qiyin va jamoa bo’lib qilinadi deb eshitgan edim, bunda ular Bootstrapdan foydalanmagan holda qilishisa shunday bo’ladimi? yoki u bilan hammi?
2)Plugin va Theme yasash uchun
— wordpress funksiyalarini;
— php tilini;
— sql tilini;
— qo’shimchasiga ajax’ni ham bilish kerak bo’ladi deb eshitgan edim agar Bootstrapdan foydalanilsa, HTML va CSS yetarlik bo’ladimi? (ulardi qo’shmagan holda).
3)Agar Themeforest men yasagan shablonlarni qabul qilsa, eng past narxi qancha bo’lishi mumkin?
4)Siz ham Bootstrapda theme yasab ko’rganmisiz? agar yasagan bo’lsangiz uni qancha vaqtda ichida o’zingiz mustaqil yasagansiz?
Javob uchun oldindan raxmat
Kutaman
1. Ahamiyati yo’q. Bir o’zingiz uddalay olsangiz, o’zingiz ishlang!
2. Yo’q.
3. https://azamat.uz/qanday-qilib-yaxshi-savol-sorash/
4. …
Salom Azamat aka, ishlarizngiz yaxshimi?
Maqola uchun raxmat
Rostdan ham 1-3 kunda qilsa bo’ladigan har bir loyiha uchun siz maqolada yozgan narxda bo’ladimi? ( yoki undan ozmi?)
Oxirgi marta qachon birorta project qilganizi yoza olasizmi? (kunini, freelancer saytlarida haftada bir nechta shunday project topish mumkinmi?)
Narx turli loyihlarda turlicha bo’ladi. Ishlashingizga qarab bajara oladiganingizcha buyurtma olishingiz mumkin.
Javob uchun raxmat
Azamat aka mening saytim denwerda bootstrapni oldim uni wordpressga qanday ulayman iltimos boshlanishini tushuntirvoring
Javob bering
Javob kutyapman
qanaqib bo’lardi oddiy link bilan ulisde