Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Bir kishilik loyiha boshqarish vositalari

Bir kishilik loyiha boshqarish vositalari

Jamoa bo’lib ishlaganda yoki bitta boshqaruvchi bir nechta hodimning samaradorligini nazorat qilishiga to’g’ri kelganda loyiha boshqarish vositalari juda qo’l keladi. Bunday vositalarni ko’plab uchratish mumkin. Ayniqsa, pandemiya munosabati bilan ko’p ishlar online holatga ko’chirilishidan so’ng loyiha boshqarish vositalari xizmatini taklif qiluvchi tijoratlar yanada rivojlandi. Loyihalarni boshqarish nafaqat ko’plab hodimlarga ega jamoalarda, balki yolg’iz ishlovchi frilanserlar uchun ham zarurat bo’lishi mumkin. Ba’zan Todoist kabi rejalashtirish vositalari kattaroq va murakkab loyihalar uchun kichikdek tuyuladi.

Loyiha boshqarish nega kerak?

Bir vaqtda bitta topshiriqqa e’tibor qaratish hodimning samarali ishlashi uchun juda muhim. Katta va murakkab loyihalarni kishik topshiriqlarga bo’lish va hodimga qulay tarzda taqdim etib borish loyiha boshqaruvchisi (project manager)ning vazifasi hisoblanadi. Bu ishda unga turli boshqaruv dasturlari yordam berishi mumkin. Har bir zamonaviy loyiha boshqaruvi dasturlarida agile, scrum kabi turli usullardan foydalaniladi. Boshqaruv usullari alohida maqola bo’lishga arzirli mavzu.

Katta loyihalar boshqaruvsiz boshi berk ko’chaga kirib qolishi mumkin. Tartib qo’yolgan har qanday tizimda bo’lgani kabi, ishda ham boshqaruvsizlik ko’p vaqt va pul yo’qotishga olib keladi. O’rta va katta hajmdagi ish olgan frilanser ham, garchi u yolg’iz ishlasa-da, loyiha boshqaruviga ehtiyoj sezadi.

Mana shunday holatlarda bir kishilik boshqaruv vositalari kerak bo’ladi.

Eng zo’rlari

Tavsiya qilishga arzirli quyidagi loyiha boshqarish vositalarini bilaman. Ular bir kishilik faoliyat uchun to’g’ri keladi va frilanserlar ishlatishiga juda mos.

Trello – jamoalar uchun qanday qulay bo’lsa, bir kishi uchun ham huddi shunday samarali ishlaydi. Qulayliklari ko’p. Avval ishlatgan bo’lsangiz, boshqaruv vositalari bozorida Trelloning o’rnidan xabaringiz bor.

Evernote – ancha eski, ammo barcha zamonaviy qulayliklarga ega boshqaruv vositasi. Shaxsiy sinovimdan o’tgan – tavsiya qilaman!

Todoist – loyihalarni boshqarishda o’ziga xos yo’nalishni tanlagan bo’lishiga qaramasdan, bir kishilik rejalashtirish va tartibli boshqarishda katta yordam beradi. Har kuni ishlataman.

Jira – Atlassianga tegishli boshqa mahsulotlarni ishlatganlar bilishadi – kompaniya xizmatlari sifatli. Boshqaruvni osonlashtirishga yo’naltirilgan Jira mahsuloti ham bir kishilik loyiha boshqaruvingizga toza havo olib kirishiga ishonaman.

Agar frilanser bo’lsangiz, dasturlash bilan shug’ullansangiz yoki shunchaki bir nechta loyihani teng olib borishingizga to’g’ri kelsa, yuqorida aytib o’tilgan vositalardan unumli foydalaning.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan